Bobur Arena, 2023-yilgacha Sogʻlom avlod stadioni — Oʻzbekistonning Andijon shahridagi koʻp maqsadli stadion.
| Bobur stadioni | |
|---|---|
![]() | |
| Sobiq nom(lar)i | Sog'lom Avlod stadioni |
| Joyi | Andijon, Oʻzbekiston |
| Qachon qurilgan | 2003-yil |
| Qachon ochilgan | 2003-yil |
| Egasi | Andijon |
| Operator | Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi |
| Yuzasi | tabiiy chim, grass |
| Hajmi | 18.360 |
| Maydon oʻlchami | 105m x 68m |
| Maydon egalari | |
| Andijon FK | |
Tarixi
2003-yilda qurib bitkazilgan. 2003-2021-yillarda „Sogʻlom avlod“ deb nomlangan. 2021-yilda „Bobur Arena“ nomi berildi.
Tavsifi
Ushbu stadionda turli sport musobaqalari va futbol oʻyinlari oʻtkaziladi. Stadionning uy jamoasi Andijon futbol klubi hisoblanadi. Stadion yuzasi tabiiy chim bilan qoplangan boʻlib, 18,360 kishiga moʻljallangan.
Stadionda jami 32ta sektor mavjud boʻlib, 18365 nafar tomoshabinga moʻljallangan. Muxlislarni stadionga kirish hududi bitta joyda. Avtoulov bilan stadionga kirish hududi esa 3ta joyda.
Xalqaro va mahalliy uchrashuvlar
2007-yilda „Barkamol avlod“ musobaqasi, 2010-yilda „Sogʻlom avlod“ Universiadasi va shu kabi musobaqalar oʻtkazilgan.
Oʻzbekiston barcha toifadagi futbol terma jamoalari, shuningdek, Oʻzbekiston Superligasi, Oʻzbekiston Kubogi oʻyinlari, boshqa oʻrtoqlik uchrashuvlari oʻtkazib kelinadi. 2025-yilgi Oʻzbekiston Kubogi finali va 2026-yilgi Oʻzbekiston Superkubogi uchrashuvlari oʻtkazilgan.
