Farruh Karimovich Sayfiyev (ruscha: Сайфиев, Фаррух Каримович1991-yili 17-yanvar, Samarqand) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi va Fargʻonaning „Neftchi“ klubi futbolchisi.
![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Farruh Karimovich Sayfiyev | ||
| Tavallud sanasi | 17-yanvar 1991-yil | ||
| Tavallud joyi | Samarqand Oʻzbekiston | ||
| Boʻyi | 183 m (600 ft 4 1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Himoyachi / Qanot yarim himoyachisi | ||
| Laqabi | Fara | ||
| Vazni | 75 kg | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Neftchi | ||
| Raqami | 34 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| …—2012 | Nasaf | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2012—2018 | Nasaf | 111 | (13) |
| 2018—2023 | Paxtakor | 140 | (11) |
| 2024 | Navbahor | 21 | (1) |
| 2025— | Neftchi | 18 | (1) |
| Milliy terma jamoa‡ | |||
| 2014— | Oʻzbekiston | 65 | (1) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2025-yil 18-noyabr uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2025-yil 22-noyabr uchun) | |||
Faoliyati
Farruh Sayfiyev professional futboldagi ilk faoliyatini 2012-yili Qarshining Nasaf klubida boshlagan. U ushbu klubdagi dastlabki birinchi mavsumida faqat bir marta maydonga tushdi. Keyingi mavsumda esa 16 ta oʻyinda maydonga tushib jamoasi sharafini himoya qilib, raqiblar darvozasini 2 marta ishgʻol qildi. 2014-yilgi mavsumda esa u jamoaning asosiy tarkibidan oʻrin oladigan boʻldi va 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta golga mualliflik qildi. Nasafdagi ushbu muvafaqqiyatlaridan keyin u terma jamoa murabbiyini eʼtiboriga tushgan. 2017-yilgi mavsumda eng yaxshi qanot himoyachilaridan biri sifatida eʼtirof etilgan.
2017-yil 27-dekabr „Paxtakor“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi va 2018-yildan Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi futbolchisig aylandi. „Paxtakor“ jamoasi tarkibida 6 mavsum davomida oʻynadi va 5 marta Oʻzbekiston Sperligasi chempioniga aylandi. Bu davrda „Paxtakor“ klubida 190 dan oshiq oʻyin oʻtkazdi va 11 ta gol muallifiga aylandi. 2022 va 2023-yilgi Oʻzbekiston Superligasi oʻyinalarida eng koʻp assist amalga oshirgan futbolchilardan biri boʻlgan.
2024-yil 30-yanvarda Namanganning „Navbahor“ jamosiga oʻtganligi eʼlon qilingan.
Terma jamoadagi faoliyati
U Oʻzbekiston olimpiya futbol terma jamoasi safida oʻynagan, misol uchun, 2014-yilgi Osiyo oʻyinlarida terma jamoa sharafini himoya qilgan.
Terma jamoadagi ilk debyut uchrashuvini 2014-yili 20-avgustda Ozarbayjon terma jamoasi bilan boʻlib oʻtgan oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan.
Terma jamoa murabbiyi Mirjalol Qosimov 2015-yilgi Osiyo kubogida qatnashgan milliy terma jamoa safiga uni ham qoʻshdi, ammo, u musobaqada Farruh Sayfiyev bironta ham oʻyinda maydonga tushmagan.
Milliy terma jamoadag statistikasi
- Gol va natijalar roʻyxatida birinchi boʻlib Oʻzbekistonning gollari qayd etilgan.
| № | Sana | Stadion | Raqib | Hisob | Natija | Musoboqa |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1. | 2022-yil 8-iyun | Markaziy Stadium, Namangan, Oʻzbekiston | Shri Lanka | 2–0 | 3–0 | 2023-yilgi Osiyo kubogi saralashi |
Yutuqlari
- Nasaf
- Oʻzbekiston chempionati 2-oʻrini: 2016, 2017
- Oʻzbekiston chempionati 3-oʻrini: 2013, 2014, 2015, 2016
- Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2015
- Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2012, 2013, 2016,
- Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2016
- Paxtakor
- Oʻzbekiston chempionati chempioni: (5) 2019, 2020, 2021, 2022, 2023
- Oʻzbekiston chempionati 2-oʻrini: 2018
- Oʻzbekiston Kubogi sohibi: (2) 2019, 2020
- Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2018, 2021
- Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: (2) 2021, 2022
- Oʻzbekiston Liga kubogi sohibi: 2019
- Navbahor
- Oʻzbekiston chempionati 3-oʻrini: 2024
- Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2024
- Neftchi
- Oʻzbekiston chempionati chempioni: 2025
- Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2026
Mukofotlari
2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
