Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Abdulla Qahramonjon oʻgʻli Abdullayev (1997-yil 1-sentyabr Qoʻrgʻontepada tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbolchi, Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi va Tosh

Abdulla Abdullayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abdulla Abdullayev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Abdulla Qahramonjon oʻgʻli Abdullayev
Tavallud sanasi 1997-yil 1-sentyabr (1997-09-01) (28 yosh)
Tavallud joyi QoʻrgʻontepaOʻzbekiston
Boʻyi 181 cm (5 ft 11 12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Dibba SCC
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2012—2017 Bunyodkor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016 Sementchi 12 (0)
2017—2022 Bunyodkor 82 (2)
2022—2023 OKMK 43 (2)
2023—2024 Khor Fakkan 21 (0)
2024—2025 Paxtakor 25 (1)
2025— Dibba SCC 1 (0)
Milliy terma jamoa
2018—2019 Oʻzbekiston U-23 17 (1)
2021— Oʻzbekiston 26 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2025-yil 2-avgust uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2024-yil 2-avgust uchun)

Abdulla Qahramonjon oʻgʻli Abdullayev (1997-yil 1-sentyabr Qoʻrgʻontepada tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbolchi, Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi va Toshkentning Paxtakor klubi futbolchisi. Yarim himoyachi pozitsiyasida toʻp tepadi.

Futbolchilik faoliyati

Abdulla Abdullayev futbolchilik faoliyatini Bunyodkor klubining yoshlar tizimidan boshlagan. Professional jamoalardagi debyutini 2015-yilda „Bunyodkor-2“ jamoasida oʻtkazgan. Oʻzbekiston Superligasidagi ilk debutini Toshkentning Bunyodkor klubi safida 2017-yilda oʻtkazgan. Bunyodkor klubi safida 5 yil davomida toʻp surdi va 2019-yilda „qaldirgʻochlar“ bilan birgalikda Oʻzbekiston Superligasi bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2022-yilgi mavsum oldidan „AGMK“ klubiga oʻtdi. Olmaliq jamoasi tarkibida 2 mavsum davomida oʻynadi. Bu davr muobaynida Abdullar AFC Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etdi va jamoasi bilan birgalikda 2023-yilgi Oʻzbekiston Kubogi finaliga qadar yetib borgan.

2023-yil 8-sentyabrda BAAning Khor Fakkan klubi bilan shartnoma imzoladi. 2024-yil yozgi transfer oynasida BAA jamoasini tark etdi va Oʻzbekistonga qaytdi. 2024-yil 15-iyulda Paxtakor klubi bilan bir yarim yillik shartnoma imzolagani eʼlon qilindi.

Terma jamoadagi faoliyati

Abdulla Oʻzbekiston yoshlar terma jamoalarining bir qator yosh toifalarida oʻynagan. Kattalar safidagi ilk debyutini 2021-yilda Srečko Katanec murabbiyligi ostida Shvetsiya terma jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi.

Futbol boʻyicha 2026-yilgi jahon chempionati uchun Oʻzbekiston terma jamoasi qaydnomasidan oʻrin olgan.

Mukofotlari

2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Yuqori