Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Muhsin Muhamadiyev (1966-yil 21-oktyabr – 2026-yil 1-yanvar) – tojikistonlik va rossiyalik futbolchi va futbol murabbiyi. Tojikiston futbol tarixidagi eng kuchl

Muhsin Muhammadiyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Muhsin Muhamadiyev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Muhsin Muslimovich Muhamadiyev
Tavallud sanasi 21-oktyabr 1966-yil
Tavallud joyi Dushanbe, Sovet Ittifoqi
Vafot sanasi 1-yanvar 2026-yil(2026-01-01)
(59 yoshda)
Vafot joyi Dushanbe, Rossiya
Boʻyi 1.72 m (5 ft 7 12 in)
Ampluasi Striker
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Pomir Dushanbe
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1983 Pomir Dushanbe
1983—1984 Paxtakor (Qoʻrgʻontepa)
1985—1992 Pomir Dushanbe 207 (72)
1992—1993 Lokomotiv Moskva 41 (12)
1993—1994 Ankaragücü 29 (4)
1994—1995 Spartak Moskva 30 (13)
1996—1997 Lokomotiv Nijniy Novgorod 57 (17)
1997—1998 Austria Wien 13 (0)
1998 Torpedo Moskva 14 (2)
1999 Shinnik Yaroslavl 11 (1)
1999 Buxoro 7 (7)
2000—2001 Dinamo 45 (41)
2001 Arsenal Tula 11 (1)
2002 Vityaz Podolsk 11 (1)
Total 3 (3)
Milliy terma jamoa
1992 Tojikiston 1 (2)
1995 Rossiya 1 (1)
Boshqargan klublari
2003—2005 Vityaz Podolsk (murabbiy)
2006—2008 Vityaz Podolsk
2008—2012 Rubin Kazan (sport direktor)
2013—2015 Tojikiston
2016 Ordabasi (yoramchi murabbiy)
2016—2018 Istiqlol
2019—2020 Buxoro
2022—2024 Istiklol 1-vitse pr
2024—2025 Xatlon sport dr
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Muhsin Muhamadiyev (1966-yil 21-oktyabr – 2026-yil 1-yanvar) – tojikistonlik va rossiyalik futbolchi va futbol murabbiyi. Tojikiston futbol tarixidagi eng kuchli futbolchilardan biri sifatida eʼtirof etiladi.

Faoliyati davomida Tojikiston va Rossiya terma jamoalarida oʻynagan.

Biografiyasi

1966-yil 21-oktyabrda Dushanbeda tugʻilgan. Birinchi murabbiy – Nikolay Alekseevich Voinov.

Futbolchilik faoliyati

Klub

Faoliyatini „Paxtakor“ (Qoʻrgʻontepa) jamoasida boshlagan. 1985-yildan Tojikiston SSRning yetakchi klubi, Dushanbening „Pomir“ klubida faoliyatini davom ettirgan. 1991-yilgi mavsum oldidan u Kiyevning „Dinamo“ jamoasiga oʻtishi rejalashtirilgandi, biroq klub uni roʻyxatga olishga ulgurmagan.

1992-yilgi mavsumini Pomirda jamoasida boshlagan. Tojikiston mustaqil chempionatida 3 ta oʻyin oʻtkazib, 5 ta gol urgan. Chempionat saviyasi nihoyatda past ekanini tushunib, 1992-yilgi MDH kubogi uchun yarim final oʻyinidan soʻng Moskvada qolgan va Yuriy Syomin murabbiyligidagi, „Lokomotiv“ klubiga oʻtish taklifini qabul qilgan.

Keyinchalik Rossiyaning „Spartak“ (Moskva), „Torpedo“ (Moskva), „Lokomotiv“ (Nijniy Novgorod) va boshqa klublarida oʻynagan.

Uning klub faoliyatidagi eng yorqin oʻyinlardan biri 1994-yil 23-noyabrda Moskvada Chempionlar Ligasi guruh bosqichi oʻyinida „Spartak“ safida Kiyevning „Dinamo“ klubiga qarshi hal qiluvchi golni urganida yuz bergan.

1998-yilda Rashid Rahimovning tavsiyasi bilan oʻtkir hujumchi izlayotgan Venaning „Avstriya“ klubiga oʻtgan. Mavsum oxirigacha shartnoma tuzgan va tugagach, Rossiyaga qaytgan.

2000-yilda Dinamo Samarqand bilan Oʻzbekiston Kubogi finaliga qadar yetib borgan. Muhsin Samarqand klubida toʻp surgan davrida jamoaning asosiy toʻpurari boʻlgan.

Professional futbolchilik faoliyatini 2002-yilda Rossiya ikkinchi divizioni „Vityaz“ (Podolsk) klubida yakunlagan.

Xalqaro

Muhammadiyev xalqaro darajada ham Tojikiston, ham Rossiya uchun oʻynagan[3]. U Rossiya terma jamoasi safida oʻtkazgan yagona oʻyinida – 1995-yil 6-may kuni Moskvada Farer orollariga qarshi boʻlib oʻtgan Yevro-96 saralash uchrashuvida gol urgan.

  • 1992-yil 17-iyun. Markaziy Osiyo mamlakatlari kubogi. Tojikiston – Oʻzbekiston, 2:2.
  • 1995-yil 6-may. 1996-yilgi Yevropa chempionati uchun saralash oʻyini. Rossiya – Farer orollari, 3:0.

