Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Ildar Magdeev (ruscha: Магдеев, Ильдар; 1984-yil 11-aprelda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik nafaqadagi futbolchi.

Ildar Magdeev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ildar Magdeev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ildar Magdeev
Tavallud sanasi 1984-yil 11-aprel (1984-04-11) (42 yosh)
Tavallud joyi Buxoro, Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 174 cm (5 ft 8 1⁄2 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1999—2001 Oʻzbekiston Buxoro 26 (1)
2002—2010 Oʻzbekiston Paxtakor 127 (5)
2011 Xitoy Tsindao Chjunnen 11 (0)
2011 Oʻzbekiston Paxtakor 1 (0)
2012 Oʻzbekiston Lokomotiv 8 (0)
2013 Oʻzbekiston Oqtepa - (0)
2013 Oʻzbekiston Dinamo 10 (-)
2014 Oʻzbekiston Oqtepa - (-)
Milliy terma jamoa
2002—2012 Oʻzbekiston 23 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Ildar Magdeev (ruscha: Магдеев, Ильдар; 1984-yil 11-aprelda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik nafaqadagi futbolchi.

Futbolchilik faoliyati

Ildar 15 yoshida „Buxoro“ klubi tarkibida kattalar futbolida debyut qilgan. Bu klubdagi dastlabki ikki mavsumda u Oʻzbekiston chempionatida bor yoʻgʻi 2 ta oʻyinda maydonga tushgan boʻlsa, 2001-yilda 22 ta oʻyinda qatnashgan.

2002-yilda Magdeev oʻsha paytda mamlakatning soʻzsiz eng kuchli klubi boʻlgan „Paxtakor“ klubiga oʻtgan. 2002—2007 yillarda „Paxtakor“ Magdeev bilan ketma-ket olti marta „oltin dubl“ga erishgan, Oʻzbekiston chempionati va kubogini qoʻlga kiritgan. 2008—2010-yillarda uch marta kumush medal sohibi boʻlgan, 2009-yilda esa navbatdagi kubokni qoʻlga kiritgan.

2009 va 2010-yillarda u Rossiyaning „Rubin“ va „Ural“ jamoalarini qishki koʻrigiga borgan. 2011-yilda Xitoyning „Qingdao Zhongneng“ klubida oʻynagan. Vataniga qaytgach, „Paxtakor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan, ammo oʻyin amaliyotiga ega boʻlmadi va 2012-yilning yozida Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasiga koʻchib oʻtgan. Lokomotiv klubi tarkibida chempionatda bronza medallarini qoʻlga kiritgan. Keyingi mavsumda Toshkentning boshqa bir klubi, "Oqtepa"da birinchi ligada toʻp surgan. Yozgi transfer oynasi vaqtida Samarqandning „Dinamo“ klubiga oʻtgan. 2014-yilda yana „Oqtepa“ safida oʻynab, Oʻzbekiston kubogi chorak finaliga qadar yetib borgan.

Xalqaro faoliyati

2002-yilning 21-avgustida Ozarbayjonga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida debyut qilgan.

Ildar 2004-yilgi Osiyo Kubogida qatnashgan, ikki oʻyinda, Turkmanistonga qarshi guruh bosqichida va Bahrayn bilan chorak finalda maydonga tushgan. 2007-yilda Osiyo Kubogi final turnirida ham terma jamoaga kiritilgan, biroq birorta ham oʻyinda maydonga tushmagan.

Terma jamoa tarkibidagi soʻnggi oʻyinini 2012-yilning 29-fevralida Yaponiyaga qarshi oʻtkazgan. Magdeev terma jamoada jami 23 ta oʻyin oʻtkazgan. Rasmiy oʻyinlarda terma jamoa safida gol ura olmagan, ammo 2009-yilning yanvarida Sankt-Peterburgning „Zenit“ klubi bilan sinov oʻyinida gol urgan.

Murabbiylik faoliyati

2021-yil Oʻzbekiston U-18 terma jamoasida bosh murabbiylik qilgan.

Yutuqlari

  • Oʻzbekiston chempioni (6): 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007
  • Oʻzbekiston kubogi sohibi (7): 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2009

Xalqaro musobaqalar

  • MDH chempionlar kubogi: (1) 2007
Yuqori