Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi – Oʻzbekiston Respublikasining futbol boʻyicha milliy terma jamoasidir. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan bos

Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi

Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi – Oʻzbekiston Respublikasining futbol boʻyicha milliy terma jamoasidir. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan boshqariladi.

Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi
Shirt badge/Association crest
Tahallusi „Oq boʻrilar“
Assotsiatsiya Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi
Konfederatsiya Osiyo Futbol Konfederatsiyasi
Sub-konfederatsiya Markaziy Osiyo futbol federatsiyasi
Bosh murabbiy Italiya Fabio Cannavaro
Sardor Eldor Shomurodov
Eng koʻp oʻynagan futbolchi Server Jeparov (128 ta o‘yin)
Eng yaxshi toʻpurar Eldor Shomurodov (41 ta gol)
Uy stadioni Bunyodkor stadioni,
Paxtakor markaziy stadioni
FIFA kodi UZB
forma
Birinchi forma
forma
Ikkinchi forma
FIFA reytingi
Hozirgi 50 5 (19 Noyabr 2025)
Eng yuqori 45 (noyabr 2006)
Eng past 119 (noyabr 1996)
Birinchi xalqaro oʻyin
Tojikiston 2-2 Oʻzbekiston Oʻzbekiston
(Dushanbe, Tojikiston; 17-iyun 1992-yil)
Eng yirik gʻalaba
Oʻzbekiston Oʻzbekiston 15-0 Moʻgʻuliston 
(Chiangmay, Tailand; 5-dekabr 1998-yil)
Eng yirik magʻlubiyat
 Yaponiya 8-1 Oʻzbekiston Oʻzbekiston
(Sayda, Livan; 17-oktyabr, 2000-yil)
Osiyo kubogi
Ishtiroki 6 (Ilk marta 1996-yili)
Eng yaxshi natijasi 4-oʻrin; 2011
MOFF Millatlar Kubogi
Ishtiroki 1 (Ilk marta 2023-yili)
Eng yaxshi natijasi Ikkinchi oʻrin (2023)

1994-yilda Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi Osiyo Futbol Konfederatsiyasi va FIFA tomonidan rasman qabul qilingan.

Markaziy Osiyo milliy futbol terma jamoalari (Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston) ichida eng kuchlisi hisoblanadi.

1994-yilgi Osiyo Oʻyinlari gʻolibi. 2011-yilgi Osiyo Kubogida yarim finalgacha yetib borgan.2026-yilgi Futbol boʻyicha jahon chempionatida qatnashish uchun yo‘llanma olgan. Osiyo kubogi musobaqalarida ishtirok etib kelmoqda.

Tarixi

 

Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi 1992-yilda tashkil etildi. Milliy terma jamoa oʻzining ilk oʻyinini shu yil 17-iyunda Tojikistonga qarshi oʻtkazdi. Bu oʻyin FIFA tashabbusi bilan 1992-yilgi Markaziy Osiyo kubogi doirasida bir marta oʻtkazilgan. Bu oʻyinlar Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga 1992-yildan beri FIFA shafeligida oʻtkaziladigan turnirlarda ishtirok etishiga ruxsat berilgan va shu asosida FIFA tomonidan rasman roʻyxatga olingan. Liga formatidagi ushbu turnirning qur’a tashlash marosimida Oʻzbekiston terma jamoasi Qozogʻiston terma jamoasidan keyin ikkinchi boʻldi.

Tashkil etilganining birinchi yilida faqat Tojikiston, Turkmaniston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston terma jamoalari bilan oʻyin oʻtkazgan. 1993-yilda jamoa birorta ham oʻyin oʻtkazmagan.

1992-yilda Oʻzbekiston futbol boʻyicha MDH terma jamoasi aʼzosi boʻldi va oʻsha yilgi Yevropa chempionatida ishtirok etgan.

