Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Buxoro – 1989-yilda Buxoro shahrida tashkil topgan oʻzbek futbol klubi. Mamlakatning oliy futbol divizioni – Oʻzbekiston Superligasi ishtirokchisi.

Buxoro FK

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(dan yoʻnaltirildi)
Buxoro FK
Toʻliq nomi Buxoro professional futbol klubi
Laqabi Buxoroliklar
Amir klubi
Cho‘l jangchilari
Koʻhna shaharliklar
Asos solingan 1989-yili
Stadioni Buxoro Sport Majmuasi
Sigʻimi 21 000
Bosh direktor Oʻzbekiston Shavkat Salomov
Bosh murabbiy Oʻzbekiston Aleksandr Xomyakov
Liga Oʻzbekiston Superligasi
Vebsayti Klub sayti
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi

Buxoro – 1989-yilda Buxoro shahrida tashkil topgan oʻzbek futbol klubi. Mamlakatning oliy futbol divizioni – Oʻzbekiston Superligasi ishtirokchisi.

2025-yilgi Oʻzbekiston Superligasining 7-turidagi Navbahor—Buxoro uchrashuvi

Tarixi

Jamoa nomlari tarixi

  • 1989—1996 „Nurafshon“
  • 1997—2021 „Buxoro“
  • 2021—2022 „Nurafshon“
  • 2022—h.v. „Buxoro“

1960-yilda tashkil etilgan, ammo bir yil avval tarqatib yuborilgan „Buxoro“ jamoasi oʻrniga 1989-yilda „Nurafshon“ futbol klubi sifatida tashkil etilgan. 1989-yilgi debyut mavsumida „Nurafshon“ O‘zbekiston SSR chempionligini qoʻlga kiritdi, shuningdek, Oʻzbekiston SSR kubogida ham ishtirok etdi. 1990-yilda klub SSSR chempionati Ikkinchi kichik ligasining 9-divizioni gʻolibi boʻldi va Ikkinchi ligaga yoʻllanma oldi. 1991-yilgi SSSR tarixidagi soʻnggi chempionatda „Nurafshon“ mavsum yakuniga koʻra Ikkinchi liganing „Sharqiy“ zonasida 4-oʻrinni (22 ta jamoa orasida) egallagan. 1992-yildan Oʻzbekiston milliy chempionatida ishtirok eta boshladi. Oʻzbekiston chempionatining ilk mavsumida mamlakatning qolgan 16 jamoasi qatori „Nurafshon“ ham Oliy ligadan joy oldi. 1992-yilgi mavsum yakunlariga koʻra, Buxoro klubi sensatsion tarzda bronza medali sohibi Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasidan atigi 1 ochkoga ortda qolib, 4-oʻrinni egalladi. 1993-yilda „Nurafshon“ 5-oʻrinni egallagan boʻlsa, 1994-yilgi mavsumda kumush medal sohibiga aylandi: amaldagi chempion – Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasidan 7 ochkoga ortda qoldi va bronza medali sohibi – Namanganlik „Navbahor“dan 4 ochkoga oldinga chiqib oldi.

Klub 1996-yilgacha „Nurafshon“ deb atalgan boʻlsa, 1997-yildan boshlab oʻzining asl nomi – „Buxoro“ga oʻzgartirilgan. 2009-yilgacha jamoa uzluksiz Oʻzbekiston Oliy ligasida oʻynagan.

Bu davrda Buxoro klubi mavsum yakunlariga koʻra, asosan turnir jadvalining oʻrtalarida yoki oxiridagi (5-oʻrindan 15-oʻringacha) oʻrinlarni egallagan.

2009-yilgi mavsumda „Buxoro“ soʻnggidan oldingi 15-oʻrinni egallab, Oʻzbekiston chempionatining Birinchi ligasiga tushib ketdi.

2010-yilda „Buxoro“ Birinchi liga gʻolibiga aylanib, „Soʻgʻdiyona“dan 8 ochkoga oʻzib, Oliy ligada oʻynash huquqini qaytarib oldi.

2011-yilgi mavsumdan boshlab „Buxoro“ yana Oliy liganing doimiy ishtirokchisi boʻldi.

