- Vikipediyada ismi Botir va familiyasi Ergashev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Botirali Haydarali oʻgʻli Ergashev | ||
| Tavallud sanasi | 1995-yil 23-iyun | ||
| Tavallud joyi | Namangan, Oʻzbekiston | ||
| Boʻyi | 1.87 m (6 ft 1 1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Darvozabon | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Neftchi | ||
| Raqami | 1 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2009—2016 | Paxtakor Toshkent | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2016—2018 | Paxtakor Toshkent | 2 | (0) |
| 2018—2019 | Navbahor Namangan | 14 | (0) |
| 2019 | Dinamo Samarqand | 22 | (0) |
| 2020 | Qoʻqon 1912 | 14 | (0) |
| 2021—2023 | OKMK | 45 | (0) |
| 2024— | Neftchi | 53 | (0) |
| Milliy terma jamoa‡ | |||
| 2018 | Oʻzbekiston U23 | 10 | (0) |
| 2019— | Oʻzbekiston | 4 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2026-yil 29-aprel uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2025-yil 22-noyabr uchun) | |||
Botirali Haydarali oʻgʻli Ergashev (1995-yil 23-iyunda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbolchi, „Neftchi“ va futbol boʻyicha Oʻzbekiston yoshlar milliy terma jamoasida oʻynaydi.
Futbolchilik faoliyati
Toshkentning „Paxtakor“ yoshlar jamoasida oʻynagan. U 20 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi safida oltita oʻyinda maydonga tushgan boʻlsa, hozirgacha Oʻzbekiston 23 yoshgacha boʻlgan yoshlar (Olimpiya) terma jamoasida 11ta oʻyin oʻtkazgan. 2018-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati gʻolibi. 2018-yilning mart oyida u Senegal va Marokash terma jamoalariga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlarida ishtirok etish uchun Oʻzbekiston terma jamoasiga chaqirilgan. 2021-yiilgi mavsum oldian Olmaliqning „AGMK“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 2024-yil yanvar oyida Fargʻonaning „Neftchi“ klubi bilan shartnoma imzolagan.
Xalqaro martaba
Ergashev 2019-yil 19-may kuni Eronga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (1:0) Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida debyut qilgan edi.
Futbol boʻyicha 2026-yilgi jahon chempionati uchun Oʻzbekiston terma jamoasi qaydnomasidan oʻrin olgan.
Yutuqlar
Terma jamoa
- Oʻzbekiston
- MOFA Millatlar Kubogi chempioni: 2025
- Oʻzbekiston U23
- AFC U-23 Osiyo kubogi chempioni: 2018
Klub
- Neftchi
- Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2025
- Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2026
- OKMK
- Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2023
Mukofotlari
2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
- 23-iyunda tugʻilganlar
- 1995-yilda tugʻilganlar
- Namanganda tugʻilganlar
- „Oʻzbekiston iftixori“ unvoni bilan taqdirlanganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol darvozabonlari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Navbahor futbolchilari
- Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari
- Dinamo Samarqand futbolchilari
- AGMK futbolchilari
- Neftchi (Fargʻona) futbolchilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari
- Osiyo oʻyinlari 2018 futbolchilari
- Osiyo Kubogi 2023 futbolchilari
- FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari
- Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari
