![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Jamshid Mahmudovich Iskanderov | ||
| Tavallud sanasi | 1993-yil 16-oktyabr | ||
| Tavallud joyi | UrganchOʻzbekiston | ||
| Boʻyi | 1.68 m (5 ft 6 in) | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Neftchi | ||
| Raqami | 10 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2009—2012 | Paxtakor | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2011 | Dinamo Samarqand | 2 | (0) |
| 2012—2018 | Paxtakor | 126 | (20) |
| 2019—2020 | Lokomotiv | 26 | (6) |
| 2020—2021 | Seongnam FC | 46 | (2) |
| 2022—2024 | Navbahor | 77 | (18) |
| 2025— | Neftchi | 37 | (9) |
| Milliy terma jamoa‡ | |||
| 2010—2013 | Oʻzbekiston U-20 | 13 | (2) |
| 2013—2015 | Oʻzbekiston U-23 | 8 | (2) |
| 2014— | Oʻzbekiston | 43 | (4) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2026-yil 29-aprel uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2025-yil 18-noyabr uchun) | |||
Jamshid Iskanderov yoki Jamshid Iskandarov 1993-yili 16-oktyabrda Urganch shahrida tugʻilgan. Fargʻonaning „Neftchi“ klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibida oʻynaydi, ampulasi yarim himoyachi. U FIFA U-20 Jahon chempionati 2013, AFC Osiyo kubogi 2015 saralash bosqichida hamda AFC Osiyo kubogi 2015 kabi yirik futbol musobaqalarida oʻynagan.
Futbolchilik faoliyati
Jamshid 2011-yilning 28-mayida Oʻzbekiston oliy ligasidagi ilk debyutini Samarqandning Dinamo futbol klubi tarkibida boshlagan, oʻshanda Samarqand Dinamo klubi Zarafshonning Qizilqum klubiga qarshi kechgan oʻyinida 57-daqiqada maydonga tushgan edi. 2011-yildan boshlab u Paxtakor tarkibiga qoʻshildi. 2014-yilda u may va oktyabr oylarining eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan.
Jamshid Iskanderov 2015-yilning 6-martida Oʻzbekiston Professional Futbol Ligasining 2014-yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Oʻsha yili u „Paxtakor“ni asosiy futbolchisiga aylandi va mavsumda yana bitta oʻyin oʻtkazdi. Keyingi mavsum Jamshid oʻsha yili deyarli maydonga tushmaganiga qaramay, unga birinchi Oʻzbekiston chempionatini olib keldi. 2013-yildan buyon „Paxtakor“ning asosiy oʻyinchilaridan biriga aylandi. 2014 va 2015-yilgi Oliyligada „Paxtakor“ jamoasining chempionlikldagi bosh ijodkorlardan biri edi.
2018-yilgi mavsum soʻnggida Paxtakor jamoasi bilan oʻzaro shartnomasi yakunlandi va 2019-yil mavsum boshida Toshkentning boshqa bir gigat klublaridan biri „Lokomotiv“ klubiga oʻtgan. Bir mavsum davomida "Temiryoʻlchilar safida harakat qilgan Iskandarov 2020-yilgi mavsum boshida legioner aylandi va Koreya oliy dvizioni vakili „Seongam FC“ klubiga oʻtdi.Janubiy koreya chempionatida ikki mavsum davomida ancha muvaffaqiyatli harakat qildi. 2022-yilgi mavsum boshida sobiq ustozi Samvel Babayan taklifiga koʻra Namanganning „Navbahor“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi va lochinlar safiga oʻtdi. Dastlabki mavsumidayoq jamoasi bilan katta muvaffaqiyatlarga erishdi, jamoaning ikkinchi toʻpurari, Oʻzbekiston Kubogi finalchisi, Oʻzbekiston Superligasida ikkinchi oʻrin va Osiyo chempionlar ligasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi va 2022-yilda Oʻzbekistonning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.
Terma jamoadagi faoliyati
U Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibidagi ilk debyut uchrashuvini 2013-yili 6-sentyabrda 2014-yilgi jahon chempionati uchun kechgan saralash bosqichi doirasida Iordaniya termasiga qarshi oʻynagan. 2015-yilgi Osiyo kubogida terma jamoa safida 3 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Jamshid Oʻzbekiston terma jamoasiga chaqirilgunga qadar Oʻzbekiston yoshlar va yoshlar terma jamoasida ham toʻp surgan.
