Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

FTV — „UzReport“ axborot agentligiga qarashli Oʻzbekiston hududida efirga uzatiluvchi xususiy nodavlat telekanal. Dastavval 2017-yil 23-fevral kuni FUTBOL TV no

FTV telekanali

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(dan yoʻnaltirildi)
FTV
Mamlakat  Oʻzbekiston
Namoyish vaqti 24 soat
Namoyish hududi  Oʻzbekiston
Til(lar)i Oʻzbek tili
Boshqaruv markazi Toshkent shahri, Buxoro koʻchasi, 26-uy
Tasvir formati Full HD, SD
Mazmuni Musiqiy telekanal
Efirga chiqqan 2022-yil 1-dekabr
Asoschisi Uzreport Axborot Agentligi
Rahbarlari Ravshanxon Djurayev (bosh direktor)
Ibrohim Ahmedov (bosh prodyuser
Avvalgi nomlari FUTBOL TV
Aloqador telekanallar Futbol TV
Uzreport TV
Sayt www.uzreport.news

FTV — „UzReport“ axborot agentligiga qarashli Oʻzbekiston hududida efirga uzatiluvchi xususiy nodavlat telekanal. Dastavval 2017-yil 23-fevral kuni FUTBOL TV nomi bilan ish boshlagan. 2022-yil 1-dekabrda FUTBOL TV efirga uzatilishi toʻxtatildi va uning oʻrnida yangi telekanal — FTV efirga chiqdi. FTV kanali Uzdigital TV platformasi, Oʻzbekiston Kabel Televideniyasi va onlayn TV platformalarida kecha-yu kunduz, yaʼni 24 soat rejimida efirga uzatiladi. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida Full HD formatida, respublikaning boshqa hududlarida SD formatida efirga uzatilmoqda. Telekanal konsepsiyasiga koʻra turli mavzudagi qiziqarli va quvnoq mualliflik dasturlari, xit-paradlar, mahalliy va xorijiy ijrochilarning musiqiy kliplari, kinofilmlar va boshqa koʻplab koʻrsatuvlarni namoyish etish koʻzda tutilgan

Loyihalari

Telekanal ishga tushirilishining ilk kunlaridanoq „UzNonstop“ musiqiy blogida oʻzbek estradasi yulduzlarining kliplarini hamda xorij estradasining mashhur ijodkorlari tomonidan yaratilgan qoʻshiqlarni „F-kokteyl“ musiqiy blogida namoyish etishni boshladi. Shu bilan birga retro qoʻshiqlarni sevuvchilar uchun „F-kolleksiya“ musiqiy blogi telekanal efiridan joy oldi. 12-dekabrdan boshlab FTV telekanali oʻzining ilk koʻrsatuvlarini efirga uzata boshladi jumladan tomoshabinlar tomonidan ovoz berish yoʻli orqali aniqlanadigan kliplar ketma-ketligini „Uz Top Chart“, „Turk Top Chart“, „Top Chart Plyus“ dasturlarlarida berishni boshladi. Keyinchalik dunyoga mashhur platformalarning oʻzbek segmentida eng koʻp qidirilayotgan qoʻshiqlarni eʼlon qilib boruvchi „Shazam Chart“, YouTube platformasida eng koʻp koʻrilayotgan kliplarni eʼlon qilib boruvchi „YouTube Chart“ loyihalari hamda tomoshabinlarning talab va istaklaridan kelib chiqqan holda koreys pop yuduzlarining qoʻshiqlaridan iborat „Top K-pop Chart“ xit-paradlari efirga uzatila boshlandi. Telekanal 2023-yilda Fremantle kompaniyasidan dunyoga mashhur "The X-faktor" shousining rasmiy huquqini sotib oldi va har yili „X-faktor Oʻzbekiston“ efirga uzatilib kelinmoqda [9]. 2024-yilda Fremeantle bilan hamkorlik kengayib "Got Talent" franshizasini sotib olda va „Oʻzbekiston Got Talent“ nomi ostida efirga uzata boshladi [10]. 2025-yilda "The Masked Singer" shousi franshizasini qoʻlga kiritib „Maska“ nomi bilan efirga uzatdi. Loyiha „Maska Shou Original“ nomi ostida ham taqdim etilgan, bu esa telekanal ushbu xalqaro franshizaning Oʻzbekistondagi yagona qonuniy egasiligi va shouning Oʻzbekistondagi analoglaridan farqlash uchun xizmat qilganligini tushunish mumkin [11].

Telekanal nomi va logotipi

FTV telekanali logotipi va brandbook muallifi Sherzod Tadjibayev boʻlib unga koʻra logotip hamda telekanalda namoyish etiladigan barcha koʻrsatuvlar, animatsion roliklar uchun asosan pushti va siyoh rang palitrasi tanlab olingan. FTV telekanali logotipi zamonaviy va dinamik vizual yechim asosida yaratilgan boʻlib, uning asosiy elementi stilizatsiya qilingan „F“ harfidan iborat. Logotipdagi asosiy maxsus geometrik egri shakl vizual jihatdan bumerangni eslatadi. Bumerang — bu tashlanganda aylana harakat qilib, yana egasiga qaytib keladigan egri shaklli buyumdir. Shu oʻxshashlik sabab logotip tomoshabin boshqa kanallarni pult orqali aylanib chiqsa ham, yakunda yana FTV telekanaliga qaytishini ramziy tarzda ifodalaydi. Shu bilan birga, bumerangsimon shakl va telekanalning media yoʻnalishini bevosita ochib beruvchi „tv“ yozuvi vizual jihatdan birlashib, yaxlit holda „F“ harfini hosil qiladi.

Kanal nomidagi „F“ harfini turlicha talqin qilsa boʻladi — bu ham Fun, ham Family, Fashion, Fire, Fast, Friendly, Future, Favorite, shuningdek qiziqarli, yorqin, koʻngilochar, urfbop kontent bilan bogʻliq boʻlgan barcha tushunchalardir.

Yuqori