Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Otabek Shukurov (1996-yilning 22-iyunida tugʻilgan) – oʻzbek professional futbolchisi, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va Saudiya Arabistonining „Al-Fayha“ klu

Otabek Shukurov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Otabek va familiyasi Shukurov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Otabek Shukurov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Otabek Gʻayratovich Shukurov
Tavallud sanasi 1996-yil 22-iyun (1996-06-22) (30 yosh)
Tavallud joyi ChiroqchiOʻzbekiston
Boʻyi 1.82 m (6 ft 0 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Al-Fayha FC
Raqami 29
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014 Mashʼal Mubarak 4 (0)
2015 Bunyodkor 2 (0)
2015 Buxoro 14 (2)
2016—2018 Bunyodkor 53 (5)
2018—2022 Al-Sharjah 95 (10)
2022—2023 Fotih Karagumruk 43 (1)
2024 Kayserispor 12 (0)
2024—2025 Al-Fayha FC 8 (0)
Milliy terma jamoa
2013 Oʻzbekistan U-17 4 (0)
2015 Oʻzbekistan U-20 5 (0)
2016 Oʻzbekistan U-23 3 (0)
2016— Oʻzbekiston 80 (9)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2025-yil 5-sentyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2024-yil 5-sentyabr uchun)

Otabek Shukurov (1996-yilning 22-iyunida tugʻilgan) – oʻzbek professional futbolchisi, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va Saudiya Arabistonining „Al-Fayha“ klubi yarim himoyachisi hisoblanadi. Otabek Shukurov Oʻzbekiston respublikasi „Mard oʻgʻlon davlat mukofoti“ bilan taqdirlangan.

Jamoalardagi faoliyati

Muborakning „Mashʼal“ jamoasining akademiyasida taʼlim olgan. Birinchi murabbiyi Dilshod Andayev edi. 2014-yilda Muborakning „Mash’al“ jamoasi tarkibida professional futboldagi faoliyatini boshlagan. 2014-yilning 21-iyunida „Metallurg Bekobod“ jamoasiga qarshi oʻyinda debyut qilgan.

Bunyodkor

2015-yilning 1-yanvarida „Bunyodkor“ klubi tarkibiga doʻsti Eldor Shomurodov bilan birgalikda oʻtgan. Dastlabki mavsumida Toshkent klubida atigi 2 ta oʻyin oʻtkazgan va asosiy jamoa tarkibidagi raqobat sababli 2015-yilning 15-iyulida „Buxoro“ jamoasiga ijara asosida oʻtgan.

Otabek Buxoro jamoasi tarkibida yarim mavsum davomida 14 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan va mavsumni muvaffaqiyatli oʻtkazgan. 2016-yilning 1-yanvarida „Bunyodkor“ jamoasi tarkibiga qaytgan Navbatdagi ikki mavsum davomida „Bunyodkor“ jamoasining muhim futbolchilaridan biri boʻlgan va 53 oʻyinda 5 ta gol muallifi boʻlgan.

Al Sharja

2017-yil mavsum yakunida Bunyodkor jamoasini tark etgan va BAAning „Al Sharjah“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. BAA jamoasi tarkibida besh mavsum davomida oʻynagan va 95 ta 10 ta gol muallifi boʻlgan. 2019-yilgi mavsum Birlashgan Arab Amirliklarining yuqori ligasi chempionligi va BAA Superkubogini qoʻlga kiritgan.

Fatih Karagumruk

2022-yil 27-iyulda Turkiyaning Fatih Karagumruk jamoasi Otabekni Sharjah jamoasidan sotib olganini va futbolchi bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan. Karagumruk jamoasi tarkibida 1,5 mavsum davomida oʻynagan va italiyalik murabbiy Andrea Pirlo qoʻl ostida mashgʻulotlarda ishtirok etgan. 2023-yil 30-dekabrda turk jamoasi tarkibi tark etganini eʼlon qilgan.

Kayserispor

2024-yil 6-fevralda Turkiyaning „Kayserispor“ jamoasi bilan shartnoma kelishgani toʻgʻrisida xabar berilgan va 9-fevral shartnoma imzolangan.

