Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Azizbek Saidrahimovich Haydarov (1985-yilning 8-iyulida tugʻilgan) – Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi va Bunyodkor jamoasining sobiq yarim himoyachisi.

Aziz Haydarov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(dan yoʻnaltirildi)

Vikipediyada ismi Aziz va familiyasi Haydarov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Azizbek Haydarov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Azizbek Saidrahimovich Haydarov
Tavallud sanasi 1985-yil 8-iyul (1985-07-08) (41 yosh)
Tavallud joyi Toshkent, O‘zbekiston SSR, SSSR
Boʻyi 1.82 m (6 ft 0 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004—2007 Lokomotiv Toshkent 19 (2)
2008—2011 Bunyodkor 143 (8)
2011—2017 Al Shabab 123 (13)
2017—2018 Ajman 19 (0)
2018 Bunyodkor 12 (3)
2019 Lokomotiv Toshkent 7 (0)
Total 323 (26)
Milliy terma jamoa
2007—2018 Oʻzbekiston 86 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Azizbek Saidrahimovich Haydarov (1985-yilning 8-iyulida tugʻilgan) – Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi va Bunyodkor jamoasining sobiq yarim himoyachisi.

Futbolchilik faoliyati

Futbolchi faoliyatida birinchi klub jamoasi — Lokomotiv Toshkent. Ushbu jamoada Azizbek Haydarov 2005-2007-yillarda oʻynab kelgan.

Klub

Professional faoliyatini 2004-yilda Toshkentning „Lokomotiv“ klubida boshlagan. 2007—2011-yillar va 2018-yilda Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasida oʻynagan. 2011-yilning 26-iyulida BAAning Al-Shabab klubi bilan shartnoma imzoladi va 2017-yilgi mavsumgacha BAA jamoasida oʻynagan. 2017—2018-yillarda BAAning boshqa bir jamoasi „Ajman“ klubida toʻp surgan.

2019-yilgi mavsumda Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi va yarim mavsumdan soʻng futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Xalqaro faoliyati

U Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasida oʻynagan va uning sardori boʻlgan.

U 2007-yilda Oʻzbekiston terma jamoasida debyut qilgan. U Osiyo Kubogining uchta final turnirida qatnashgan – 2007-yilda (uchta oʻyinda ishtirok etgan), 2011-yilda (oʻz jamoasining barcha oltita oʻyinida maydonga tushib, yarim finalchiga aylangan) va 2015-yilda (toʻrtta oʻyinda ham ishtirok etgan).

Haydarov 2007-yildan buyon futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 67 ta oʻyinda maydonga tushdi (2015-yil 31-mart holatiga koʻra), shu jumladan, 2010-yyilgi futbol boʻyicha Jahon chempionati saralash bosqichidagi 6 ta oʻyinda.

U 2007-yilda Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi sardori boʻlgan. Haydarov Oʻzbekiston terma jamoasi safida 2011-yilgi Osiyo kubogi guruh bosqichida Quvaytga qarshi oʻyinda gol urgan. Gol baʼzan Maksim Shatskix hisobiga yoziladi, uning jarima zarbasini Haydarov 2:1 hisobida gʻalaba qozonish uchun Quvayt darvozasiga yoʻlladi.

Futboldan keyingi faoliyati

2019-yildan 2021-yilgacha OʻFA terma jamoalar markazi boshligʻi sifatida faoliyat olib bordi. 2022-yilgi mavsumda „Bunyodkor“ klubi akademiyasi bosh direktori sifatida tayinlandi.

Terma jamoa uchun gollar

Xalqaro gollar

Olingan ballar va natijalar birinchi navbatda Oʻzbekistonning gollari roʻyxatini koʻrsatadi.
Sana Stadion Raqib Hisob Natija Musoboqa
1 17-noyabr 2015 Grand Hamad Stadium, Doha, Qatar  Yaman 1-0 3-1 2018 FIFA World Cup qualification

Yutuqlar

  • Oʻzbekiston chempioni (3): 2008, 2009, 2010
  • Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2007
  • Oʻzbekiston kubogi sohibi : 2008, 2010
  • Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2007, 2009
Yuqori