![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Srechko Katanets | ||
| Tavallud sanasi | 1963-yil 16-iyul | ||
| Tavallud joyi | Lyublyana | ||
| Boʻyi | 190 cm (6 ft 3 in) | ||
| Ampluasi | Himoyachi, Yarim himoyachi | ||
| Mukofotlari | | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 1970—1981 | Ljubljana | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1981—1985 | Olimpija | 81 | (10) |
| 1985—1986 | Dinamo Zagreb | 21 | (3) |
| 1986—1988 | Partizan | 58 | (9) |
| 1988—1989 | VfB Stuttgart | 26 | (1) |
| 1989—1994 | Sampdoria | 87 | (12) |
| Total | 273 | (35) | |
| Milliy terma jamoa | |||
| Yugoslaviya U21 | |||
| 1983—1990 | Yugoslaviya | 31 | (5) |
| 1994 | Sloveniya | 5 | (1) |
| Boshqargan klublari | |||
| 1996—1998 | Sloveniya U21 | ||
| 1998 | Goritsa | ||
| 1998—2002 | Sloveniya | ||
| 2003 | Olimpiakos | ||
| 2006—2009 | Makedoniya | ||
| 2009—2011 | BAA | ||
| 2013—2017 | Sloveniya | ||
| 2018—2021 | Iroq | ||
| 2021—2025 | Oʻzbekiston | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Srečko Katanec (talaffuzi: Srechko Katanets; 1963-yil 16-iyul, Lyublyana) – sloveniyalik futbolchi va murabbiy, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi.
Faoliyati
Futbolchi faoliyati
Faoliyatini Lyublyana klubida boshlagan. 1981—1988-yillarda Yugoslaviyaning „Olimpiya“, Zagrebning „Dinamo“ va „Partizan“ klublarida oʻynagan. 1988-yilda u Gʻarbiy Germaniyaning Shtutgartiga koʻchib oʻtdi, u yerda bir mavsum oʻtkazdi. UEFA kubogi finalchisiga aylandi. Mavsum yakunlangach, Italiyaning „Sampdoriya“ klubiga yoʻl oldi. Italiya klubi bilan u deyarli barcha unvonlarni qoʻlga kiritgan: chempionat, Kubok va Superkubok. Kubok egalari kubogini ham qoʻlga kiritgan. 1991/92-yilgi mavsumda u soʻnggi yevrokubokda finalchi boʻlgan, oʻshanda jamoasi qoʻshimcha vaqtda 0:1 hisobida „Barselona“ga magʻlub boʻlgan.
Murabbiylik faoliyati
Sloveniya U21 terma jamoasi
21 yoshigacha 1996-yildan 1997-yilgacha Sloveniya terma jamoasida murabbiy Drago Kostanshekning yordamchisi boʻlgan.
Goritsa (Nova Goritsa)
1997-yilning dekabrida ikki yarim yillik shartnoma imzolab, „Goritsa“ bosh murabbiyi boʻlgan.
Sloveniya terma jamoasi
1998-yilning iyul oyida Sloveniya terma jamoasi bosh murabbiyi etib eʼlon qilindi.
Sloveniya bilan Ukrainani pley-off bosqichida magʻlub qilgan. 2000-yilgi Yevropa chempionatiga yoʻllanma oldi, bu mamlakatning yirik turnirdagi birinchi ishtiroki edi. Turnirda Sloveniya Yugoslaviya va Norvegiya bilan durang oʻynadi, biroq Ispaniyaga imkoniyatni boy berib, guruhdan chiqa olmadi.
Sloveniya terma jamoasi futbol boʻyicha 2002-yilgi jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan. Ispaniya, Janubiy Afrika Respublikasi va Paragvayga guruhdagi uchta oʻyinda magʻlub boʻlgan. Katanets jahon chempionatidan soʻng faoliyatini yakunlagan.
Olimpiakos (Pirey)
2002-yil 2-noyabrda Gretsiyaning „Olimpiakos“ klubi bosh murabbiyi boʻlgan. Katanets qoʻl ostida „Olimpiakos“ kutilganidan ham yomonroq oʻynadi va 2003-yilning 7-fevralida klub uning shartnomasini bekor qildi. 2004-yilda Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga nomzod boʻlgan, biroq uning oʻrniga Zlatko Kranchar tanlangan.
