Oʻzbekiston Superkubogi – futbol boʻyicha Oʻzbekiston turnirlaridan biri. Ushbu turnir bitta oʻyindan iborat boʻlib, unda oʻtgan yilgi mavsumdagi Oʻzbekiston Kubogi sohibi va Superliga gʻolibi toʻqnashadi.
![]() | |
| Tashkiliy organ | Oʻzbekiston Professional futbol ligasi |
|---|---|
| Hozirgi chempionlar | Neftchi (1-sovrin) |
| Eng muvaffaqiyatli klub(lar) | Nasaf (4 ta sovrin) |
| Vebsayt | Rasmiy sayti |
| | |
Agarda Kubok va Superligani bitta jamoa yutgan boʻlsa, unda Superligada 2-oʻrinni egallagan klub, Superliga gʻolibiga qarshi oʻynaydi.
Oʻzbekiston Professional futbol ligasi tomonidan oʻtkaziladi.
Tarixi
1999-yilda ilk bor tashkil etilgan. Kubokning ilk bahslari 1999-yilda Fargʻona stadionida 6000 muxlis qarshisida Navbahor (1998-yilgi Kubok gʻolibi) va Toshkentning Paxtakor (1998-yilgi Oliy liga gʻolibi) jamoalari oʻrtasida oʻtkazilgan.
2000-yildan 2014-yilgacha turli sabablarga koʻra oʻtkazilmagan. 2012-yil yanvar oyida OʻzPFL Oʻzbekiston Superkubogini qayta boshlanayotganini eʼlon qildi. Oʻyin 2012-yil 11-mart kuni Paxtakor va Bunyodkor klublari oʻrtasida oʻtkazilishi aytildi. 2012-yil 7-mart kuni OʻzPFL Superkubok oʻyini Jar stadionining yomon sharoiti tufayli bekor qilingani va keyinroq oʻtkazilishi koʻrsatilgan, biroq oʻyin oʻtkazilmagani haqida xabar bergan.
2014-yilning 7-mart kuni Toshkentning Bunyodkor va Lokomotiv klublari ishtirokidagi Superkubok oʻyini oʻtkazildi. 2014-yildan 2016-yilgacha oʻtkazilgan. 2017-yil va 2018-yilgi mavsumlarda esa turli sabablarga koʻra oʻtkazilmagan. 2019-yilgi mavsumda Superkubok yana qayta tiklandi. 2020-yil mavsumda musobaqa COVID-19 pandemiyasi tufayli oʻtkazilmagan. 2021-yildan hozirgacha oʻtkazib kelinmoqda.
Musobaqada eng koʻp gʻolib boʻlgan klub – Qarshining Nasaf klubi hisoblanadi.
Paxtakor markaziy stadionida boʻlgan 2019-yilgi oʻyinda 18171 muxlis tashrif buyurgan boʻlib, bu Superkubokda muxlislar tashirifi boʻyicha rekord hisoblanadi.
Oʻyinlar
| Yil | Gʻolib | Oʻyindagi hisob | Magʻlubiyat | Stadion | Tomoshabinlar soni |
|---|---|---|---|---|---|
| 1992—1998 | Shu yillar oraligʻida turli sabablarga koʻra musobaqa oʻtkazilmagan | ||||
| 1999 | Navbahor 1998-yilgi Oʻzbekiston kubogi sohibi | 4—2 | Paxtakor 1998-yilgi Oʻzbekiston Oliy ligasi chempioni | Fargʻona stadioni | 6,000 |
| 2000—2013 | Shu yillar oraligʻida turli sabablarga koʻra musobaqa oʻtkazilmagan | ||||
| 2014 | Bunyodkor 2013-yilgi Oʻzbekiston Oliy ligasi chempioni2013-yilgi Oʻzbekiston Kubogi sohibi | 2—1 | Lokomotiv 2013-yilgi Oʻzbekiston Oliy ligasida ikkinchi oʻrin | Jar stadioni, Toshkent | 4,750 |
| 2015 | Lokomotiv 2018-yilgi Oʻzbekiston kubogi sohibi | 4—0 | Paxtakor 2014-yilgi Oʻzbekiston Oliy ligasi chempioni | Bunyodkor stadioni, Toshkent | 7,216 |
| 2016 | Nasaf | 1—0 | Paxtakor | Bunyodkor stadioni, Toshkent | 4,748 |
| 2017—2018 | Shu yillar oraligʻida turli sabablarga koʻra musobaqa oʻtkazilmagan | ||||
| 2019 | Lokomotiv | 2—1 | Olmaliq 2018-yilgi Oʻzbekiston kubogi sohibi | Paxtakor stadioni, Toshkent | 18,171 |
| 2020 | COVID-19 pandemiyasi tufayli bekor qilingan | ||||
| 2021 | Paxtakor | 1—0 | Nasaf | Dinamo stadioni, Samarqand | 5,165 |
| 2022 | Paxtakor | 1—0 | Nasaf | Oʻzbekiston stadioni, Yaypan | 7,215 |
| 2023 | Nasaf | 2—1 | Paxtakor | Soʻgʻdiyona stadioni, Jizzax | 6,501 |
| 2024 | Nasaf | 1—1 (pen. 4—3) | Paxtakor | Bunyodkor stadioni, Toshkent | 14,140 |
| 2025 | Nasaf | 1—0 (batafsil) | Andijon | Bunyodkor stadioni, Toshkent | 13,205 |
| 2026 | Neftchi | 1—0 (batafsil) | Paxtakor | Bobur stadioni, Andijon | 16,821 |
Superkubokning barcha sovrindor jamoalari
| Jamoa | Gʻolib | Finalchi | Yutgan yillari | Ikkinchi oʻrin olgan yillari |
|---|---|---|---|---|
| Nasaf | 4 | 2 | 2016, 2023, 2024, 2025 | 2021, 2022 |
| Lokomotiv | 2 | 1 | 2015, 2019 | 2014 |
| Paxtakor | 2 | 6 | 2021, 2022 | 1999, 2015, 2016, 2023, 2024,2026 |
| Navbahor | 1 | — | 1999 | — |
| Bunyodkor | 1 | — | 2014 | — |
| Neftchi | 1 | — | 2026 | — |
| Olmaliq | — | 1 | — | 2019 |
| Andijon | — | 1 | — | 2025 |
Barcha davrlardagi toʻpurarlar
| Futbolchi | Jamoalar | Gollar | Oʻyinlar |
|---|---|---|---|
| Dragan Ćeran | Paxtakor | 3 | 4 |
| Leonid Koshelev | Navbahor | 2 | 1 |
| Andrey Akopyans | Paxtakor | 2 | 1 |
| Temurxoʻja Abduxoliqov | Lokomotiv | 2 | 2 |
| Shuhrat Rahmonqulov | Navbahor | 1 | 1 |
| Saydullo Tursunov | Navbahor | 1 | 1 |
| Oleksandr Pishchur | Bunyodkor | 1 | 1 |
| Vohid Shodiyev | Bunyodkor | 1 | 1 |
| Vyacheslav Shevchenko | Lokomotiv | 1 | 1 |
| Lutfulla Toʻrayev | Lokomotiv | 1 | 1 |
| Ruslan Koryan | Lokomotiv | 1 | 1 |
| Marat Bikmayev | Lokomotiv | 1 | 1 |
| Artur Gevorkyan | Nasaf | 1 | 1 |
| Jovan Đokić | Lokomotiv | 1 | 2 |
| Zafar Polvonov | Olmaliq | 1 | 1 |
| Ratinho | Neftchi | 1 | 1 |