2020-yilgi mavsum yakuniga koʻra, Superliga jadvalida 12 ta klub orasida soʻnggi oʻrinni egallab, Pro ligaga yoʻl olgan. 2021-yil 19-martda Buxoro klubi ramzi oʻzgartirildi. 2021-yil 13-iyulda yana Nurafshon professional futbol klubi deb nomlandi. 2022-yil „Buxoro“ klubi Pro ligada Andijonning „Andijon“ klubidan 7 ochko ortda qoldi va 2-oʻrin bilan Oʻzbekiston Superligasiga yoʻl oldi

Mahalliy tarix

Mavsum Liga Oʻzbekiston Kubogi Eng yaxshi toʻpurar Bosh murabbiy
Divizion Oʻrin Oʻyin Yutuq Durang Magʻlubiyat Urilgan
gollar
Oʻtkazilgan
gollar
Ochko Ism Liga
1991 SSL 4 42 20 9 13 72 45 49 Rossiya Valeriy Chervyakov 11 Rossiya Stanislav Kaminskiy
1992 Oʻzbekiston Superligasi 4 32 20 7 5 59 23 47 1/16 final bosqichi Oʻzbekiston Yuriy Ageyev 15 Rossiya Stanislav Kaminskiy
1993 5 30 15 5 10 46 32 35 1/16 final bosqichi Oʻzbekiston Mihail Fomin 9 Rossiya Boris Lavrov
1994 2 30 20 4 6 63 31 44 Chorak final Oʻzbekiston Olim Tillayev 19 Rossiya Aleksandr Ivankov
1995 5 30 13 1 16 39 56 40 Chorak final Oʻzbekiston Yuriy Ageyev 12 Oʻzbekiston Mustafa Belyalov
1996 5 30 15 5 10 52 39 50 Chorak final Oʻzbekiston Rustam Asqarov 12 Oʻzbekiston Islom Ahmedov

Oʻzbekiston Igor Pilyugin

1997 7 34 16 5 13 57 55 53 Chorak final Oʻzbekiston Rustam Asqarov 14 Rossiya Stanislav Kaminskiy
1998 6 30 13 4 13 51 50 43 Chorak final Rossiya Vyacheslav Koloda

Oʻzbekiston Oybek Usmonxo‘jayev

10 Rossiya Stanislav Kaminskiy

Tojikiston Hakim Fuzaylov

1999 9 30 10 7 13 44 50 37 - Rossiya Nikolay Sergiyenko 8 Tojikiston Hakim Fuzaylov
2000 6 38 20 5 13 73 60 65 1/16 final bosqichi Oʻzbekiston Ulugʻbek Baqoyev 21 Oʻzbekiston Usmon Toshev
2001 8 34 15 3 16 57 58 48 Yarim final Oʻzbekiston Ilhom Umarov 14 Oʻzbekiston Usmon Toshev
2002 7 30 12 5 13 37 53 41 1/8 final bosqichi Oʻzbekiston Eldor Qosimov 12 Oʻzbekiston Usmon Toshev
2003 12 30 10 2 18 48 56 32 Chorak final Oʻzbekiston Ilyos Qurbonov 13 Oʻzbekiston Usmon Toshev
2004 7 26 10 3 13 31 45 30 Chorak final Oʻzbekiston Muhammad Inogamov 8 Oʻzbekiston Usmon Toshev
2005 12 26 9 2 15 37 59 29 Yarim final Oʻzbekiston Alisher Xoliqov 6 Oʻzbekiston Usmon Toshev
2006 11 30 9 7 14 35 34 34 Chorak final Oʻzbekiston Alisher Xoliqov 9 Oʻzbekiston Usmon Toshev
2007 9 30 11 3 16 29 43 36 1/8 final Oʻzbekiston Anvar Rajabov 8 Oʻzbekiston Usmon Toshev
2008 15 30 7 5 18 25 44 26 Chorak final Oʻzbekiston Lochinbek Soliyev 8 Oʻzbekiston Usmon Toshev
2009 15 30 6 6 18 40 59 24 Chorak final Oʻzbekiston Lochinbek Soliyev 15 Oʻzbekiston Rauf Inileyev
2010 Oʻzbekiston Pro ligasi 1 30 24 2 4 71 21 74 1/16 final bosqichi Oʻzbekiston Abdulatif Joʻrayev 27 Oʻzbekiston Rauf Inileyev

Oʻzbekiston Gennadiy Kochnev

2011 Oʻzbekiston Superligasi 9 26 8 7 11 23 38 31 1/16 final bosqichi Oʻzbekiston Suhrob Neʼmatov 7 Oʻzbekiston Gennadiy Kochnev