Sobiq ittifoq respublikalarining aksariyati (Rossiya, Ukraina, Belarus, Moldova, Latviya, Litva, Estoniya, Gruziya, Armaniston va Ozarbayjon) UEFAga aʼzo boʻldi. Oʻzbekiston Markaziy Osiyoning boshqa respublikalari (Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston) kabi OFKga aʼzolikni tanladi.

1994-yilda Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi Osiyo Futbol Konfederatsiyasi va FIFA tomonidan rasman qabul qilingan.

Oʻsha yili Yaponiyaning Xirosima shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida Xitoy terma jamoasini 4:2 hisobida magʻlub etib, futbol turniri gʻolibiga aylandi.

Jamoa tasviri

Taxalluslar

Muxlislar va OAV tomonidan bir nechta laqablar bilan ataladi. Eng keng tarqalgani – „oq boʻrilar“. „Osiyo Italiyasi“ deb ham ataladi. Bunga Italiya va Oʻzbekistonning liboslari (oq va koʻk) jamoalarining ranglari oʻxshashligi hamda bu jamoalarning oʻxshash taktikasi sabab boʻlgan. „Humo qushlari“ deb ham nomlanadi. Humo qushi Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi gerbida ham tasvirlangan. „Turonliklar“ degan taxallusi ham bor.

Homiylar

Yetkazib beruvchi Davr
Adidas 1992—1997
Admiral 1998
Grand Sport 1999
Adidas 2000
Hummel 2001—2002
Umbro 2003
Puma 2004—2012
Joma 2013—2018
Adidas 2018
Jako 2019—2025
7SABER 2025—

Uy stadioni

Tashkil etilgan paytdan buyon futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasining asosiy uy stadioni 1956-yilda qurilgan Toshkentdagi Paxtakor markaziy stadioni hisoblanadi. 1996, 2008 va 2012-yillarda stadion taʼmirlanngan va hozirda 35000 tomoshabinga moʻljallangan.

2008—2012-yillarda qurilgan va 34 000 tomoshabinga moʻljallangan Bunyodkor stadioni ham Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasining uy stadioni hisoblanadi.

Joy Shahar Oʻynadi Yutuq Durang Magʻlubiyat Urilgan

gollar

Oʻtkazilgan

gollar

Birinchi oʻyin Oxirgi oʻyin
Paxtakor Toshkent 63 36 16 11 150 49 1992-yil 28-iyun 2020-yil 8-oktyabr
Bunyodkor Toshkent 21 14 3 4 29 8 2013-yil 26 mart 2021-yil 29 mart
MHSK Toshkent 8 6 2 0 25 1 2007-yil 13-oktyabr 2008-yil 27-avgust
Markaziy Namangan 5 5 0 0 16 3 2022-yil 25 mart 2022-yil 14-iyun
Jar Toshkent 3 1 0 2 3 3 2009-yil 14-noyabr 2014-yil 29-may
Dinamo Samarqand 2 2 0 0 8 1 1999-yil 11-iyul 1999-yil 18-avgust
Lokomotiv Toshkent 1 1 0 0 2 1 2020-yil 3-sentyabr 2020-yil 3-sentyabr
AGMK Olmaliq 1 0 0 1 0 1 2014-yil 27-may 2014-yil 27-may
Markaziy Qarshi 1 0 1 0 0 0 2007-yil 7-fevral 2007-yil 7-fevral
NBU Toshkent 1 1 0 0 8 1 2000-yil 29-fevral 2000-yil 29-fevral
Jami 106 66 22 18 241 68

Oxirgi yangilangan: 2022-yil 14-iyun. Statistikaga faqat FIFA tomonidan tan olingan rasmiy oʻyinlar kiradi.

Murabbiylar shtabi

2025-yil 5-iyun holatiga koʻra
Lavozim Ism
Bosh murabbiy   Fabio Cannavaro
Yordamchi murabbiy   Eugenio Albarella
Fitnes-murabbiy   Ciccio Troise
Darvozabonlar murabbiyi   Antonio Chimenti
Texnik direktor   Guy Kiala
Tarjimon   Davron Ahmedov

Murabbiylik tarixi

2025-yil 5-iyun holatiga koʻra

Tarkibi

2025-yil 12-mart holatigaEslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
1 GK   UZB Oʻtkir Yusupov
12 GK   UZB Abduvohid Neʼmatov
16 GK   UZB Botirali Ergashev
6 DF   UZB Abdulla Abdullayev
14 DF   UZB Zafarmurod Abdurahmatov
2 DF   UZB Dilshod Komilov
4 MF   UZB Farrux Sayfiyev
8 MF   UZB Oybek Bozorov
9 MF   UZB Odiljon Hamrobekov
10 MF   UZB Jamshid Iskanderov
15 DF   UZB Umar Eshmurodov
17 FW   UZB Bobur Abduholiqov
R. Poz. Millati Futbolchi
23 FW   UZB Husniddin Aliqulov
3 FW   UZB Hojiakbar Alijonov
5 MF   UZB Rustam Ashurmatov
2 DF   UZB Abduqodir Husanov
DF   UZB Sherzod Nasrullayev
FW   UZB Ibrohimhalil Yoʻldoshev
10 FW   UZB Jaloliddin Masharipov
11 FW   UZB Oston Oʻrunov
7 FW   UZB Otabek Shukurov
MF   UZB Ruslanbek Jiyanov
MF   UZB Abdurauf Boʻriyev
FW   UZB Akmal Mozgovoy
14 FW   UZB Eldor Shomurodov

Soʻnggi natijalar

Futbolchilar

Eng koʻp oʻyinda ishtirok etgan futbolchilar

 
Server Jeparov Oʻzbekiston terma jamoasi safida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchi hisoblanadi. Terma jamoa safida 128 ta oʻyinda maydonga tushgan.
Daraja Futbolchi Ishtirok Gollar Birinchi oʻyin Oxirgi oʻyin
1 Server Jeparov 128 25 14-may 2002 5-sentyabr 2017
2 Temur Kapadze 119 10 14-may 2002 22-yanvar 2015
3 Odil Ahmedov 108 21 13-oktyabr 2007 15-iyun 2021
4 Ignatiy Nesterov 105 0 21-avgust 2002 21-yanvar 2019
5 Anzur Ismoilov 102 3 2-iyul 2007 5-sentyabr 2019
6 Aleksandr Geynrix 97 31 14-may 2002 5-sentyabr 2017
7 Aziz Haydarov 85 1 2-iyul 2007 13-oktyabr 2018
8 Islom Toʻxtaxoʻjayev 73 2 28-yanvar 2009 15-iyun 2021
9 Vitaliy Denisov 72 1 22-fevral 2006 11-sentyabr 2018
10 Mirjalol Qosimov 67 31 17-iyun 1992 12-oktyabr 2005

Eng yaxshi toʻpurarlar

 
Eldor Shomurodov 37 ta gol bilan Oʻzbekistonning eng yaxshi toʻpurari.
Daraja Futbolchi Gollar Ishtirok Nisbat Birinchi oʻyin Oxirgi oʻyin
1 Eldor Shomurodov 37 67 0.56 3-sentyabr 2015 hozirgacha
Maksim Shatskix 34 61 0.56 18-avgust 1999 29-may 2014
3 Mirjalol Qosimov 31 67 0.47 17-iyun 1992 12-oktyabr 2005
Aleksandr Geynrix 31 97 0.33 14-may 2002 5-sentyabr 2017
5 Server Jeparov 25 128 0.2 14-may 2002 5-sentyabr 2017
6 Odil Ahmedov 21 108 0.19 13-oktyabr 2007 15-iyun 2021
7 Igor Shkvirin 20 31 0.65 17-iyun 1992 17-oktyabr 2000
8 Igor Sergeyev 17 66 0.26 10-sentyabr 2013 20-noyabr 2022
9 Jafar Irismetov 15 36 0.42 25-may 1997 21-noyabr 2007
10 Ulugʻbek Baqoyev 14 52 0.27 25-aprel 2001 29-may 2014
Yuqori