![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Ruslanbek Muzaffar oʻgʻli Jiyanov | ||
| Tavallud sanasi | 2001-yil 5-iyun | ||
| Tavallud joyi | Jizzax Oʻzbekiston | ||
| Boʻyi | 1,70 sm | ||
| Ampluasi | Qanot vingeri | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Navbahor | ||
| Raqami | 7 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2018—2020 | Paxtakor | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2020—2021 | Paxtakor | - | (-) |
| 2021—2022 | Olimpik | 42 | (7) |
| 2023— | Pari NN | 0 | (0) |
| 2023 | → Olimpik | 11 | (2) |
| 2024—2025 | → Navbahor | 54 | (9) |
| 2026— | Navbahor | 8 | (3) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2020—2024 | Oʻzbekiston U 23 | 16 | (2) |
| 2022— | Oʻzbekiston | 7 | (1) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2026-yil 22-aprel uchun) | |||
Ruslanbek Jiyanov (2001-yil 5-iyunda Jizzaxda tugʻilgan) — oʻzbek futbolchisi, „Navbahor“ klubi va Oʻzbekiston Olimpiya futbol terma jamoasi hujumchisi.
Futbolchilik faoliyati
Ruslanbek Toshkentning „Paxtakor“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblabnadi. 2020-yil mavsum soʻnggida yangi tashkil etilgan „Olimpik“ klubi tarkibiga qoʻshildi. Professional futboldagi debyutini Oʻzbekiston Pro ligasida 2021-yilda „Olimpik“ jamoasida oʻtkazgan. Jiyanov „Olimpik“ da 2 mavsum oʻtkazib, 42 ta oʻyinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan.
2023-yilda Rossiyaning „Pari NN“ klubining katta qiziqishiga sabab boʻldi va rus klubiga transferi amalga oshirildi. Yangi klubi bilan shartnomaga koʻra 2023-yil yozgi transfer oynasi vaqtigacha „Olimpik“ jamoasi safida toʻp suradigan boʻldi. 2023-yil 24-iyulda ijara shartnomasi yakunlangacha Jiyanov rus klubi tarkibiga uchib ketdi. Rus klubi tarkibida birorta ham oʻyinda maydonga tushmay, oʻyin amaliyotisiz qolgan Ruslan 2023-yil 31-dekabrda Namanganning „Navbahor“ jamoasiga bir yillik ijara asosida oʻtdi.
Milliy terma jamoa
Ruslanbek 2020-yildan buyon Oʻzbekiston U 23 terma jamoasi aʼzosi hisoblanadi. U 23 terma jamoasi bilan birgalikda Toshkent oʻtgan Osiyo Chempionati U 23 2022 musoboqasida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Kattalar safidagi, Oʻzbekiston terma jamoasidagi debyuti 2022-yil Rossiya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda boʻib oʻtdi.
Yutuqlari
- AFC U-23 Osiyo chempionati 2022: Ikkinchi oʻrin (1)
Mukofotlari
2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
- 5-iyunda tugʻilganlar
- 2001-yilda tugʻilganlar
- Jizzaxda tugʻilganlar
- „Oʻzbekiston iftixori“ unvoni bilan taqdirlanganlar
- Yashayotgan insonlar
- Toshkentlik futbolchilar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Olimpik jamoasi futbolchilari
- FC Pari Nizhny Novgorod futbolchilari
- Navbahor futbolchilari
- Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Futbol boʻyicha Osiyo oʻyinlari sovrindorlari
- Osiyo oʻyinlari 2022 futbolchilari
- 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar
- FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari
