![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Igor Vladimirovich Sergeyev | ||
| Tavallud sanasi | 1993-yil 30-aprel | ||
| Tavallud joyi | Toshkent, Oʻzbekiston | ||
| Boʻyi | 187 cm (6 ft 1 1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
| Vazni | 76 kg | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Paxtakor | ||
| Raqami | 11 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2008—2011 | Paxtakor (oʻrinbosarlar) | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2011—2018 | Paxtakor | 122 | (61) |
| 2016 | → Beijing Guoan F.C. | 14 | (1) |
| 2018 | Al Dhafra FC | 10 | (1) |
| 2018—2021 | Paxtakor | 49 | (34) |
| 2021 | Aktobe | 18 | (7) |
| 2021—2023 | Tobol | 45 | (17) |
| 2023—2024 | BG Pathum United F.C. | 15 | (5) |
| 2025— | Paxtakor | 29 | (20) |
| Milliy terma jamoa‡ | |||
| 2011 | Oʻzbekiston U-18 | 4 | (1) |
| 2012 | Oʻzbekiston U-19 | 14 | (9) |
| 2013 | Oʻzbekiston U-20 | 5 | (2) |
| 2014—2016 | Oʻzbekiston U-23 | 7 | (3) |
| 2013— | Oʻzbekiston | 81 | (24) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2025-yil 18-noyabr uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2025-yil 1-dekabr uchun) | |||
Igor Sergeyev (ruscha: Сергеев, Игорь Владимирович; 1993-yil 30-aprelda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, „Paxtakor“ klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Futbolchilik faoliyati
Paxtakor
Igorning Paxtakor tarkibidagi dastlabki debyut oʻyni 2011-yil 5-mart kuni Qizilqum klubiga qarshi boʻlib oʻtadi. Bunda u oʻyinning 90-daqiqasida Temurxoʻja Abduxoliqovning oʻrniga zaxiradan maydonga tushadi. Sergeyev faoliyati davomida Paxtakor tarkibida 52 ta oʻyinga tushib 15 marta raqib darvozasini ishgʻol qilgan. 2018-yilning 6-iyul kuni Sergeyev Toshkentning „Paxtakor“ klubiga qaytdi
Beyjing Guoan
2016-yilning 6-iyulida Sergeyev „Beyjing Guoan“ klubiga ijaraga berildi va terma jamoadoshi Egor Krimets bilan bir klubga oʻtdi. 16-oktyabr kuni u 2016-yilgi mavsumdagi ilk golini „Beijing Guoan“ va „Changchun Yatay“ uchrashuvida urdi.
Aktobe
2021-yilning 18-fevralida „Aktobe“ klubi Sergeyev bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi.
Tobol
2021-yilning 19-iyulida Sergeyev „Tobol“ bilan shartnoma imzolash uchun „Aktobe“ni tark etdi. 2023-yil 8-iyun kuni Qozogʻiston jamoasidagi ikki yillik faoliyatidan soʻng Sergeyev oʻzaro kelishuvga koʻra „Tobol“ni tark etdi.
BG Pathum United F. C.
2023-yil 13-iyunda BG Pathum Yunayted Sergeyev bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. 2023-yil 22-avgustda Tailand jamoasidagi uchinchi uchrashuvida, AFC Osiyo chempionlar ligasi saralash bosqichida „Shanghai Port F. C.“ klubiga qarshi oʻyinda oʻzining jamoadagi dastlabki gollarini urdi. Uchrashuv yakunida Taliand jamoasi safardagi uchrashuvda 2-3 hisobida gʻalaba qozondi va Igor Osiyo chempionlar ligasida ilk bor bir oʻyinda uchta gol muallifi boʻldi.
Milliy terma jamoa
Sergeev Oʻzbekiston uchun 20 yoshgacha boʻlganlar darajasida oʻzini oddiy futbolchi sifatida koʻrsatgan edi. 2012-yilgi U-19 Osiyo chempionatidan soʻng Sergeyev 7 ta gol bilan turnirning eng yaxshi toʻpurari boʻldi, chunki u Oʻzbekiston U20 terma jamoasini yarim finalga olib chiqdi va final uchun baxsda Janubiy Koreya U20 terma jamoasiga 3:1 hisobida magʻlub boʻldi.
U 2013-yil 10-sentabrda Oʻzbekistonning asosiy terma jamoasi safida debyutini 2014-yilning JCh saralash bosqichi doirasida Iordaniya terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan. U Oʻzbekiston terma jamoasining 2015-yilda Avstraliyada boʻlib oʻtadigan Osiyo Kubogi uchun qaydnomasiga kiritildi. Sergeyev uchta oʻyin oʻtkazdi va „B“ guruhidagi dastlabki oʻyinda KXDRga qarshi oʻyinda Oʻzbekistonga 1:0 hisobida gʻalaba keltirgan golga mualliflik qildi.