Makedoniya terma jamoasi
2006-yilning 17-fevralida Yevro-2008 saralash bosqichi uchun Makedoniya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan. 2010-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichidagi aralash natijalardan soʻng, jumladan Shotlandiya ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozongan va Gollandiyaga 0:4 hisobida magʻlub boʻlganidan soʻng, Katanets 2009-yil 6-aprelda oʻz lavozimidan isteʼfoga chiqdi.
BAA terma jamoasi
2009-yilning 23-iyunida Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasining bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi. 2011-yil 6-sentyabrda futbol boʻyicha 2014-yilgi jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichida ketma-ket ikkita magʻlubiyatdan soʻng ishdan boʻshatildi.
Sloveniya terma jamoasi
2012-yil 31-dekabrda Sloveniya futbol assotsiatsiyasining ikkinchi marta bosh murabbiy boʻlish taklifini qabul qildi va 2013-yil
ha jahon chempionatiga oʻta olmaganidan soʻng isteʼfoga chiqdi.
Iroq terma jamoasi
2018-yilning 4-sentyabrida uch yillik shartnoma asosida Iroq terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Uning birinchi yirik musobaqasi 2019-yilgi Osiyo Kubogi boʻlib, unda Iroq boʻlajak chempion – Qatarga 0:1 hisobida magʻlub boʻlib, 1/8 finalga chiqdi.
Uning rahbarligida Iroq ham futbol boʻyicha 2022-yilgi jahon chempionati saralash oʻyinlarida qoʻshni Eron ustidan 2:1 hisobida sezilarli gʻalabaga erishdi. Shundan soʻng, Iroq saralashning uchinchi bosqichiga yoʻl oldi. Ammo, olti oy davomida maoshi toʻlanmagani tufayli Katanes 2021-yilning iyul oyida murabbiylikdan ketgan.
Oʻzbekiston terma jamoasi
2021-yilning avgustida 4 yil muddatga Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi bosh murabbiyi boʻldi. 2025-yil 22-yanvar kuni sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar sababli bosh murabbiylikdan ketgan.
Yutuqlari
"Partizan"
- Yugoslaviya chempioni: 1986/87
"Sampdoriya"
- Italiya chempioni: 1990/91
- Italiya kubogi sohibi: 1993/94
- Italiya Superkubogi sohibi: 1991
- Gʻoliblar kubogi sohibi: 1989/90
Mukofotlari
2025-yil 6-iyunda Doʻstlik ordeni bilan taqdirlangan.
- 16-iyulda tugʻilganlar
- 1963-yilda tugʻilganlar
- Lyublyanada tugʻilganlar
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi bosh murabbiylari
- Yashayotgan insonlar
- Yugoslaviyalik erkak futbolchilar
- Sloveniyalik erkak futbolchilar
- Erkaklar futbol markaziy himoyachilari
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- NK Ljubljana futbolchilari
- NK Olimpija Ljubljana (1945–2005) futbolchilari
- Dinamo Zagreb F.C futbolchilari
- FK Partizan futbolchilari
- VfB Stuttgart futbolchilari
- UC Sampdoria futbolchilari
- Olimpiyada medalini olgan futbolchilar
- Bundesliga futbolchilari
- Serie A futbolchilari
- UEFA Yevro 2000 murabbiylari
- Oʻzbekistondagi muhojir futbol murabbiylar
- FIFA Jahon chempionati 2002 murabbiylari
- AFC Osiyo Kubogi 2011 murabbiylari
- AFC Osiyo Kubogi 2019 murabbiylari
- AFC Osiyo Kubogi 2023 murabbiylari
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- Birlashgan Arab Amirliklari milliy futbol terma jamoasi murabbiylari
- Sloveniya milliy futbol terma jamoasi murabbiylari
- Iroq milliy futbol terma jamoasi murabbiylari
- Shimoliy Makedoniya milliy futbol terma jamoasi murabbiylari
- Olympiacos murabbiylari