Oʻzbekiston Jamshid Saidov

2012 7 26 10 5 11 24 31 35 Yarim final Oʻzbekiston Vohid Shodiyev

Oʻzbekiston Otabek Narzullayev

5 Oʻzbekiston Jamshid Saidov

Turkmaniston Toshmurod Ogʻamurodov

2013 6 26 10 3 13 33 44 33 1/8 final bosqichi Oʻzbekiston Vohid Shodiyev 12 Turkmaniston Toshmurod Ogʻamurodov
2014 12 26 6 7 13 22 42 25 1/16 final bosqichi Oʻzbekiston Suhrob Neʼmatov

Oʻzbekiston Ulugʻbek Baqoyev

Serbiya Predrag Vujović

3 Germaniya Edgar Gess

Turkmaniston Said Seyidov (vazifasini bajaruvchi)

Oʻzbekiston Aleksandr Mochinov

2015 14 30 7 5 18 31 53 26 1/8 final bosqichi Oʻzbekiston Aziz Ibragimov 6 Oʻzbekiston Aleksandr Mochinov

Oʻzbekiston Shuhrat Fayziyev (vazifasini bajaruvchi)

Oʻzbekiston Jamshid Saidov

2016 4 30 17 7 6 42 27 58 Yarim final Oʻzbekiston Aziz Ibragimov 10 Oʻzbekiston Jamshid Saidov
2017 6 30 13 7 10 42 20 46 Chorak final Oʻzbekiston Ivan Nagayev 10 Oʻzbekiston Ulugʻbek Baqoyev
2018 6 32 11 2 19 29 52 10 1/16 final bosqichi Turkmaniston Arslonmurat Amanov 5 Oʻzbekiston Ulugʻbek Baqoyev
2019 12 26 5 9 12 18 37 24 1/16 final bosqichi Oʻzbekiston Doston Ibragimov 3 Oʻzbekiston Baxtiyor Ashurmatov

Tojikiston Muhsin Muhamadiyev

2020 15 26 1 11 14 19 50 14 1/16 final bosqichi Oʻzbekiston Izzatilla Abdullayev

Oʻzbekiston Jasurbek Hakimov

Oʻzbekiston Behruz Saʼdullayev

3 Tojikiston Muhsin Muhamadiyev

Oʻzbekiston Jamshid Saidov

2021 Oʻzbekiston Pro ligasi 4 20 9 4 7 22 14 31 Guruh bosqichi Oʻzbekiston Davron Isoqov 9 Oʻzbekiston Jamshid Saidov

Oʻzbekiston Davron Fayziyev

Oʻzbekiston Anvar Berdiyev

Oʻzbekiston Mirislom Hasanov (vazifasini bajaruvchi)

Oʻzbekiston Usmon Toshev

Oʻzbekiston Mirislom Hasanov (vazifasini bajaruvchi)

2022 2 26 14 8 4 46 26 50 Guruh bosqichi Oʻzbekiston Roʻzimboy Ahmedov Tojikiston Hakim Fuzaylov
2023 Oʻzbekiston Superligasi 14 26 4 3 19 12 35 15 Guruh bosqichi Serbiya Aleksandar Stanisavljević

Oʻzbekiston Humoyunmirzo Iminov

Oʻzbekiston Asilbek Qayumov

Oʻzbekiston Shoxruz Norxonov

2 Tojikiston Hakim Fuzaylov

Oʻzbekiston Ulugʻbek Baqoyev

2024 Oʻzbekiston Pro ligasi 2 28 15 7 6 40 18 52 1/8 final Bosniya va Gersegovina Dominik Begić 13 Oʻzbekiston Ulugʻbek Baqoyev
2025 Oʻzbekiston Superligasi 14 30 6 9 15 30 49 27 Final Bosniya va Gersegovina Dominik Begić 7 Oʻzbekiston Ulugʻbek Baqoyev

Oʻzbekiston Viktor Karpenko

Oʻzbekiston Aleksandr Xomyakov

  1. Musoboqada ishtirok etish badal toʻlovlarini toʻlamaganlik uchun musoboqani -3 ochko bilan boshlagan

Izohlar

  • Oʻzbekiston Superligasi – Oʻzbekiston liga tizimidagi eng yuqori dvizon
  • Oʻzbekiston Pro ligasi – Oʻzbekiston liga tizimidagi ikkinchi darajali dvizon
  • SSSR ikkinchi futbol ligasi – Sovet Ittifoqi tizimidagi uchinchi darajali dvizon hisoblanadi.

