Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Jaloliddin Qadomboy o‘g‘li Masharipov (1993-yil 1-sentyabr, Xorazm Urganch) – oʻzbek futbolchisi, „Esteghlal F.C.“ klubi va Oʻzbekiston milliy futbol terma jamo

Jaloliddin Masharipov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Jaloliddin Masharipov 
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jaloliddin Qadomboy o‘g‘li Masharipov
Tavallud sanasi 1993-yil 1-sentyabr (1993-09-01) (32 yosh)
Tavallud joyi Urganch, Oʻzbekiston
Boʻyi 178 sm (5' 8" ft)
Ampluasi Yarim himoyachi
Laqabi Jalol
Vazni 70 kg (154 lb)
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Esteghlal F.C.
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2009—2012 Paxtakor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2020 Paxtakor 141 (24)
2017   Lokomotiv 27 (6)
2021—2023 Al-Nassr FK 40 (2)
2021   Shabab Al Ahli Club 12 (2)
2023 Panserraikos F.C. 7 (0)
2024— Esteghlal F.C. 27 (3)
Milliy terma jamoa
2013 Oʻzbekiston U-20 4 (1)
2013—2018 Oʻzbekiston U-23 8 (1)
2016— Oʻzbekiston 70 (13)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2024-yil 14-noyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2024-yil 19-noyabr uchun)

Jaloliddin Qadomboy o‘g‘li Masharipov (1993-yil 1-sentyabr, Xorazm Urganch) – oʻzbek futbolchisi, „Esteghlal F.C.“ klubi va Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi yarim himoyachisi.

Futbolchilik faoliyati

Jaloliddin Masharipov 1993-yil 1-sentyabr kuni Urganch shahrida tugʻilgan. Jaloliddin Masharipov  2013-yilgacha „Paxtakor“ jamoasida toʻp surgan. 2013-yilda Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi tarkibida 4 ta oʻyinda ishtirok etgan. 2017-yilda Toshkentning „Lokomotiv“ klubida boʻlgan. 2021-yilda Jaloliddin Masharipov „Al-Nasr“ jamoasiga kelib qoʻshilgan. Nufuzli Transfermarkt portali ma'lumotlariga koʻra, 2023-yilda futbolchining narxi 3 million yevrogacha koʻtarilgan.

Paxtakordagi faoliyati

Masharipov „Paxtakor“ tarkibida Superliganing 141 ta uchrashuvida qatnashib, 24 ta gol urgan. Osiyo chempionlar ligasida 29 ta oʻyinda – 4 ta, mamlakat kuboklarida 30 ta oʻyinda ishtirok etib, 5 ta gol urgan.

Lokomativdagi faoliyati

Jaloliddin Masharipov „Lokomativ“ tarkibida 2017-yil koʻrsatkichlari boʻyicha „Lokomativ“ning 6 ta uchrashuvida qatnashib, 1 ta gol urgan va 2018-yili „Lokomativ“ tarkibini tark etgan.

Al-Nasrdagi faoliyati

2021-yilda Jaloliddin Masharipovni „Al-Nasr“ sotib olgan. Shu yili Jaloliddin Masharipov bir mavsum ichida 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 2023-yil 17-avgustda Masharipov „Al Nasr“ jamoasi bilan oʻzaro kelishuvga koʻra shartnomani bekor qildi.

2023-yil 27-sentybarda Gretasiyaning „Panserraikos F.C.“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 2024-yil 31-yanvarda Panserraikos Masharipovning jamoani tark etishini va shartnoma oʻzaro kelishuvga koʻra bekor qilingani eʼlon qildi.

2024-yil 4-fevralda Eronning „Esteghlal“ jamoasi bilan bir yarim yillik sharnoma imzolagani eʼlon qildi.

Oʻzbekiston terma jamoasidagi faoliyati

2016-yilda ilk bor Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi (U-23) safiga Jaloliddin Masharipov chaqirilgan. Uning birinchi oʻyini Koreya (u-23) terma jamoasiga qarshi boʻlgan. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi Koreyaga 2:1 hisobida imkoniyatni boy bergan. Uning terma jamoadagi birinchi yirik turniri 2019-yilda boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha Osiyo chempionati boʻlgan. Osiyo chempionatida Masharipov 3 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.