Turkiya jamoasi yarim mavsum davomida oʻynaganidan soʻng 2024-yil 1-sentyabrda Saudiya Arabistonining „Al-Fayha“ jamoasi tarkibiga oʻtgan.

Al Fayha

2024-yil 3-sentyabrda Al Fayha jamoasi Shukurov bilan shartnoma imzolganini eʼlon qilgan.

Xalqaro martaba

Shukurov turli yosh toifalarida oʻz mamlakati sharafini himoya qilgan. Otabek 2016-yilning 14-fevralida Livanga qarshi oʻyinda Oʻzbekiston milliy terma jamoasida debyut qilgan. Futbol boʻyicha 2026-yilgi jahon chempionati uchun Oʻzbekiston terma jamoasi qaydnomasidan oʻrin olgan.

Faoliyat statistikasi

Klub

2024-yil 11-iyun kuni boʻlib oʻtgan oʻyindagi aniq statistika (UTC).
Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro Boshqa Jami
DivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollar
Mashʼal Muborak 2014 Oʻzbekiston Superligasi 403070
Bunyodkor 2015 20200040
Buxoro 2015 14200142
Bunyodkor 2016 2506070380
2017 2857270427
Total 7371821401059
Sharjah 2017–18 BAA Pro ligasi 11000110
2018–19 17200172
2019–20 193305010283
2020–21 241107010331
2021–22 2443161336
Total 9510711812012212
Fatih Karagümrük 2022–23 Turkiya Superligasi 28130311
2023–24 15000150
Kayserispor 2023–24 12000120
Al Fayha 2024–25 Saudiya Professional Ligasi 000000
Career total 223182833212028522

Xalqaro

Terma jamoaYilOʻyinlarGollar
Oʻzbekiston2016101
201750
201871
201991
202020
202171
2022100
2023114
2024101
Jami719

2024-yil 17-oktabr kuni boʻlib oʻtgan oʻyindagi aniq statistika

Xalqaro maydon

Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2016-yil 11-oktabr Bunyodkor stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston  Xitoy
2–0
2–0
2018 FIFA Jahon chempionati saralashi
2. 2018-yil 23 mart Stade Mohamed V, Kasablanka, Marokash  Senegal
1–0
1–1
Oʻrtoqlik uchrashuvi
3. 2019-yil 14-noyabr Paxtakor stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston  Saudiya Arabistoni
2–1
2–3
2022 FIFA Jahon chempionati saralashi
4. 2021-yil 26 mart Markaziy stadioni, Namangan, Oʻzbekiston  Gana
1–0
2–1
Oʻrtoqlik uchrashuvi
5.2023-yil 12-sentyabrMercedes-Benz Stadium, Atlanta, Amerika Qoʻshma Shtatlari Meksika
3–3
3–3
6.2023-yil 16-oktyabrDalian Sports Centre Stadium, Dalian, Xitoy Xitoy
1–1
2–1
7.2023-yil 16-noyabrAshxobod Stadioni, Ashxobod, Turkmaniston Turkmaniston
1–1
3–12026 FIFA Jahon chempionati saralashi
8.2–1

Yutuqlar

Oʻzbekiston

  • Oʻzbekiston Superligasi Ikkinchi oʻrin: 2016
  • Oʻzbekiston Kubogi finalchisi: 2017
  • Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2014
  • Oʻzbekiston PFL kubogi sohibi: 2014

Birlashgan Arab Amirliklari

  • BAA Ligasi chempioni: 2018/2019
  • BAA Ligasi Ikkinchi oʻrin: 2021/2022
  • BAA Superkubogi sohibi: 2019/2020
  • BAA Superkubogi Ikkinchi oʻrin: 2020/2021

Futboldan tashqari faoliyati

2021-yil COVID-19 pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan karantin paytida Otabek Shukurov oʻzi tugʻilib oʻsgan Chiroqchi tumanidagi kam taʼminlangan oilalar uchun oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olib tarqatgan.

Mukofotlari

2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Yuqori