Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Husniddin Roʻzi oʻgʻli Aliqulov (1999-yil 4-aprelda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tugʻilgan) – oʻzbek futbolchisi, „Çaykur Rizespor“ klubi va Oʻzbekiston

Husniddin Aliqulov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Husniddin Aliqulov 
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Husniddin Roʻzi oʻgʻli Aliqulov
Tavallud sanasi 1999-yil 4-aprel (1999-04-04) (27 yosh)
Tavallud joyi Oʻzbekiston KitobOʻzbekiston
Boʻyi 186 cm (6 ft 1 in)
Ampluasi Himoyachi
Vazni 74 kg (163 lb)
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Turkiya Çaykur Rizespor
Raqami 5
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Oʻzbekiston Mashʼal
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016—2017 Oʻzbekiston Mash’al-2 25 (2)
2017 Oʻzbekiston Mashʼal 12 (1)
2019—2023 Oʻzbekiston Nasaf 88 (10)
2023— Turkiya Çaykur Rizespor 31 (3)
Milliy terma jamoa
2018—2021 Oʻzbekiston Oʻzbekiston U-23 15 (0)
2024 Oʻzbekiston Oʻzbekiston (Olimpiya) 3 (0)
2020— Oʻzbekiston Oʻzbekiston 27 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2024-yil 13-noyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2024-yil 19-noyabr uchun)

Husniddin Roʻzi oʻgʻli Aliqulov (1999-yil 4-aprelda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tugʻilgan) – oʻzbek futbolchisi, „Çaykur Rizespor“ klubi va Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi himoyachisi.

Faoliyati

Ilk yillari

Husniddin Aliqulov – „Mashʼal“ futbol akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. Akademiyada 2012-yildan 2018-yilgacha tahsil olgandan soʻng, 2018-yildan Husniddin Aliqulov „Mashʼal“ klubi oʻrinbosarlar tarkibida harakat qilgan.

Nasaf safida

2019-yilda Husniddin Aliqulovning muvaffaqiyatli oʻyinlaridan soʻng, Nasaf jamoasi bosh murabbiyi Roʻziqul Berdiyev uni oʻzining jamoasiga jalb etdi. Husniddin Aliqulov Nasaf safida Oʻzbekiston superligasida birinchi mavsumida 8 ta oʻyin oʻtkazadi va umumiy hisobda 478 daqiqa maydonda harakat qildi.

2019—2020-yilgi mavsumda Husniddin Aliqulov „Nasaf“ safida Oʻzbekiston superligasida 8 ta oʻyinda maydonga tushgan va umumiy hisobda 478 daqiqa maydonda harakat qildi.

2020—2021-yilgi mavsumda Husniddin Aliqulov „Nasaf“ safida Oʻzbekiston superligasida 23 ta oʻyinda maydonga tushgan va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Umumiy hisobda 1.844 daqiqa maydonda harakat qildi.

2021—2022-yilgi mavsumda Husniddin Aliqulov „Nasaf“ safida Oʻzbekiston superligasida 20 ta oʻyinda maydonga tushgan va 3 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Umumiy hisobda 1 579 daqiqa maydonda harakat qildi.

2022-yilgi mavsumda Husniddin Aliqulov „Nasaf“ safida Oʻzbekiston Superligasida 15 ta oʻyinda maydonga tushgan hamda 1 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Umumiy hisobda 1 279 daqiqa maydonda harakat qildi. 2022-yil Husniddin Aliqulov Osiyo Chempionlar ligasida Nasaf safida 6 ta oʻyinda maydonga tushdi va umumiy hisobda 540 daqiqa maydonda harakat qildi. Guruh bosqichi yakunlanganidan soʻng, Husniddin Aliqulov Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining eng yaxshi 8 nafar himoyachisi qatoridan oʻrin oldi.

Çaykur Rizespor

2023-yil 5-avgust Turkiyaning Superligasining „Çaykur Rizespor“ jamoasi bilan 3+1 shartnoma imzoladi. Turkiya jamoasi Aliqulovni Qarshining „Nasaf“ jamoasidan 400 ming yevroga sotib oldi va Husniddin Qarshi jamoasi bilan Instagram orqali xayrlashuv maktubini yoʻlladi.

Terma jamoadagi faoliyati

2023-yil AFC Osiyo kubogi 2023 yakuniy terkibga kiritilgan edi. Ammo 2024-yil 7-yanvarda Falastin terma jamoasiga qarshi oʻyinda olgan jarohati sababli ishtirok eta olmasligi maʼlum boʻldi.

Mukofotlari

2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Faoliyatidagi statistikasi

Klub safidagi statistikasi

O'yin 2024-yil 26-may kuni boʻlib oʻtgan (UTC).
KLub Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro Boshqa Jami
DivizionO'yinlarGollarO'yinlarGollarO'yinlarGollarO'yinlarGollarO'yinlarGollar
Mashʼal Mubarek 2018 Oʻzbekiston Pro ligasi 1211010141
Nasaf 2019 Oʻzbekiston Superligasi 903010130
2020 23030260
2021 203416210316
2022 242428010374
2023 12520145
Çaykur Rizespor 2023–24 Turkiya Superligasi 21010220
2024–25 33 3 2 0 35 3
2025–26 7 0 4 0 11 0
Umumiy faoliyat 121111831424015719
  1. Appearance(s) in Uzbekistan League Cup
  2. Appearance(s) in AFC Cup
  3. Appearance(s) in Uzbekistan Super Cup
  4. Appearance(s) in Asian Champions League

2024-yil 10-sentyabrda oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika

Husniddin Aliqulov tomonidan kiritilgan xalqaro gollar ro'yxati
Sana Joy O'yin Raqib Hisob Natija Musoboqa
12023-yil 13-oktyabrDalian Pro Academy Base Stadium, Dalian, Xitoy15 Vyetnam2–02–0Oʻrtoqlik uchrashuvi
22024-yil 6-iyunBunyodkor stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston21 Turkmaniston1–03–12026-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi - AFC ikkinchi bosqich
32024-yil 10-sentyabrDolen Omurzakov stadioni, Bishkek, Qirgʻiziston24 Qirgʻiziston2–23–22026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi - AFC uchinchi bosqich
Yuqori