Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Ravshan Toshpoʻlatovich Bozorov (Bazarov) (ruscha: Бозоров, Равшан; 1968-yil 10-may) – sovet va oʻzbek sobiq futbolchisi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan.

Ravshan Bozorov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Ravshan va familiyasi Bozorov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Ravshan Bozorov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ravshan Toshpoʻlatovich Bozorov
Tavallud sanasi 1968-yil 10-may (1968-05-10) (58 yosh)
Tavallud joyi Fargʻona, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Boʻyi 176 cm (5 ft 9 12 in)
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
NBU-Osiyo
Raqami bosh murabbiy
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1985—1989 Sovet Ittifoqi Surxon 95 (28)
1987—1989 Sovet Ittifoqi Zvezda (Tallin) KFK
1990—1991 Sovet Ittifoqi Pomir 41 (4)
1991—1994 Sovet Ittifoqi / Oʻzbekiston Neftchi 97 (47)
1995—1996 Oʻzbekiston Paxtakor 53 (29)
1997 Oʻzbekiston Neftchi 25 (19)
1998—2002 Oʻzbekiston Dinamo (Samarqand) 91 (51)
2002 Oʻzbekiston Mashʼal 13 (9)
2003 Oʻzbekiston Lokomotiv (Toshkent) ? (19)
2004—2005 Oʻzbekiston Toʻpalang 24+ (53)
2006—2007 Oʻzbekiston Lokomotiv (Toshkent) 27 (9)
2007 Oʻzbekiston Navbahor 1 (0)
Total 467+ (268+)
Milliy terma jamoa
1992—1997 Oʻzbekiston Oʻzbekiston 26 (5)
Boshqargan klublari
2009—2010 Oʻzbekiston Dinamo (Samarqand) (assistent)
2011 Oʻzbekiston Lokomotiv (Toshkent) (assistent)
2012—2014 Oʻzbekiston Lokomotiv (Toshkent) (yoshlar jamoasi)
2014—2016 Oʻzbekiston NBU-Osiyo
2016 Oʻzbekiston Navbahor
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Ravshan Toshpoʻlatovich Bozorov (Bazarov) (ruscha: Бозоров, Равшан; 1968-yil 10-may) – sovet va oʻzbek sobiq futbolchisi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan.

Tarjimai hol

Faoliyatini 1985-yilda „Surxon“ klubida boshlagan va 1990-yilgacha oʻynagan. 1990—1991-yillarda SSSR chempionati Oliy ligasida „Pomir“ safida toʻp surgan. 1991-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga oʻtgan va u yerda oʻz faoliyatidagi eng katta muvaffaqiyatga erishgan, uch karra chempion va Oʻzbekiston kubogi sohibiga aylangan. 1995-yildan buyon turli klublarda – „Paxtakor“, „Dinamo“, „Mashʼal“, „Toʻpalang“, "Lokomotiv"da oʻynagan.

Birodar Abduraimov klubi“ (oʻzbek futbolida 200 dan ortiq gol urgan futbolchi sifatida) va „Gennadiy Krasnitskiy klubi“ga aʼzo boʻlgan. Faoliyatini 2007-yilda „Navbahor“ jamoasida faoliyatini yakunlagan.

Oʻzbekiston terma jamoasi safida 26 ta oʻyin oʻtkazib, 5 ta gol urgan.

Murabbiylik faoliyati

Murabbiylik faoliyatini 2009-yilda „Dinamo“da yordamchi boʻlib boshlagan. 2011-yilda „Lokomotiv“ klubida bosh murabbiy yordamchisi boʻlgan. 2012—2014-yillarda ushbu klubning yoshlar jamoasiga ustozlik qilgan. 2014-yilda Birinchi ligada oʻynaydigan NBU-Osiyo klubi bosh murabbiyi boʻlgan. 2016-yilda „Navbahor“ jamoasiga rahbarlik qilgan.

Yutuqlari

  • Chempion Oʻzbekiston chempioni (3): 1992, 1993, 1994
  • Chempion Oʻzbekiston kubogi sohibi: 1994
  • Oʻzbekiston chempionatining eng yaxshi toʻpurari: 1994 (26 gol)
Yuqori