Faoliyat statistikasi
Club
- 2026-yil 22-aprel
| Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Liga kubogi | Xalqaro | Boshqa | Jami | |||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Divizion | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
| Dinamo (Samarqand) | 2011 | Oʻzbekiston Superligasi | 2 | 0 | — | — | — | — | 2 | 0 | ||||
| Paxtakor | 2011 | Oʻzbekiston Superligasi | 1 | 0 | — | — | — | — | 1 | 0 | ||||
| 2012 | 4 | 1 | — | — | — | — | 4 | 1 | ||||||
| 2013 | 21 | 1 | 2 | 0 | — | 5 | 1 | — | 28 | 2 | ||||
| 2014 | 25 | 6 | ? | ? | — | — | — | 25 | 6 | |||||
| 2015 | 11 | 0 | ? | ? | — | 4 | 0 | 1 | 0 | 15 | 0 | |||
| 2016 | 21 | 6 | ? | ? | — | 3 | 0 | 1 | 0 | 25 | 6 | |||
| 2017 | 21 | 2 | 3 | 0 | — | 2 | 0 | — | 26 | 2 | ||||
| 2018 | 22 | 2 | 4 | 0 | — | 1 | 0 | — | 27 | 2 | ||||
| Jami | 126 | 18 | 7 | 0 | — | 15 | 1 | 2 | 0 | 150 | 19 | |||
| Lokomotiv | 2019 | Oʻzbekiston Superligasi | 26 | 6 | 1 | 0 | — | 6 | 1 | 1 | 0 | 34 | 2 | |
| Seongam FC | 2020 | K liga | 21 | 0 | 3 | 0 | — | — | — | 24 | 0 | |||
| 2021 | 25 | 1 | 2 | 0 | — | — | — | 27 | 1 | |||||
| Jami | 46 | 1 | 5 | 0 | — | — | — | 51 | 1 | |||||
| Navbahor | 2022 | Oʻzbekiston Superligasi | 26 | 7 | 7 | 4 | — | — | — | 33 | 11 | |||
| 2023 | 26 | 4 | 5 | 1 | — | 9 | 2 | — | 40 | 7 | ||||
| 2024 | 25 | 7 | 6 | 0 | — | — | 31 | 7 | ||||||
| Jami | 77 | 18 | 18 | 5 | — | 9 | 2 | — | 104 | 25 | ||||
| Neftchi | 2025 | Oʻzbekiston Superligasi | 29 | 7 | 3 | 0 | — | — | — | 32 | 7 | |||
| 2026 | 8 | 2 | — | — | — | 1 | 0 | 9 | 2 | |||||
| Jami | 37 | 9 | 3 | 0 | — | — | 1 | 0 | 41 | 9 | ||||
| Umumiy faoliyat statistikasi | 306 | 52 | 34 | 5 | 0 | 0 | 30 | 4 | 4 | 0 | 374 | 61 | ||
- Appearances and goals in the AFC Champions League
- Appearances and goals in the Kazakhstan Super Cup
Yutuqlari
Klub
- Paxtakor
Oʻzbekiston Superligasi chempioni (3): 2012, 2014, 2015
Oʻzbekiston Superligasi kumush medal sohibi: 2018
Oliy liga bronza medali sohibi (1): 2011, 2017
Oʻzbekiston kubogi gʻolibi: 2011
Oʻzbekiston Kubogi kumush medal sohibi: 2018
Oʻzbekiston Superkubogi Kumush medal sohibi: 2015, 2016
- Lokomotiv
Oʻzbekiston Superligasi kumush medal sohibi: 2019
Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2019
- Navbahor
Oʻzbekiston Superligasi kumush medal sohibi: 2022
Oʻzbekiston Superligasi bronza medal sohibi: 2023, 2024
Oʻzbekiston Kubogi kumush medal sohibi: 2022, 2024
- Neftchi
Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2025
Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2026
Shaxsiy
- Oʻzbekiston eng yaxshi yil oʻyinchisi: 2022
- Oʻzbekiston eng yaxshi yil oʻyinchisi ikkinchi oʻrin: 2013
- Oʻzbekiston Superligasida yilning eng yaxshi oʻyinchisi: 2014
Mukofotlari
2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
- 16-oktyabrda tugʻilganlar
- 1993-yilda tugʻilganlar
- Urganchda tugʻilganlar
- „Oʻzbekiston iftixori“ unvoni bilan taqdirlanganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Toshkentlik futbolchilar
- Dinamo Samarqand futbolchilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari
- Seongnam FC futbolchilari
- Navbahor futbolchilari
- Neftchi (Fargʻona) futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- K liga 1 futbolchilari
- Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari
- Janubiy Koreyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Osiyo oʻyinlari 2014 futbolchilari
- Osiyo Kubogi 2015 futbolchilari
- Osiyo Kubogi 2023 futbolchilari
- Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi
