Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Abduvohid Neʼmatov (2001-yil 20-martda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, Nasaf klubi va futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi darvo

Abduvohid Neʼmatov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abduvohid Nematov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Abduvohid Furqat oʻgʻli Nematov
Tavallud sanasi 2001-yil 20-mart (2001-03-20) (25 yosh)
Tavallud joyi Jizzax, Oʻzbekiston
Boʻyi 1.83 cm (12 in)
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Nasaf
Raqami 35
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Nasaf
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2017— Nasaf 101 (2)
Milliy terma jamoa
2017 Oʻzbekiston U-17 3 (0)
2019—2021 Oʻzbekiston U-20 3 (0)
2019—2024 Oʻzbekiston U-23 7 (0)
2020— Oʻzbekiston 7 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2024-yil 13-noyabr (utc) uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (1-yanvar 2023 (utc) uchun)

Abduvohid Neʼmatov (2001-yil 20-martda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, Nasaf klubi va futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni.

Futbolchilik faoliyati

Qarshi shahrining „Nasaf“ klubi tarbiyalanuvchisi. 2017-yilgi mavsumda ilk bor oʻyinlarda „Nasaf“ jamoasi qaydnomasidan oʻrin olgan. 2019-yilning 26-aprel kuni Olmaliqning „OKMK“ jamoasiga qarshi professional debyut oʻyinini oʻtkazgan. Nasaf jamoasidagi faoliyati davomida Oʻzbekiston Superligasning bir necha bor oy murabbiyi tanlovida gʻolib boʻlgan. „Nasaf“ jamoasi bilan birgalikda uch marta Oʻzbekiston Kubogi sohibi, ikki marta Oʻzbekiston Superkubogida gʻolib boʻlgan. Abduvohid Qarshi jamoasi tarkibida klublar oʻrtasidagi Osiyo musoboqalarida 19 ta oʻyinda ishtirok etgan.

Xalqaro

Oʻzbekiston U23 terma jamoasi aʼzosi sifatida 2020 (toʻrtinchi oʻrin), 2022 (ikkinchi oʻrin) va 2024-yillarda (ikkinchi oʻrin) yoshlar terma jamoalari oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etgan. 2024-yilgi turnir davomida Neʼmatov finalda Yaponiya jamoasiga qarshi oʻyinda bor-yoʻgʻi bitta gol oʻtkazib yuborgan va musobaqa natijalariga koʻra u eng yaxshi darvozabon deb topilgan.

Neʼmatov Oʻzbekiston milliy terma jamoasidagi debyutini 2020-yilning 3-sentyabr kuni Tojikistonga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazgan. 2023-yilgi CAFA Millatlar Kubogi ishtirokchisi. Abduvohid Oʻzbekiston terma jamoasining Qatarda boʻlib oʻtgan 2023-yilgi Osiyo Kubogi uchun qaydnomasiga kiritilgan, ammo turnirda birorta ham oʻyin oʻtkazmagan.

Futbol boʻyicha 2026-yilgi jahon chempionati uchun Oʻzbekiston terma jamoasi qaydnomasidan oʻrin olgan.

Yutuqlar

Klub

Nasaf

Shaxsiy

  • Osiyo Kubogining eng yaxshi darvozaboni (23 yoshgacha): 2024

Mukofotlari

2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Yuqori