Yosh hujumchi „Paxtakor“ni ichki chempionatda 11-marta chempionligini qoʻlga kiritish yoʻlida davom etishi uchun 40 ta gol urdi. U saralash bosqichida ham xuddi shunday ajoyib oʻyin koʻrsatdi va hozirgacha uchta gol urdi. U 2015-yilning iyun oyida Shimoliy Koreya darvozasiga gol urgan. Keyin esa Filippinga qarshi oʻyinda oʻzining haqiqiy kuchini koʻrsatib, 2 ta gol urib, Oʻzbekistonning 5:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangandi. „Paxtakor“ning yosh hujumchisi oʻyin tugashiga besh daqiqa qolganida dublni amalga oshirib, hisobning yirik koʻrinish olishini taʼminladi.
Futbol boʻyicha 2026-yilgi jahon chempionati uchun Oʻzbekiston terma jamoasi qaydnomasidan oʻrin olgan.
Faoliyat statistikasi
Klub
- 2022-yil 6-mart oʻtkazilgan oʻyin holatiga koʻra
| Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Liga kubogi | Xalqaro | Boshqa | Umumiy | |||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
| Paxtakor Toshkent | 2011 | Oʻzbekiston Superligasi | 2 | 0 | 0 | 0 | — | 1 | 0 | — | 3 | 0 | ||
| 2012 | 5 | 0 | 1 | 0 | — | 0 | 0 | — | 6 | 0 | ||||
| 2013 | 20 | 4 | 2 | 0 | — | 6 | 0 | — | 28 | 4 | ||||
| 2014 | 25 | 11 | 5 | 2 | — | — | — | 30 | 13 | |||||
| 2015 | 30 | 22 | 4 | 1 | — | 6 | 3 | 1 | 0 | 41 | 26 | |||
| 2016 | 15 | 11 | 2 | 2 | — | 6 | 5 | 1 | 0 | 24 | 18 | |||
| 2017 | 25 | 13 | 2 | 0 | — | — | — | 27 | 13 | |||||
| Umumiy | 122 | 61 | 16 | 5 | – | – | 19 | 8 | 2 | 0 | 159 | 74 | ||
| Beijing Guoan (ijara) | 2016 | Xitoy Superligasi | 14 | 1 | 2 | 0 | — | — | — | 16 | 1 | |||
| Al Dhafra | 2017-18 | BAA Pro ligasi | 10 | 1 | 0 | 0 | — | — | — | 10 | 1 | |||
| Umumiy | 24 | 2 | 2 | 0 | — | — | — | 26 | 2 | |||||
| Paxtakor Toshkent | 2018 | Oʻzbekiston Superligasi | 11 | 4 | 3 | 1 | — | 0 | 0 | — | 14 | 5 | ||
| 2019 | 23 | 18 | 3 | 2 | 2 | 2 | 7 | 2 | — | 35 | 24 | |||
| 2020 | 24 | 16 | 3 | 4 | — | 8 | 2 | — | 35 | 22 | ||||
| Umumiy | 58 | 38 | 9 | 7 | 2 | 2 | 15 | 4 | 0 | 0 | 84 | 51 | ||
| Aktobe | 2021 | Qozog‘iston Premyer-ligasi | 18 | 7 | 2 | 0 | — | - | — | 20 | 7 | |||
| Tobol | 2021 | 7 | 4 | 7 | 4 | — | 4 | 2 | 0 | 0 | 18 | 10 | ||
| 2022 | 26 | 9 | 2 | 2 | — | 4 | 1 | 1 | 0 | 33 | 12 | |||
| 2023 | 12 | 4 | 3 | 1 | — | 0 | 0 | — | 15 | 5 | ||||
| Umumiy | 63 | 24 | 14 | 7 | — | 8 | 3 | 1 | 0 | 86 | 35 | |||
| BG Pathum United | 2023 | Tailand ligasi | 15 | 5 | 2 | 0 | 7 | 4 | — | 24 | 9 | |||
| 2024 | — | — | — | — | — | — | ||||||||
| Umumiy | 15 | 5 | 2 | 0 | — | 7 | 6 | — | 24 | 9 | ||||
| Paxtakor Toshkent | 2025 | Oʻzbekiston Superligasi | 29 | 20 | 6 | 5 | — | 3 | 0 | — | 38 | 25 | ||
| Umumiy | 29 | 20 | 6 | 5 | — | 3 | 0 | 38 | 25 | |||||
| Umumiy faoliyat | 311 | 150 | 49 | 24 | 2 | 2 | 52 | 21 | 3 | 0 | 417 | 197 | ||
Xalqaro
| Oʻzbekiston terma jamoasi | ||
|---|---|---|
| Yil | Oʻyin | Gol |
| 2013 | 4 | 2 |
| 2014 | 10 | 2 |
| 2015 | 10 | 5 |
| 2016 | 11 | 1 |
| 2017 | 8 | 1 |
| 2018 | 1 | 0 |
| 2019 | 7 | 3 |
| 2020 | 3 | 2 |
| 2021 | 5 | 0 |
| 2022 | 8 | 2 |
| 2023 | 4 | 1 |
| 2024 | 3 | 1 |
| 2025 | 7 | 4 |
| Umumiy | 81 | 24 |
2025-yil 18-noyabrda oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika.
