Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Yuriy Vazgenivich Sarkisyan 1947-yil 30-may kuni Yerevan Armanistonda tugʻilgan. Millati arman. Oilali ikki nafar farzandi bor. 1968- yili oʻz futbolchilik faol

Yuriy Sarkisyan

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yuriy Sarkisyan
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Yuriy Vazgenivich Sarkisyan
Tavallud sanasi 1947-yil 30-may (1947-05-30) (79 yosh)
Tavallud joyi Vayk
Ampluasi Hujumchi
Mukofotlari Armaniston
Mehnat shuhrati ordeni
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1968—1969 Metallurg Olmaliq (14)
1970—1975 Avtomobilist Termiz (63)
1976—1977 Neftyanik (42)
1978 Shahrixanets (21)
1979—1982 Neftyanik 96 (75)
Boshqargan klublari
1986—2013 Neftchi
2000 Oʻzbekiston
2014- Bunyodkor
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Yuriy Vazgenivich Sarkisyan 1947-yil 30-may kuni Yerevan Armanistonda tugʻilgan. Millati arman. Oilali ikki nafar farzandi bor. 1968- yili oʻz futbolchilik faoliyatini boshlagan. Futboldagi murabbiylik faoliyatini 1983-yildan boshlagan.

Futbolchilik faoliyati

  • „Metallurg“ (Olmaliq) — 1968 −1969;
  • „Avtomobilist“ (Termiz) — 1970 −1974;
  • „Neftyanik“ (Fargʻona) — 1975-1982

Ampluasi: hujumchi

Futbolchilik faoliyati davomida 241ta gol urgan

Futbolchilik faoliyatini 1968-yilda Olmaliqning „Metallurg“ klubida boshlagan. 1970—1973-yillarda Termizning „Avtomobilist“ jamoasida oʻynagan. Uning soʻnggi oʻyinchilik faoliyati 1976-yildan Fargʻonaning „Neftyanik“ jamoasi boʻlib, keyinchalik u yerda oʻz boshqaruv faoliyatini boshlagan. 1978-yilda u „Shahrixonets“ klubida bir yil oʻynashga muvaffaq boʻldi, keyin „Neftyanik“ga qaytdi va u yerda faoliyatining oxirigacha oʻynadi. Futbolchilik faoliyatida u 14 mavsumni yakunladi va 10 marta oʻzi oʻynagan jamoalarning eng yaxshi toʻpurari boʻldi. U 1982-yilda faoliyatini yakunlagan. U 241 ta gol bilan Berador Abduraimovning 200-klubi azosi hisoblanadi.

Murabbiylik faoliyati

1985-yilda Moskvadagi murabbiylar maktabining oliy murabbiy diplomi bilan tamomlaydi. 1986-yildan Fargʻonaning Neftchi klubida murabbiylikni boshlagan. 1987-yildan rasman bosh murabbiy sifatida klub tizimidan joy olgan. 1987-yildan 1989-yilgacha uning rahbarligida klub SSSR chempionati ikkinchi ligasining 7-zonasi gʻolibi boʻldi. 1990-yilda sharqiy zona ikkinchi ligasi gʻolibi boʻldi va birinchi ligada oʻynash huquqini qoʻlga kiritdi. 1991-yilda „Neftchi“ birinchi ligada 7-oʻrinni egalladi.

SSSR parchalanganidan keyin mustaqil Oʻzbekiston chempionati tashkil etildi. Klub nomi „Neftchi“ deb oʻzgartirildi va darhol oʻzbek futbolining bayroqdoriga aylandi. Agar birinchi chempionatda chempionlikni Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi bilan boʻlishish kerak boʻlgan boʻlsa, keyingi chempionatlarda „Neftchi“ chempionatni ishonchli tarzda birinchi oʻrinda yakunladi.

