Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

1982-yilda Toshkent universitetini „Sharqshunos-filolog, dari va ingliz tillari oʻqituvchisi“ mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Favqulodda va Muxtor elchi dip

Ismatilla Ergashev

Vikipediyada ismi Ismat va familiyasi Ergashev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Ismatilla Raimovich Ergashev — Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.

Ismatilla Raimovich Ergashev
Исматилла Эргашев
 Oʻzbеkistоnning Ozarbayjondagi elchisi
 
Mansab davri
2004-yildan  2012-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Abdugʻofur Abdurahmonov
Vorisi Sherzod Fayziyev
 Oʻzbеkistоnning Xitoydagi elchisi
 
Mansab davri
1999-yildan  2003-yilgacha
Oʻtmishdoshi ?
Vorisi ?
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1960-yil 24-sentyabr (1960-09-24) (65 yosh)
Toshkent

Biografiya

1960-yil 24-sentabrda Toshkent shahrida tugʻilgan.

1982-yilda Toshkent universitetini „Sharqshunos-filolog, dari va ingliz tillari oʻqituvchisi“ mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Favqulodda va Muxtor elchi diplomatik martabasiga ega.

Fors, ingliz va turk tillarini biladi.

1982—1984 — Afgʻonistonda harbiy xizmat.

1984—1992 — harbiy bilim yurtida chet tili oʻqituvchisi.

1992—1994 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Shartnoma-huquq boshqarmasi 2-kotibi.

1994—1994 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Osiyo va Afrika boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari — sektor mudiri.

1994—1996 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Davlat protokoli boshqarmasi boshligʻi.

1996—1999 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari.

1999—2003 — Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy, Moʻgʻuliston va KXDRdagi dagi favqulodda va muxtor elchisi.

2003—2004 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili.

2004—2012 — Oʻzbekiston Respublikasining Ozarbayjondagi favqulodda va muxtor elchisi.

2012—2017 — Xalqaro kurash assotsiatsiyasi prezidentining maslahatchisi.

2017-yil 24-maydan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili.

Oilali, besh nafar farzandi bor.

Yuqori