| Sevinch Moʻminova | |
|---|---|
Sevinch Moʻminova | |
![]() | |
| Tavalludi | 1982-yil 30-iyun Oltiariq, Fargʻona, Oʻzbekiston |
| Kasbi | Qoʻshiqchi, aktrisa, rejissor |
| Janr | Pop |
| Faoliyat yillari | 1998 — bugun |
| Mukofotlari | |
Sevinch Moʻminova Tolibovna (30-iyun, 1982-yil) — oʻzbek qoʻshiqchisi va aktrisasi. Sevinch oʻzbek va ozarbayjon tillarida qoʻshiq kuylaydi. Sevinch Moʻminova bir nechta oʻzbek filmlarida rol oʻynagan.
Hayoti
Sevinch Moʻminova 1982-yil 30-iyunda Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida sanʼatkorlar oilasida dunyoga kelgan. 5-6 yoshidanoq Sevinch qoʻshiq kuylab hammani lol qoldirardi. Maktabni tugatgandan soʻng xonanda poytaxtimizdagi Mannon Uygʻur nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat institutining rejissura fakultetini tamomladi. Onasi Ozarbayjonlik.
Shaxsiy hayoti
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangan. U 2010-yili Sharof Muqimov bilan turmush qurdi. Leyla ismli qizi bor. Juftlik ajrashgan.
Sharof Muqimov uylangan, bir o‘g‘li bor.
Eng mashhur qo‘shiqlari
Quyida Sevinch Mo‘minovaning eng mashhur qo‘shiqlaridan ba'zilari keltirilgan:
- "Ko‘ylagim"
- "Va’da berma"
- "Olib ket"
- "Yolg‘onchi yor"
- "Bolajonim"
- "Oshiqam"
- "Baxtim"
- "Qo‘rqma qalbim"
- "Zolim"
- "Ne bo‘ldi"
Ijodi
Musiqasi
Sevinch Muqimova "Toʻlin oy" deb nomlangan ilk qoʻshigʻini "Navroʻz" bayramida kuylaydi. Xonanda ijod davomida 6 ta albom yaratdi. Bular: "Toʻlin oy", "Sogʻindim", "Yuragim nolasi", "Yagonam", "Olib ket", "Sevasan meni" albomlaridir. Sevinch tez orada nafaqat Oʻzbekiston xududida, balki AQSh, Rossiya, Turkiya, Turkmaniston, Ozarbayjon, Afgʻoniston, Qirgʻiziston davlatlarida ham mashhurlikni qoʻlga kiritdi.
Diskografiyasi
Kliplari
| Yil | Qoʻshiq | Rejissor |
|---|---|---|
| „Yolgʻonchi yor“ | ||
| „Toʻlin oy“ | ||
| „Sogʻindim“ | ||
| „Sevasan meni“ | ||
| „Yuragim nolasi“ | ||
| 2005 | „Tango“ | |
| 2005 | „Hayot“ | |
| 2006 | „Olib ket“ | |
| 2006 | „Yagonam“ | |
| 2006 | „Sevib yashayman“ | |
| 2010 | „Bu hayot“ (Sharof Muqimov bilan) | After-Media |
| 2015 | „Koʻylagim“ | |
| 2015 | „Taqdir“ | |
| 2015 | „Ishongin“ (Sharof Muqimov bilan) | |
| 2016 | „Doʻqi-doʻqi“ | |
| 2016 | „Kölgəm qədər“ | |
| 2017 | „Dil gavhari“ | Ikrom Ali |
| „Sensiz“ (Vohid Isohov bilan) | ||
| 2020 | „Ne boʻldi“ | |
Filmografiyasi
Aktrisa
| Yil | Film | Rol | Izoh | Rejissor |
|---|---|---|---|---|
| 2002 | Dilxiroj | Sanam | ||
| 2005 | Baxt uchun million! (Sarvinoz 2) | Sarvinoz | Bahrom Yoqubov | |
| 2006 | Sunami | Sevinch | ||
| 2015 | Baxt ortidagi dard | Shuhrat Mavlonov |
| Yil | Serial nomi | Rol | Izoh |
|---|---|---|---|
| 2009 | Qish ertagi | Muqaddas | |
| Yil | Qoʻshiq nomi | Artist |
|---|---|---|
| ? | „Seni bugun koʻrmasam boʻlmas“ | Oxunjon Madaliyev |
| 2011 | „O Layli“ | Sharof Muqimov |
- 30-iyunda tugʻilganlar
- 1982-yilda tugʻilganlar
- Oltiariqda tugʻilganlar
- Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohiblari
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekistonlik ayol qoʻshiqchilar
- Oʻzbekistonlik aktrisalar
- Qoʻshiqchilar
- Oʻzbekistonlik qoʻshiqchilar
- Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar
