Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Shavkat Mullajonov (1986-yil 19-yanvarda Zarafshon shahrida tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbolchi, himoyachi pozitsiyasida oʻynagan.

Shavkat Mullajonov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Shavkat Mullajonov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Shavkat Mullajonov
Tavallud sanasi 1986-yil 19-yanvar (1986-01-19) (40 yosh)
Tavallud joyi Zarafshon, Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 1.80 m (5 ft 11 in)
Ampluasi Himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Qizilqum
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004—2007 Qizilqum 67 (2)
2008—2010 Olmaiq 62 (3)
2009 Paxtakor - (-)
2011—2012 Al Ahli SC (Doha) 30 (0)
2012—2013 Al-Nassr 12 (0)
2013 Liaoning F.C. 20 (0)
2014 Olmaiq 13 (0)
2014—2015 Lokomotiv Toshkent 23 (0)
2016 Al-Shaab CSC 12 (0)
2016 Buxoro 12 (0)
2017 Olmaiq 22 (2)
2018 Buxoro 25 (0)
2019 Metallurg Bekobod 24 (1)
2020 Soʻgʻdiyona 17 (0)
2021 Neftchi 18 (0)
Milliy terma jamoa
2010—2015 Oʻzbekiston 39 (0)
Boshqargan klublari
2023—2024 Olimpiya
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Shavkat Mullajonov (1986-yil 19-yanvarda Zarafshon shahrida tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbolchi, himoyachi pozitsiyasida oʻynagan.

2010—2015-yillarda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. 2022-yildan murabbiylik faoliyatini boshlagan.

Faoliyati

Shavkat Mullajonov professional futboldagi ilk faoliyatini 2004-yili oʻz tugʻilib oʻsgan ona shahri Zarafshonning Qizilqum tarkibida boshlagan. Shavkat „konchilar“ tarkibida 2007-yilgacha oʻynaydi. 2007-yilning yozida u Olmaliqning Olmaliq futbol klubiga kelib qoʻshiladi.

U 2009-yili Toshkentning Paxtakor klubi murabbiyining eʼtiboriga tushadi va 2009-yili Paxtakorga keladi. Ammo, u Paxtakor safida zaxirada qolib ketadi va 2010-yili yana Qizilqum klubiga qaytadi. Qizilqum tarkibida bitta oʻyinda maydonga tushib keyin yana Olmaliqqa qaytadi. Oʻsha mavsumda u 25 ta oʻyinda Olamliq tarkibida toʻp suradi.

Shavkat Mullajonov 2011-yilgi Qatarda boʻlib oʻtgan Osiyo kubogi musobaqasida Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida oʻynaydi. Osiyo kubogidan soʻng u Qatarning Al Ahli klubining diqqatini oʻziga tortadi. Shavkat Mullajonov Al Ahli klubida jamoaning haqiqiy lideriga aylanadi va jamoaning asosiy tarkibidan maydonga tusha boshlaydi. Bir yarim yil Al Ahli tarkibida toʻp surib 30 ta oʻyinda maydonga tushgan.

2012-yil boshidan Ar-Riyodning Al-Nassr klubi uni safiga qoʻshishni istaydi va tez orada u Al-Nassr tarkibiga qoʻshiladi. Al-Nassr tarkibida 12 ta ucrashuvda maydonga tushadi. Shundan keyin, 2013-yilning oʻrtalarida u Xitoyga keladi va Shenyan shahri klubi Liaoning Whowin bilan shartnoma imzolaydi. Xitoy klubi tarkibida u bir mavsum oʻynab 20 ta uchrashuvda klub sharafini himoya qiladi.

2014-yili u Oʻzbekistonga qaytadi va Olmaliq klubi safiga qoʻshiladi u yerda yarim mavsum oʻynaydi. 2014-yilgi yozgi transfer oynasi vaqtida Toshkentning Lokomotiv klubiga oʻtdi va 2015-yilgi mavsum yakuniga qadar oʻynaydi. 2016-yilgi mavsum dastlabki qismida BAAning Al-Shabab jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Shu yilning yoz aslida Oʻzbekistongga qaytdi va „Buxoro“ jamoasi bilan shartnoam imzoladi. Shavkat 2016-yil va 2018-yilgi mavsumlarni „Buxoro“ jamoasi tarkibida oʻtkazdi. 2017-yilgi mavsumda „AGMK“ jamoasi tarkibida toʻp surdi. 2019-yil Bekobodning Metallurg jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 2020-yil Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasi tarkibida toʻp surdi. 2021-yilgi mavsumda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasida toʻp surdi va shu yilning soʻnggida faoliyatiga yakunladi.

Murabbiylik faoliyati

2022-yildan Toshkentning Olimpiya jamoasida faoliyat olib bormoqda va 2023-yilda jamoa bosh murabbiyi hisoblanadi.

Terma jamoadagi faoliyati

Terma jamoadagi ilk debyut uchrashuvini 2010-yil 10-avgustda Albaniya termasi bilan boʻlgan oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan.

Osiyo kuboklari final bosqichlari oʻyinlarida 2011-yili 3 ta oʻyinda maydonga tushib chorak final ishtirokchisi boʻlgan boʻlsa 2015-yilgi chempionatda 4 ta oʻyinda terma jamoa sharafini himoya qildi.

Yutuqlari

Al-Nassr tarkibida

  • Chempion Shahzoda kubogi gʻolibi: 2012

Lokomotiv tarkibida

  • Kumush medal sovrindori Oʻzbekiston vitse-chempioni: 2014
  • Chempion Oʻzbekiston kubogi gʻolibi: 2014

Neftchi

  • Chempion Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2021
Yuqori