Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Ibragimov Alijon Rahmonovich (qozoqcha: Ибрагимов Алижан Рахманович; 1954-yil 5-iyun, Fargʻona – 2021-yil 3-fevral) – asli kelib chiqishi uygʻur boʻlgan Qozogʻi

Alijon Ibragimov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Alijon Rahmonovich Ibragimov
Алижон Раҳмонович Иброҳимов
Tavalludi 5-iyun 1954-yil
Fargʻona, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Vafoti 3-fevral 2021-yil(2021-02-03)
(66 yoshda)
Fuqaroligi Buyuk Britaniya bayrogʻi Buyuk Britaniya
Turmush oʻrtogʻi Muqaddasxon Ibragimova

Ibragimov Alijon Rahmonovich (qozoqcha: Ибрагимов Алижан Рахманович; 1954-yil 5-iyun, Fargʻona – 2021-yil 3-fevral) – asli kelib chiqishi uygʻur boʻlgan Qozogʻistonlik tadbirkor.

Biografiyasi

1970-1974-yillarda – Moskva veterinariya akademiyasida va S. Orjonikidze nomli boshqaruv institutida oʻqigan. 1989-yildan Qozogʻistonda biznes boshlagan. 1989—1991-yillarda „Nevada-Semipalatinsk“ tijorat markazi direktori. 1994-1998-yillarda „Yevraziyskiy Bank“ AJ direktorlar kengashi raisi. 2002-yildan – „Kazxrom“ kompaniyasi prezidenti. „Eurasian National Resources Corporation“ (ENRC) hamraisi.

Boyligi

Forbes jurnalining 2011-yildagi tahliliga koʻra, uning boyligi 3,7 milliard AQSH dollari miqdorida baholahgan.

Mukofotlari

Rossiyaning Hamdoʻstlik ordeni bilan taqdirlangan.

Oilasi

Oltita oʻgʻli bor.

  • Turmush oʻrtogʻi Muqaddasxon Ibragimova.
  • Oʻgʻillari: Doston, Davron, Shuhrat, Furqat, Ergash, Yoldosh.
Yuqori