- Vikipediyada ismi Odiljon va familiyasi Xamrobekov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
![]() Xamrobekov Paxtakor tarkibida (2020-yil) | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Odiljon Soxibjon o‘g‘li Xamrobekov | ||
| Tavallud sanasi | 1996-yil 13-fevral | ||
| Tavallud joyi | Shoʻrqoʻrgʻon, Namangan tumani, Oʻzbekiston | ||
| Boʻyi | 1.78 cm (1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Traktorsozi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2013—2018 | Nasaf | 70 | (2) |
| 2019—2021 | Paxtakor | 41 | (0) |
| 2021 | Shabab Al-Ahli | 8 | (0) |
| 2021—2023 | Paxtakor | 56 | (1) |
| 2024 | Navbahor | 23 | (1) |
| 2025 | Bunyodkor | 15 | (0) |
| 2025— | Traktorsozi | 0 | (0) |
| Milliy terma jamoa‡ | |||
| 2013 | Oʻzbekiston U-17 | 4 | (0) |
| 2014—2015 | Oʻzbekiston U-20 | 7 | (0) |
| 2018—2019 | Oʻzbekiston U-23 | 6 | (0) |
| 2017— | Oʻzbekiston | 65 | (1) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2025-yil 16-iyul uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2025-yil 16-iyul uchun) | |||
Odiljon Soxibjon oʻgʻli Xamrobekov (1996-yil 13-fevral tugʻilgan) — oʻzbekistonlik professional futbolchi, Eronning „Traktorsozi“ klubi va futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynaydi.
Futbolchilik faoliyati
Klub
„Nasaf“ klubi tarbiyalanuvchisi. 2019-yilgi mavsumda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi Xamrobekovni „Nasaf“ jamoasidan ikki yarim milliard soʻmga xarid qilgani OAVlarda maʼlum qilingan. 2019-yil 14-mart kuni „Paxtakor“ jamoasi futbolchisi sifatida tanishtirilgan.
2021-yil 5-martda BAAning „Shabab Al Ahli“ jamoasi bilan shartnoma imzolagani eʼlon qilingan. 2021-yil 23-iyul kuni Xamrobekov Toshkentning „Paxtakor“ klubiga qaytib, 2022-yil oxirigacha shartnoma imzolagan. 2021-yilgi mavsum dekabr oyida Oʻzbekiston Superligasining Transfermarkt talqiniga koʻra eng qimmat ikki futbolchisidan biriga aylangan.
2024-yil 30-yanvarda Namanganning „Navbahor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2025-yil 19-iyulda Eronning Traktorsozi klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.
Xalqaro
Odiljon 2013-yilda BAAda boʻlib oʻtgan yoshlar (17 yoshgacha) jahon chempionatida Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi safida toʻp surgan, Oʻzbekiston yoshlari 1/8 finalgacha yetib borgan, shuningdek, yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ham ishtirok etgan. U Oʻzbekiston yoshlar (20 yoshgacha) terma jamoasi bilan birga 2015-yilda Yangi Zelandiyada oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etib, Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi chorak finalga qadar yetib borgan. 2018-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston yoshlar (23 yoshgacha) terma jamoasi bilan birga yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida Osiyo chempioni boʻlgan va musoboqada sherilariga eng koʻp pas bergan futbolchiga aylangan.
2015-yildan Oʻzbekiston terma jamoasiga jalb etilgan. Xamrobekov 2017-yilning noyabr oyida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut oʻyinini oʻtkazgan. Keyin Urugvay, Marokash, Senegal, Eron, Janubiy Koreya va Qatar terma jamoalari bilan oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushgan. U 2019-yilgi Osiyo Kubogida ishtirok etadigan Oʻzbekiston terma jamoasining yakuniy tarkibiga kiritilgan.
2024-yilning 3-fevral kuni Qatar terma jamoasiga qarshi oʻyinda gol urgan.
Futbol boʻyicha 2026-yilgi jahon chempionati uchun Oʻzbekiston terma jamoasi qaydnomasidan oʻrin olgan.
Faoliyat statistikasi
Klub
- O'yinlar 2021-yil 6-mart xolatiga ko'ra
| Klub | Mavsum | Liga | Mamlakat kubogi | Liga kubogi | Kontinental | Boshqa | Jami | |||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Boʻlim | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
| Paxtakor Toshkent | 2019 | Oʻzbekiston Superligasi | 20 | 0 | 4 | 0 | 1 | 1 | 7 | 0 | - | 32 | 0 | |
| 2020 | 21 | 0 | 4 | 0 | - | 8 | 0 | - | 33 | 0 | ||||
| Jami | 41 | 0 | 8 | 0 | 1 | 1 | 15 | 0 | - | - | 65 | 1 | ||
| Shabab Al Ahli | 2020-21 | BAA Pro ligasi | 8 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | - | - | 8 | 0 | ||
| Karyera jami | 49 | 0 | 8 | 0 | 1 | 1 | 15 | 0 | - | - | 73 | 1 | ||
Xalqaro
| Oʻzbekiston terma jamoasi | ||
|---|---|---|
| Yil | Oʻyin | Gol |
| 2017 | 1 | 0 |
| 2018 | 8 | 0 |
| 2019 | 8 | 0 |
| 2020 | 1 | 0 |
| 2021 | 5 | 0 |
| 2022 | 9 | |
| 2023 | 5 | |
| Jami | 39 | 0 |
2023-yil 20-iyun kuni oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika
Yutuqlar
Klub
- Nasaf
- Oʻzbekiston Ligasi ikkinchi oʻrin sohibi (1): 2017-yil
- Oʻzbekiston Ligasi uchinchi oʻrin sohibi: 2013, 2014, 2015, 2016
- Oʻzbekiston kubogi sohibi (1): 2015-yil
- Oʻzbekiston kubogi ikkinchi oʻrin sohibi (2): 2013, 2016
- Oʻzbekiston Superkubogi sohibi (1): 2016
Paxtakor
- Oʻzbekiston Ligasi Chempioni (5): 2019, 2020, 2021, 2022, 2023
- Oʻzbekiston kubogi sohibi (2): 2019, 2020
- Oʻzbekiston Superkubogi sohibi (2): 2021, 2022
- Oʻzbekiston liga kubogi sohibi (1): 2019
- Shabob al-Ahli
- BAA Liga kubogi: 2020/2021
- BAA Prezidenti kubogi: 2020/2021
Xalqaro
- U-23 Osiyo chempionati: 2018-yil
Individual
- U-23 Osiyo chempionatining eng yaxshi futbolchisi: 2018
Mukofotlari
2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
- 13-fevralda tugʻilganlar
- 1996-yilda tugʻilganlar
- Shoʻrqoʻrgʻonda tugʻilganlar
- Namangan tumanida tugʻilganlar
- „Oʻzbekiston iftixori“ unvoni bilan taqdirlanganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Nasaf klubi futbolchilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Shabab Al Ahli (Dubay) futbolchilari
- Navbahor futbolchilari
- Bunyodkor klubi futbolchilari
- Tractor S.C. futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- BAA Pro-ligasi futbolchilari
- Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari
- Birlashgan Arab Amirliklaridagi muhojir erkak futbolchilar
- Erondagi muhojir erkak futbolchilar
- Osiyo oʻyinlari 2018 futbolchilari
- Osiyo Kubogi 2019 futbolchilari
- Osiyo Kubogi 2023 futbolchilari
- FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari
- Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari
- Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
