Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Francesco „Ciccio“ Troise (1972-yil 5-fevralda tugʻilgan) – italiyalik futbol murabbiy va sobiq futbolchi. Francesco avvalroq Giuseppe Sannino va Fabio Cannavar

Ciccio Troise

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ciccio Troise
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Francesco Troise
Tavallud sanasi 1972-yil 5-fevral (1972-02-05) (54 yosh)
Tavallud joyi Neapol (shahar)
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Oʻzbekiston (yordamchi murabbiy)
Boshqargan klublari
Yillar Jamoalar
2013 Chievo Verona (yordamchi)
2013—2014 Watford (yordamchi)
2014 Catania (yordamchi)
2015—2016 Al-Nassr (yordamchi)
2016—2017 TJ Quanjian (yordamchi)
2017—2021 GZ Evergrande (yordamchi)
2019 Xitoy (yordamchi)
2022—2023 Benevento (yordamchi)
2024 Udinese (yordamchi)
2024—2025 Dinamo Zagreb (yordamchi)
2025— Oʻzbekiston (yordamchi)

Francesco „Ciccio“ Troise (1972-yil 5-fevralda tugʻilgan) – italiyalik futbol murabbiy va sobiq futbolchi. Francesco avvalroq Giuseppe Sannino va Fabio Cannavaro bilan ishlagan. Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Cannavaroga yordamchi murabbiylik qiladi.

Biografiyasi

Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, Troise Neapolda havaskor jamoalarga murabbiylik qila boshlagan. 2013-yilda „Kievo Verona“ jamoasida Juzeppe Sanninoning texnik yordamchisi sifatida ish boshladi. 2013-yil dekabrda Troise Angliya Chempionship turniridagi „Uotford“ jamoasida Sanninoga yordamchi murabbiy etib tayinlangan. Troise 2014-yil avgustda Sannino bilan birga klubni tark etgan. Shu yilning oʻzida Giuseppe Sannino bilan birgalikda „Kataniya“ jamoasi shartnoma imzolagan. Troise, Giuseppe bilan birgalikda Kataniya klubi murabbiylar shtabida uch davomida ishlagan.

2015-yilda Troise Fabio Cannavaro taklifi bilan „Guanchjou Evergrande“ jamoasida ishlash uchun Xitoyga yoʻl olgan. 2016-yilda Cannavaro bilan Saudiya Arabistonining „Al-Nasr“ klubida yana hamkorlikda ishlagan. Cannavaro „Tianjin Quanjian“ jamoasini boshqarish uchun Xitoyga qaytganida, Ciccio yordamchi murabbiy sifatida yana Cannavaro bilan yangi jamoaga oʻtgan. Xitoyda ular ikkinchi divizion gʻolibligini qoʻlga kiritib, jamoani yuqori ligaga koʻtarilishida hissa qoʻshishgan va keyingi mavsumda Xitoy Superligasida uchinchi oʻrinni egallab, Osiyo Chempionlar Ligasiga yoʻllanma olishgan.

2017-yilda Cannavaro Guanchjou Evergrande klubi bosh murabbiyi etib tayinlangandan soʻng, Ciccio ham Fabio bilan birgalikda yangi jamoa murabbiylar shtabida faoliyatini davom ettirgan. Cannavaro rahbarligida klub liga chempionligini qoʻlga kiritgan, ikki marta ikkinchi oʻrinni egallagan, shuningdek, Xitoy kubogini yutgan va Chempionlar ligasining yarim finaliga qadar yetib borgan. 2019-yilda Guanchjoudagi faoliyatlarining oʻrtalarida Cannavaro va Troise Xitoy milliy terma jamoasini ham boshqardilar. 2024-yil aprel oyida murabbiylar jamoasi Calcio Udinese klubiga tayinlangan va mavsum soʻngiga qadar faoliyat olib borishgan.

2025-yil 6-oktyabrda Oʻzbekiston terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan Fabio Cannavaroning murabbiylar shtabidan oʻrin olgan.

Yuqori