1990-yildan esa Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy unvonini ega boʻladi. „Neftchi“ (Fargʻona) — 1983-1986 (katta murabbiy); 1987-2013 (bosh murabbiy). Shuningdek, 1997-yili Oʻzbekiston milliy terma jamoasida katta murabbiy, 2000-yili bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. 2013-yil 15-may kuni Neftchi muassislari tomonidan isteʼfoga chiqarilgan. 1984-1985-yillarda Moskvadagi Murabbiylar oliy maktabida tahsil olgan. U OʻFA tomonidan besh marta „Yilning eng yaxshi murabbiyi“ deb topilgan, bu oʻzbek murabbiylari orasida Roʻziqul Berdiyev bilan birgalikda eng yuqori natija hisoblanadi.

2013-yilning 16-mayida Sarkisyan klubning soʻnggi liga oʻyinlaridagi yomon natijasi tufayli „Neftchi“ bosh murabbiyligidan boʻshatildi. U klubda oxirgi 26 yil ishlagan. Sarkisyan oʻzbek ommaviy axborot vositalarida Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasini uzoq yillar boshqargani uchun Oʻzbekiston Fergyusoni nomi bilan atalgan.

Oʻzbekiston Milliy chempionatiga asos solinganidan keyin, uning qoʻl ostida „Neftchi“ 5 marta oltin (1992-1994, 2001) 9 marta kumush (1996-2000, 2002-2004, 2006) va 1 marta bronza (2008) medalini qoʻlga kiritdi, 2 marta Oʻzbekiston kubogi (1994, 1996) sohibiga aylandi. Bundan tash­qari, „Neftchi“ 1994 yili MDH Chempionlar kubogida 2-oʻrin, 1995 yili Osiyo Chempionlar kubogida 3-oʻrinni egalladi.

Sarkisyan nafaqat jamoani boshqargan, balki Oʻzbekistonda futbolni ham rivojlantirgan. Uning rahbarligida Stepan Atoyan, Ravshan Bozorov, Abdusamad Doʻrmonov, Rustam Doʻrmonov, Sergey Zavalnyuk, Sergey Lebedev, Vladimir Radkevich kabi yosh futbolchilarning professional fazilatlari va isteʼdodi yuzaga kelgan „Fargʻona“ futbol maktabi tashkil etildi. Aleksandr Tixonov, Andrey Fedorov. Uzoq yillar davomida uning shogirdlari mamlakatimiz terma jamoasining tayanchini tashkil etishdi.

2014-yilda Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasiga taklif qilindi va u yerda bosh murabbiy yordamchisiga aylandi.

Yuriy Sarkisyan boshqaruvida „Neftchi“ chempionatlarda (sobiq ittifoq birinchiliklari ham inobatga olingan) jami 822ta uchrashuv oʻtkazib, 545ta gʻalaba, 114ta durang va 163ta magʻlubiyat qayd etdi. Toʻplar nisbati: 1784-798. Fargʻonaliklarning milliy chempionatimiz tarixidagi shu kungacha boʻlgan natijalari esa quyidagicha: 636ta oʻyin, 423ta yutuq, 89ta durang, 124ta magʻlubiyat. Toʻplar nisbati:1415-648

Yutuqlar

Murabbiy

  • Sovet Ikkinchi Ligasi, Sharqiy konferensiya (1): 1990-yil
  • Oʻzbekiston ligasi (5): 1992, 1993, 1994, 1995, 2001
  • Oʻzbekiston Kubogi (2): 1994, 1996
  • Klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionati 3-oʻrin: 1995-yil

Individual

  • Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbol murabbiyi (5): 1998, 1999, 2001, 2003, 2006
  • Birodar Abduraimovning 200- klubi aʼzosi: 241 gol

Unvonlari

  • Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy;
  • „Doʻstlik“ va „Mehnat shuhrati“ ordenlari bilan mukofotlangan.
  • O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i;
  • Sarkisyan — Oʻzbekistonning 5 marta eng yaxshi murabbiyi (1998, 1999, 2001, 2003, 2006).
Yuqori