Murabbiylik faoliyati

2002-yilda „Vityaz Podolsk“da oʻynashni tugatgandan soʻng jamoa qolgan va 2003-yilda klubning yoshlar jamoalaridan biriga murabbiy etib tayinlangan. 2006-yilda esa asosiy jamoaga murabbiy etib tayinlangan Muhamadiyev Vityaz Podolskini 2008-yilgacha boshqargan. 2008-yildan 2012-yilgacha Qozonning „Rubin“ klubida sport direktori sifatida ishlagan.

2013-yil iyul oyida Muhamadiyev Tojikiston terma jamoasiniga bosh murabbiy sifatida tayinlangan. Ikki yil davomida jamoani boshqargan va 2015-yil 16-iyulda isteʼfoga chiqqan. Tojikiston terma jamoasidagi lavozimini tark etgach, 2016-yilgi mavsumning birinchi yarmida Baxtiyar Bayseitovning „Ordabasi“dagi murabbiylar shtabida ishlagan.

2016-yil 31-oktyabr kuni „Istiqlol“ klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan. 2017-yilning 18-sentyabr kuni „Istiqlol“ klubi „Panjshir“ jamoasi ustidan 5:0 hisobida gʻalaba qozonib, Tojikiston ligasining oltinchi chempionligini qoʻlga kiritgan. 2018-yilgi AFC kubogi turniridagi ishtirokini guruh bosqichiyoq yakunlaganidan 6 kundan soʻng, 2018-yilning 22-mayda Muhamadiyev „Istiqlol“ klubi bosh murabbiyligidan isteʼfoga chiqqan. Klubga Alisher Toʻxtayev bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

2019-yil 9-iyun kuni Oʻzbekiston Superligasi vakili „Buxoro“ klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan.

2020-yil 30-iyun kuni „Buxoro“ futbol klubi bilan oʻzaro kelishuvga koʻra shartnoma bekor qilindi.

2022-yil 4-fevralda Muhamadiyev Qozonning „Nefis“ klubi bosh murabbiyi boʻlgani va uning rahbarligi ostida jamoa uchta oʻyin oʻtkazgani haqida maʼlumot tarqaldi, biroq rasmiy tayinlov toʻgʻrisida xabar berilmagan.

2022-yil iyun oyida u „Istiqlol“ klubining birinchi vitse-prezidenti etib tayinlandi.

2023-yilda u „Afsonalar kubogi“ musobaqasida MDH terma jamoasiga murabbiylik qildi.

2024-yil fevral oyida Muhamadiyev oʻz faoliyatini boshlagan, ilgari „Paxtakor“ nomi bilan tanilgan Tojikistonning „Vaxsh“ futbol klubi direktori etib tayinlandi.

Vafoti

2025-yil fevralida Turkiyada „Vaxsh“ klubi bilan oʻquv-mashgʻulot yigʻinida boʻlgan paytda Muhamadiyev insult oʻtkazdi. Keyinchalik u Moskvaga olib ketildi va u yerda yana bir necha marta xurujlar kuzatildi. 2025-yil iyunida u Rossiya FMBA Federal miya va neyrotexnologiyalar markazining reanimatsiya boʻlimiga barqaror ogʻir ahvolda yotqizildi va sunʼiy nafas olish apparatiga ulandi. 2025-yil iyun oyi oxirida Muhamadiyev yarim yil davomida bir necha marta insult oʻtkazgani maʼlum boʻldi. 2025-yil sentyabrida u kasalxonadan chiqarildi.

Muhamadiyev 2026-yil 1-yanvarda Moskvada vafot etdi. u yerda klinikalardan birida davolanayotgan edi.

Faoliyat statistikasi

Xalqaro

2016-yil 31-oktyabrga asosan toʻgʻri
Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gol
Tojikiston
1992-yil 1 2
Jami 1 2
Rossiya
1995-yil 1 1
Jami 1 1
Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 1995-yil 6-aprel Lujniki stadioni, Moskva, Rossiya  Farer orollari
3–0
3–0
1996-yilgi Yevropa chempionati saralashi

Boshqaruv

O‘yin 2019-yil 30-sentyabrda o‘tkazilgan Faqat rasmiy musobaqa oʻyinlari hisobga olinadi.
Jamoa Boshlagan Yakunlagan D M UG OʻG Gʻ% Yutuqlar Izoh
Tojikiston Tojikiston 2013-yil iyul 2015-yil 16-iyul 104151718040,00
Tojikiston Istiqlol 2017-yil 1-yanvar 2018-yil 22-may 523710512947071,15 Tojikiston Oliy ligasi (1), Tojikiston Superkubogi (1)
Oʻzbekiston Buxoro 2019-yil 9-iyun 143381232021,43

Yutuqlari

Futbolchi

  • Rossiya chempioni (1) : 1994
  • SSSR Birinchi ligasi gʻolibi: 1988 (birinchi marta oliy ligaga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan Pomirning Dushanbe klubi bilan)
  • 2000-yilgi Oʻzbekiston kubogi finalchisi.

Bosh murabbiy va sport direktori

  • PFL Ikkinchi Divizion Markazi zonasi gʻolibi (1): 2007
  • Rossiya chempioni (2): 2008, 2009
  • Rossiyaning bronza medali sovrindori: 2010
  • Rossiya kubogi sohibi: 2011/2012
  • Rossiya kubogi finalchisi: 2008/2009
  • Rossiya Superkubogi gʻolibi: 2010
  • Hamdoʻstlik chempionlari kubogi gʻolibi: 2010
  • Tojikiston chempioni (2): 2016, 2017
  • Futbol Federatsiyasi kubogi sohibi Tojikiston (2): 2017 , 2018
  • Tojikiston Superkubogi sohibi: 2018
  • OFK kubogi finalchisi: 2017
Yuqori