Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Watford (toʻliq nomi Watford futbol klubi inglizcha: Watford Football Club — inglizcha talaffuzi: /ˈwɒtfərd 'futbɔ:l klʌb/) — Angliyaning professional futbol kl

Watford F.C.

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Watford
Watford badge
Toʻliq nomi Watford Football Club
Laqabi
  • The Hornets
  • Yellow Army
  • The 'Orns
Asos solingan 1881 (144 yil avval) (1881)
Vicarage Road
Sigʻimi 22,200
Egasi Gino Pozzo
Raisi Scott Duxbury
Head coach Tom Cleverley
Liga Andoza:English football updater
Oʻrni Andoza:English football updater
Vebsayti Klub sayti
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi
Uchinchi libosi
Amaldagi mavsum

Watford (toʻliq nomi Watford futbol klubi inglizcha: Watford Football Club — inglizcha talaffuzi: /ˈwɒtfərd 'futbɔ:l klʌb/) — Angliyaning professional futbol klubi boʻlb, klub Sharqiy Angliyada joylashgan. U 1881-yilda „Watford Rovers“ sifatida tashkil etilgan.

Angliya futbol ligasi tizimidagi ikkinchi eng muhim divizion boʻlgan chempionatda oʻynaydi.

Klubning eng yuqori yutuqlari — 1982/83-yilgi mavsumda Angliya oliy divizionida 2-oʻrin va 1983/84 va 2018/2019-yilgi mavsumlarda Angliya kubogi finali qatnashchisi.

Watfordning uy maydoni 1922-yildan beri „Vicarage Road“ hisoblanadi.

Tarixi

„Watford Rovers“ga 1881-yil jamoada himoyachi sifatida oʻynagan Genri Groverand tomonidan asos solingan. Dastlab havaskor futbolchilardan tashkil topgan jamoaning o‘z stadioni bo‘lmagan va Watfordning turli joylarida o‘ynagan. Klub birinchi marta 1886/87-yilgi mavsumda Angliya kubogida ishtirok etgan va 1889-yilda jamoa Xertfordshir kubogidagi gʻalabani nishonlagan. Jamoa 1890-yilda „West Hertfordshire Athletic Club“ning futbol boʻlimiga aylanadi va „Cassio Road“ga koʻchib oʻtadi. Klub 1893-yilda „West Xertfordshir“ deb oʻzgartirildi. „Rovers“ 1896-yilda Janubiy ligaga qoʻshiladi va 1897-yildan boshlab oʻyinchilarga maosh toʻlashni boshlaydi va professional klubga aylanadi. „West Xertfordshir“ 1898-yilda mahalliy raqibi „Watford Sent-Meri“ bilan birlashdi, birlashgan jamoa „Watford“ nomi bilan mashhur boʻldi.

„Luton Town“ bilan qarama-qarshilik

„Watford“ muxlislarining asosiy raqibi qoʻshni Bedfordshirda joylashgan „Luton Town“ futbol klubidir. Jamoalar muntazam ravishda Janubiy ligada 1900-yildan 1920-yilgacha oʻynashgan va 1937-yilgacha, „Luton“ Janubiy uchinchi divizionga koʻtarilgunga qadar Futbol Ligasida davom etishgan. 1963 yilga qadar „Watford“ raqiblariga qaraganda quyi divizionda boʻlgan.

Libosi

Quyida 2011-yilgi Watford klubi liboslari keltirilgan.

Uyda

forma
forma
forma

Mehmonda

forma
forma
forma

Zaxirada

forma
forma
forma
Yuqori