Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Ivan Fatić (kirillcha: Ivan Fatiћ; talaffuzi: Ivan Fatich; 1988-yil 21-avgustda tugʻilgan) – chernogoriyalik sobiq futbolchi. Himoyachi va yarim himoyachi sifat

Ivan Fatić

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ivan Fatić
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 1988-yil 21-avgust (1988-08-21) (37 yosh)
Tavallud joyi Pljevlja, Yugoslaviya SFR
Boʻyi 1.88 m (6 ft 2 in)
Ampluasi Himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2005–2006 Red Star Belgrade
2006–2007 Chiasso
2007 Chievo
2007–2008 Internazionale
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007–2009 Internazionale 0 (0)
2008–2009   Vicenza 7 (0)
2009   Salernitana 17 (0)
2009–2011 Genoa 10 (1)
2010–2011   Cesena 2 (0)
2011–2013 Chievo 0 (0)
2011–2012   Empoli 3 (0)
2012–2013   Verona 4 (0)
2013   Lecce 3 (0)
2013 Vojvodina 2 (0)
2014 Rudar Pljevlja 12 (1)
2015 Sarawak FA 25 (3)
2016–2017 Sloboda Tuzla 9 (0)
2017 Shkupi 4 (0)
2018–2019 Samtredia 3 (0)
2019 Buxoro 6 (0)
Milliy terma jamoa
2007–2010 Chernogoriya U21 9 (0)
2009–2011 Chernogoriya 6 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(14-iyun uchun)

Ivan Fatić (kirillcha: Ivan Fatiћ; talaffuzi: Ivan Fatich; 1988-yil 21-avgustda tugʻilgan) – chernogoriyalik sobiq futbolchi. Himoyachi va yarim himoyachi sifatida oʻynagan. Rudar Plyevlyaning yosh toifadagi klubi murabbiyi

Klub faoliyati

Fatić faoliyatini Red Star Belgrad klubida boshlagan. Keyinchalik Chiasso, Chievo klublarida oʻynagan. 2007-yilning 4-iyulida A Seriyasi vakili boʻlmish „Internazionale“ klubiga 170 000 yevro evaziga oʻtgan.

Oʻzining ilk proffesional klubidagi rasmiy debyutini 2007-yil 19-dekabrda Regjina Calsio klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. 2008-yil 9-iyunda „Internazionale“ Fatićni 2008—2009-yilgi mavsum uchun Vichensaga ijaraga berganini eʼlon qildi.

2009-yilning iyun oyida Chievo „Inter“ning futbolchidagi 50% ulushini sotib oldi. Keyin „Genoa“ himoyachi huquqlarining yarmini „Chievo“dan sotib oldi. Bu Diego Milito va Thiago Mottaning „Internazionale“ga oʻtishi kelishuvning bir qismi boʻlgan. Oʻsha paytda uning shartnoma qiymatining yarmi 200 000 yevroga baholangan. U „Genoa“da bir mavsum oʻtkazdi va 3-5-2 sxemasida himoyachi va qanot himoyachisi sifatida oʻynadi. 2010-yilning 26-iyulida Fatić bilan birgalikda egalik qilish shartnomasi yangilandi va shartoma boʻyicha Ivan Genoada qolishi kerak edi. Biroq, 2010-yil Cesenaga ijaraga berildi. Klub bilan faqatgina 2010—2011-yilgi mavsumda oʻynadi.

2011-yil iyun oyida Chievo Fatićni 200 000 yevroga sotib oldi. Oʻsha haftada „Genoa“ ham himoyachi Francesco Acerbini „Chievo“ga 2 million yevroga sotib, Kévin Constant „Genoa“ga 7,8 million yevroga oʻtgan edi. 2011-yil 31-avgustda Fatić Empoli klubiga oʻtdi. Empolidan qaytgach, Hellas Verona FCga ijaraga berildi.

2013-yil 31-yanvarda U. S. Lecce klubiga oʻtdi.

2013-yilning 28-iyulida Fatić 2+1 yillik shartnoma asosida „Voyvodina“ga qaytdi. 2013-yil 10-oktyabrda shartnoma bekor qilindi.

2014-yil noyabr oyida Malayziya Superligasi vakili Sarawak FA bilan shartnoma imzoladi. 2016-yilning 1-iyulida Bosniyaning „Slobodan Tuzla“ klubiga oʻtdi. Mavsum oxirida Shkupiga oʻtdi. 2018—2019-yillarda Samptedia klubida oʻynadi. Shu mavsum Oʻzbekiston superligasi vakili Buxoro klubi bilan shartnoma imzoladi

Xalqaro faoliyati

Fatić Chernogoriya terma jamoasi safida debyutini 2009-yil iyun oyida FIFA Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Kiprga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Terma jamoada jami 6 ta oʻyinda maydonga tushib, birorta ham gol urolmagan.

Yuqori