| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Sardor Rafkatovich Qobuljonov | ||
| Tavallud sanasi | 1987-yil 2-fevral | ||
| Tavallud joyi | Toshkent, Oʻzbekiston SSR | ||
| Boʻyi | 185 cm (6 ft 1 in) | ||
| Ampluasi | Darvozabon | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Kattaqoʻrgʻon | ||
| Raqami | TBD | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| Paxtakor | |||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2007 | Metallurg | 1 | (-) |
| 2007—2009 | Paxtakor | 2 | (0) |
| 2009—2011 | Oqtepa | 24 | (−14) |
| 2011—2014 | Buxoro | 44 | (-62) |
| 2014 | Neftchi | 5 | (0) |
| 2015 | Lokomotiv | 2 | (0) |
| 2015—2017 | Buxoro | 22 | (0) |
| 2017 | Sementchi | - | (0) |
| 2018 | Metallurg | - | (0) |
| 2019 | Surxon | 5 | (0) |
| 2020—2023 | Buxoro | 40 | (0) |
| 2024 | Vaxsh Bohtar | 16 | (0) |
| 2025 | Xorazm | 11 | (0) |
| 2026— | Kattaqoʻrgʻon | 0 | (0) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2012—2013 | Oʻzbekiston | 0 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Sardor Rafkatovich Qobuljonov (ruscha: Кобулжанов, Сардор Рафкатович; 1987-yil 2-fevralda tug'ilgan) — oʻzbek futbolchisi. „Kattaqoʻrgʻon“ klubi darvozaboni.
Futbolchilik faoliyati
Klublardagi faoliyati
Sardor Qobuljonov Bekobodning „Metallurg“ klubi futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2007-yilda ushbu klubda professional faoliyatini boshlagan. 2009-2010-yillarda Toshkentning „Oqtepa“ jamoasida oʻynagan. 2011-yilda Buxoroga koʻchib oʻtgan. Qobuljonov „Buxoro“ tarkibida 3 mavsum toʻp surgan va shu vaqt ichida 44 ta oʻyinda maydonga tushgan. 2014-yil boshida Sardor Qobuljonov Fargʻonaning „Neftchi“ klubi bilan shartnoma tuzib, birinchi davrada bor-yoʻgʻi 1 ta oʻyinda maydonga tushdi va ikkinchi davrada „Neftchi“ning sobiq asosiy darvozaboni Hislat Chilmatov oʻrniga asosiy darvozabonga aylangan. 2015-yilgi mavsumda Buxoro jamoasi tarkibiga qaytgan. 2016-yilgi mavsumda ogʻir jarohat olgan.
2019-yilgi mavsumda „Surxon“ jamoasi safiga oʻtgan. 2020-yilgi mavsum Buxoro klubi bilan shartnoma imzolagan. 2024-yilgi mavsum oldidan „Gʻijduvon“ klubida tarkibida boshlashga yaqin edi, ammo Gʻijduvon jamoasi moliyaviy muammolar sababli mavsumda birorta musoboqa ishtirok eta olmasligi maʼlum boʻldi. Sardor yangi mavsum oldidan Tojikiston Oliy ligasi jamoasi „Vaxsh Bohtar“ klubi bilan shartnoma imzolagan.
Terma jamoadagi faoliyati
Qobuljonov 2012—2013 yillarda Oʻzbekiston terma jamoasiga chaqirilgan, ammo maydonga tushmagan.
Yutuqlar
- Oʻzbekiston Pro ligasi Ikkinchi oʻrin: 2022
- 2-fevralda tugʻilganlar
- 1987-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol darvozabonlari
- Metallurg Bekobod klubi futbolchilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Oqtepa klubi futbolchilari
- Buxoro klubi futbolchilari
- Neftchi (Fargʻona) futbolchilari
- Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari
- Sementchi Quvasoy futbolchilari
- Surxon klubi futbolchilari
- FC Khatlon futbolchilari
- Xorazm futbolchilari
- Kattaqoʻrgʻon klubi futbolchilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Tojikiston Oliy Ligasi futbolchilari
- Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari
- Tojikistondagi muhojir erkak futbolchilar