Stadion

„Buxoro“ oʻz uy uchrashuvlarini yirik „Buxoro“ sport majmuasi (Buxoro nomi bilan ham mashhur) stadionida oʻtkazadi.

Stadion 22700 tomoshabinga moʻljallangan boʻlib, Buxoro viloyatidagi eng yirik stadion hisoblanadi.

Ayollar jamoasi

Yutuqlar

Oʻzbekiston Superligasi
  • Kumush medal sovrindori Oliy liga kumush medali sohibi: 1994
O'zbekiston Pro ligasi
  • Chempion Pro liga gʻolibi: 2010, 2024
Oʻzbekiston Kubogi
  • Oʻzbekiston Kubogi finalchisi: 2025

SSSR chempionati

  • Chempion Oʻzbekiston SSR chempionati sovrindori: 1989
  • Chempion SSSR chempionati Ikkinchi kichik ligasi 9-zonasi gʻolibi: 1990

Jamoa tarkibi

2026-yil 9-mart holatiga koʻra

Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
1 GK Oʻzbekiston UZB Shirinboy Abdullayev
2 DF Serbiya SRB Veljko Filipović
4 DF Oʻzbekiston UZB Nodirbek Ahmadjonov
5 DF Oʻzbekiston UZB Sardor Qulmatov
6 MF Oʻzbekiston UZB Ravshan Xayrullayev
7 MF Oʻzbekiston UZB Xurshid Muxtorov
8 MF Oʻzbekiston UZB Anvarjon Jo‘rayev
9 FW Gruziya GEO Nika Kacharava
10 FW Oʻzbekiston UZB Shahzod Ubaydullayev
11 MF Oʻzbekiston UZB Temur Mamasidiqov
12 GK Oʻzbekiston UZB Umid Hamroyev
14 MF Oʻzbekiston UZB Alisher Xayrullayev
17 MF Oʻzbekiston UZB Javohir Ro‘ziyev
R. Poz. Millati Futbolchi
19 DF Oʻzbekiston UZB Abbos Umarov
21 MF Gruziya GEO Mixeil Basheleishvili
22 FW Oʻzbekiston UZB Asadbek Joʻraboyev
23 MF Oʻzbekiston UZB Azamat Shomurodov
25 MF Oʻzbekiston UZB Sherzod Esanov
27 MF Oʻzbekiston UZB Muhammad Yoʻldoshev
30 DF Serbiya SRB Bojan Mlađović
42 DF Oʻzbekiston UZB Kirill Todorov
77 MF Oʻzbekiston UZB Asilbek Qayumov
78 MF Serbiya SRB Vladimir Rodić
88 FW Bosniya va Gersegovina BIH Dominik Begić
97 MF Oʻzbekiston UZB Shahboz Joʻrabekov

U21

Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
13 FW Oʻzbekiston UZB Isomiddin Nusratov
16 GK Oʻzbekiston UZB Shohjahon Saidqulov
18 MF Oʻzbekiston UZB Ozodbek Rajabov
20 MF Oʻzbekiston UZB Xurshidbek Fayziyev
24 DF Oʻzbekiston UZB Mardonjon Meliyev
33 MF Oʻzbekiston UZB Temirbek Boltayev
34 GK Oʻzbekiston UZB Mardonjon Meliyev
37 DF Oʻzbekiston UZB Sardor Abdugʻaniyev
44 MF Oʻzbekiston UZB Bunyodjon Izzatov
R. Poz. Millati Futbolchi
45 DF Oʻzbekiston UZB Ozodbek Sharipov
57 MF Oʻzbekiston UZB Parviz Ahmadjonov
66 DF Oʻzbekiston UZB Bekzod Homidov
70 DF Oʻzbekiston UZB Ogʻabek Muhammadaminov
71 DF Oʻzbekiston UZB Alibek Baqoyev
76 DF Oʻzbekiston UZB Shahzod Savriyev
87 DF Oʻzbekiston UZB Mironshoh Shodmonov
90 MF Oʻzbekiston UZB Amirxon Hikmatov
99 DF Oʻzbekiston UZB Mironshoh Shonazarov

U19

Murabbiylar shtabi

2026-yilgi mavsum uchun murabbiylar shtabi.