Faoliyat statistikasi

Klub

6-yanvar, 2023-yil holatiga koʻra
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubok Xalqaro Boshqa Jami
DivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollar Oʻyinlar GollarOʻyinlarGollar Oʻyinlar GollarOʻyinlarGollar
Paxtakor Toshkent 2013 Oʻzbekiston Oliy ligasi 0010 0 000 10
2014 Oʻzbekiston Oliy ligasi12051 0 0 171
2015 Oʻzbekiston Oliy ligasi22360 0 060 1 0353
2016 Oʻzbekiston Oliy ligasi30720 61 1 0398
2018 Oʻzbekiston Superligasi 29 4 4 1 1 0 34 5
2019 Oʻzbekiston Superligasi 25 4 4 2 4 2 8 1 41 9
2020 Oʻzbekiston Superligasi 23 6 4 1 8 2 35 9
Jami 141 24 26 5 4 2 29 4 2 0 202 35
Lokomotiv Toshkent (ijara) 2017 Oʻzbekiston Superligasi27662 61 399
Al Nassr 2021–22 Saudiya Pro ligasi 26200 32 294
2022–23 Saudiya Pro ligasi 14 0 1 0 1 0 16 0
Jami 40 2 1 0 3 2 1 0 45 4
Shabab Al-Ahli (ijara) 2020–21 BAA Pro ligasi 12220 3 040 212
Panserraikos 2023–24 Gretsiya Superligasi 7 0 1 0 8 0
Esteghlal 2023–24 Eron Pro-ligasi 14 2 1 0 15 2
Umumiy faoliyat 24136377724273033052
  1. Includes Uzbekistan Cup, UAE President's Cup, King Cup, Hazfi Cup
  2. Includes Uzbekistan League Cup, UAE League Cup
  1. Appearance(s) in AFC Champions League
  2. Appearance in Uzbekistan Super Cup
  3. Appearance in Saudi Super Cup

Xalqaro

Terma jamoaYilOʻyinlarGollar
Oʻzbekiston
201640
201761
201840
2019131
202040
202173
202264
2023113
202490
Jami6412

14-iyun, 2022-yil holatiga koʻra

Xalqaro gollar

SanaStadionRaqibHisobNatijaMusoboqa
2017-yil 25 avgustBunyodkor stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston Qirgʻiziston4–05–0Norasmiy Oʻrtoqlik uchrashuvi
1.2019-yil 13 yanvarAl Rashid stadioni, Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari Turkmaniston3–04–0AFC Osiyo kubogi 2019
2021-yil 26 martMarkaziy stadioni, Namangan, Oʻzbekiston Gana2–12–1Norasmiy Oʻrtoqlik uchrashuvi
2.2021-yil 7-iyunQirol Fahd stadioni, Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni Singapur1–05–02022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
3.2–0
4.2021-yil 11-iyun Yaman1–01–0
5.2022-yil 27-yanvarThe Sevens Stadiums, Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari Janubiy Sudan3–03–0Oʻrtoqlik uchrashuvi
6.2022-yil 29-martMarkaziy stadioni, Namangan, Oʻzbekiston Uganda1–04–2
7.2022-yil 8-iyun Shri Lanka1–03–02023-yilgi Osiyo kubogi saralashi
8.2022-yil 14-iyun Tailand1–02–0
9.2023-yil 11-iyunBunyodkor stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston Ummon1–03–0CAFA Millatlar Kubogi 2023
10.2–0
11.2023-yil 25-dekabrAl-Maktoum stadioni, Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari Qirgʻiziston3–14–1Oʻrtoqlik uchrashuvi
12.2024-yil 5-sentyabrBunyodkor stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston Shimoliy Koreya1–01–02026-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi

Yutuqlari

Lokomotiv Toshkent
  • Oʻzbekiston chempioni: 2017
Paxtakor
  • Oʻzbekiston chempioni (2): 2014, 2015, 2019, 2020
  • Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2019, 2020
  • Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2018
Individual
  • Yilning eng yaxshi futbolchisi (Oʻzbekiston): 2020

Mukofotlari

2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Yuqori