Xalqaro gollar
- Gol va natijalar roʻyxatida birinchi boʻlib Oʻzbekistonning gollari qayd etilgan.
| № | Sana | Stadion | Raqib | Hisob | Natija | Musoboqa |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1. | 2013-yil 15-oktyabr | Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston | 3-1 | 3-1 | Futbol boʻyicha 2015-yilgi Osiyo kubogiga saralash | |
| 2. | 2013-yil 15-noyabr | Mỹ Đình milliy stadioni, Xanoy, Vyetnam | 2-0 | 3-0 | ||
| 3. | 2014-yil 5-mart | Bunyodkor stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston | 1-1 | 1-1 | ||
| 4. | 2014-yil 4-sentyabr | Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston | 1-0 | 2-0 | Oʻrtoqlik uchrashuvi | |
| 5. | 2015-yil 10-yanvar | Avstraliya stadioni, Sidney, Avstraliya | 1-0 | 1-0 | AFC Osiyo kubogi 2015 | |
| 6. | 2015-yil 8-sentyabr | Filippin sport stadioni, Bocaue, Filippin | 3-0 | 5-1 | FIFA Jahon chempionati 2018 saralash bosqichi | |
| 7. | 4-0 | |||||
| 8. | 2015-yil 8-oktyabr | Bahrayn milliy stadioni, Riffa, Bahrayn | 2-0 | 4-0 | ||
| 9. | 2015-yil 12-noyabr | Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston | 1-1 | 3-1 | ||
| 10. | 2015-yil 10-Noyabr | 1-0 | 1-0 | Oʻrtoqlik uchrashuvi | ||
| 11. | 2019-yil 7-iyun | Bunyodkor stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston | 3-0 | 4-0 | ||
| 12. | 2019-yil 10-oktyabr | Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston | 5-0 | 5-0 | FIFA Jahon chempionati 2022 saralash bosqichi | |
| 13. | 2019-yil 9-noyabr | 1-0 | 3-1 | Oʻrtoqlik uchrashuvi | ||
| 14. | 2020-yil 12-oktyabr | Rashid stadioni, Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari | 1-0 | 2-1 | ||
| 15. | 2-0 | |||||
| 16. | 2022-yil 25-mart | Markaziy Stadioni, Namangan, Oʻzbekiston | 2-1 | 3-1 | Navroʻz kubogi | |
| 17. | 3-1 | |||||
| 18. | 2023-yil 21-noyabr | Bunyodkor stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston | 2-2 | 2-2 | FIFA Jahon chempionati 2026 saralash bosqichi |
Yutuqlari
Terma jamoa
- Oʻzbekiston
- MOFA millatlar kubogi sohibi: 2025
Klub
- Paxtakor Toshkent
- Oʻzbekiston Oliy ligasi chempioni (5): 2012, 2014, 2015, 2019, 2020
- Oʻzbekiston Oliy ligasi ikkinchi oʻrin: 2011
- Oʻzbekiston Kubogi sohibi (4): 2011, 2019, 2020, 2025
- Oʻzbekiston Liga kubogi sohibi: 2019
- Tobol
- Qozog‘iston Premyer-ligasi chempioni (1): 2021
- BG Pathum United
- Tailand liga kubogi sohi: 2023/24
Milliy terma jamoa
- AFC U-19 Osiyo chempionati 2012: Yarim finalchi
Shaxsiy
- Yoshlar oʻrtasida Osiyo kubogining eng yaxshi toʻpurari: 2012
- Oʻzbekiston Superligasi toʻpurari: 2015 (24 ta gol), 2025 (20 ta gol)
- MOFA millatlar kubogi eng yaxshi toʻpurari: 2025
- Oʻzbekiston kubogi eng yaxshi toʻpurari: 2025
- Oʻzbekiston Superligasi ramziy terma jamoasi aʼzosi: 2025
- Gennadiy Krasnitskiy klubi aʼzosi
Mukofotlari
2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
- 30-aprelda tugʻilganlar
- 1993-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- „Oʻzbekiston iftixori“ unvoni bilan taqdirlanganlar
- Yashayotgan insonlar
- Toshkentlik futbolchilar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Futbol assotsiatsiyasi hujumchilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Beijing Guoan F.C. futbolchilari
- Al Dhafra FC futbolchilari
- Aktobe futbolchilari
- FC Tobol jamoasi futbolchilari
- BG Pathum United F.C. futbolchilari
- Persepolis F.C. futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Eron Pro ligasi futbolchilari
- Xitoy Superligasi futbolchilari
- Tailand 1 ligasi futbolchilari
- Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari
- Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari
- Tailanddagi muhojir erkak futbolchilar
- Xitoydagi muhojir erkak futbolchilar
- Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar
- Erondagi muhojir erkak futbolchilar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari
- Oʻzbekiston 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari
- Osiyo Kubogi 2015 futbolchilari
- Osiyo Kubogi 2023 futbolchilari
- FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari
- Oʻzbekistonning eng yaxshi toʻpurarlari