LavozimiMurabbiy
Bosh murabbiyRossiya / Oʻzbekiston Aleksandr Xomyakov
Yordamchi murabbiyOʻzbekiston Mirislom Hasanov
Yordamchi murabbiy Oʻzbekiston Artyom Petrosyan
Darvozabonlar murabbiyiOʻzbekiston Igor Mixaylov
Fitnes murabbiyi Oʻzbekiston Asilbek Azizov
FizoterapevtOʻzbekiston Akram Shomurodov
Texnik direktori Oʻzbekiston Shuhrat Fayziyev

Boshqaruvl tarixi

YillarMurabbiy
1989maʼlumot yoʻq
1990Sovet Ittifoqi Oleg Bugayev
1991—1992Rossiya Stanislav Kaminskiy
1993Rossiya Boris Lavrov
1994Oʻzbekiston Aleksandr Ivankov
1995Oʻzbekiston Mustafo Belyalov
1996Oʻzbekiston Islom Axmedov
1997Oʻzbekiston Igor Plyugin
1997—1998Rossiya Stanislav Kaminskiy
1998—1999Tojikiston Hakim Fuzaylov
2000—2008Oʻzbekiston Usmon Toshev
2008Oʻzbekiston Yuriy Ageyev
2009Oʻzbekiston Rauf Inileyev
2010 – 2011Oʻzbekiston Gennadiy Kochnev
2011—2012Oʻzbekiston Jamshid Saidov
2012Ukraina Vladimir Utkin
2012—2013Turkmaniston Toshmurod Ogʻamurodov
2014Tojikiston / Germaniya Edgar Gess
2014Turkmaniston Said Seyidov
2015Oʻzbekiston Aleksandr Mochinov
2015Oʻzbekiston Shuhrat Fayziyev
2015—2017Oʻzbekiston Jamshid Saidov
2017—2018Oʻzbekiston Ulugʻbek Baqoyev
2018 Oʻzbekiston Shuhrat Fayziyev
2018—2019Oʻzbekiston Baxtiyor Ashurmatov
2019 Oʻzbekiston Mirislom Hasanov (vaqtincha)
2019—2020 Tojikiston Muhsin Muhammadiyev
2020—2021 Oʻzbekiston Jamshid Saidov
2021 Oʻzbekiston Davron Fayziyev
2021 Oʻzbekiston Anvar Berdiyev
2021 Oʻzbekiston Mirislom Hasanov (vaqtincha)
2021 Oʻzbekiston Usmon Toshev
2021 Oʻzbekiston Mirislom Hasanov (vaqtincha)
2022—2023 Tojikiston Hakim Fuzaylov
2023—2025 Oʻzbekiston Ulugʻbek Baqoyev
2025 Oʻzbekiston Viktor Karpenko (vaqtincha)
2025—h.v. Oʻzbekiston Aleksandr Xomyakov

Mashhur futbolchilar

  • Sovet Ittifoqi Valeriy Gorbach
  • Sovet Ittifoqi Aleksandr Tynyanov
  • Sovet Ittifoqi Gennadiy Sharipov
  • Oʻzbekiston Usmon Toshev
  • Oʻzbekiston Mustafo Belyalov
  • Oʻzbekiston Ulugʻbek Baqoyev
  • Oʻzbekiston Vagiz Galiulin
  • Oʻzbekiston Viktor Karpenko
  • Oʻzbekiston Gennadiy Sharipov
  • Oʻzbekiston Vladimir Shishelov
  • Oʻzbekiston Vohid Shodiyev
  • Oʻzbekiston Aziz Ibragimov
  • Oʻzbekiston Shavkat Mullajonov
  • Oʻzbekiston Shavkat Salomov
  • Oʻzbekiston Otabek Shukurov
  • Oʻzbekiston Bahodir Nasimov
  • Oʻzbekiston Alisher Xoliqov
  • Oʻzbekiston Vyacheslav Ponomaryov
  • Oʻzbekiston Igor Ivanov
  • Oʻzbekiston Igor Kichigin
  • Oʻzbekiston Jasur Hasanov
  • Oʻzbekiston Bahodir Pardayev
  • Oʻzbekiston Islom Inomov
  • Oʻzbekiston Anvar Rajabov
  • Oʻzbekiston Salamat Qutiboyev
  • Oʻzbekiston Sardor Qobuljonov
  • Oʻzbekiston Oleg Sinelobov
  • Oʻzbekiston Eldar Qosimov
  • Oʻzbekiston Ildar Magdeev
  • Oʻzbekiston Aleksandr Lobanov
  • Oʻzbekiston Timur Sultonov
  • Oʻzbekiston Nikolay Sergiyenko
  • Oʻzbekiston Rinat Sayfulin
  • Oʻzbekiston Alisher Ahmedov
  • Oʻzbekiston Yuriy Ageyev
  • Oʻzbekiston Olim Tillayev
  • Oʻzbekiston Sadriddin Ishmirzayev
  • Oʻzbekiston Ramil Bekulov
  • Oʻzbekiston Azim Xodjiyev
  • Oʻzbekiston Mixail Fomin
  • Oʻzbekiston Rustam Asqarov
  • Oʻzbekiston Valeriy Chervyakov
  • Oʻzbekiston Shuhrat Fayziyev
Sobiq SSSR davlatlari
  • Tojikiston Muhsin Muhammadiyev
  • Turkmaniston Baxtiyar Xojaahmedov
  • Turkmaniston Arslonmurat Amanov
  • Qozogʻiston Arsen Tlexugov
  • Gruziya Giorgiy Kvesishvili
  • Rossiya Nikolay Kashentsev
  • Rossiya Grigoriy Melikov
  • Rossiya Aleksey Abdulxoliqov
  • Rossiya/Ukraina Andrey Podolyanchik
  • Ukraina Aleksandr Tarasenko
  • Ukraina Vladimir Kilikevich
  • Ukraina Vladimir Baenko
  • Ukraina Oleg Mochulyak
  • Belarus Yuriy Rijko
  • Litva Pavels Leus
  • Litva Artūras Fomenka
  • Litva Tadas Grajyunas
Yevropa
  • Chernogoriya Predrag Vujović
  • Moldova Vadim Chemirtan
  • Ruminiya Bogdan Xaushi
  • Bolgariya Nikolay Chipev
Osiyo
  • Yaponiya Naoya Shibamura
Afrika
  • Nigeriya Devid Oniya

Muxlislar, asosiy raqiblar, derbi, taxalluslar

„Buxoro“ O‘zbekistondagi eng yirik muxlislar armiyasidan biriga ega. Deyarli har bir oʻyinda "Buxoro Arena" tribunalari muxlislar bilan toʻlib ketadi.

„Buxoro“ning asosiy raqibi qoʻshni Samarqand viloyati poytaxti boʻlgan Samarqandning „Dinamo“ jamoasi hisoblanadi. „Buxoro“ va „Dinamo“ muxlislari oʻrtasida doʻstona munosabatlar mavjud boʻlib, agar oʻyinda mamlakatning boshqa klublari ularning klublariga raqib boʻlib qolishsa, muxlislar har ikki jamoani ham qoʻllab-quvvatlaydilar.

„Qadimiy shaharlar derbisi“ deb ataluvchi musoba mamlakatimizda juda mashhur boʻlib, uning ishtirokchilari boʻlib „Buxoro“ va Samarqandning „Dinamo“ jamoalari hisoblanadi. Har ikki klub ham Oʻzbekiston va dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biridir.

Vaqti-vaqti bilan „Buxoro“, „Spartak“ (Buxoro), qoʻshni Gʻijduvon va Vobkent shaharlarining „Gʻijduvon“ yoki „Vobkent“ klublari oʻzaro oʻynasa, „Buxoro derbisi“ boʻlib turadi.

„Buxoro“ klubining koʻplab taxalluslari bor: „Buxoroliklar“; „Choʻl jangchilari“ – markazida Buxoro shahri joylashgan butun Buxoro vohasi choʻl bilan oʻralganligiga ishora beradi; „Koʻhna shaharliklar“ – Buxoroning qadimiyligi tufayli; „Amir klubi“ – 1920-yilgacha mavjud boʻlgan Buxoro amirligi va uning boshligʻi – amir sharafiga.

Buxorolik futbolchilar yirik xalqaro turnirlarda

Turnirlar vaqtida klubning faol aʼzosi boʻlgan „Buxoro“ futbolchilari koʻrsatilgan.

TurnirIshtirokchi

Osiyo Kubogi – 2019 – Arslonmurat Amanov

Yuqori