Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Viktor Aleksandrovich Karpenko (ruscha: Карпенко, Виктор Александрович; 1977-yil 7-sentyabr) – nafaqadagi oʻzbek professional futbolchisi, yarim himoyachi ampul

Viktor Karpenko

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Viktor Karpenko
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Viktor Aleksandrovich Karpenko
Tavallud sanasi 1977-yil 7-sentyabr (1977-09-07) (49 yosh)
Tavallud joyi Buxoro, Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 180 cm (5 ft 11 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1997—1998 Buxoro 47 (5)
1999 Qizilqum 1 (0)
2000—2004 Shinnik 71 (13)
2002 Chita FK 31 (14)
2004 Sokol Saratov 15 (0)
2005—2006 Qayrat 39 (11)
2007—2012 Bunyodkor 203 (38)
2013—2014 Lokomotiv 35 (5)
2015 Shoʻrtan 45 (6)
2015—2016 Bunyodkor 13 (1)
Milliy terma jamoa
2003—2014 Oʻzbekiston 59 (4)
Boshqargan klublari
2022 Bunyodkor
2024—2025 Buxoro
2025 Buxoro Vaqtinchalik murabbiy
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Viktor Aleksandrovich Karpenko (ruscha: Карпенко, Виктор Александрович; 1977-yil 7-sentyabr) – nafaqadagi oʻzbek professional futbolchisi, yarim himoyachi ampulasida oʻynagan. 2003-yildan 2014-yilgacha Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan. Hozir murabbiy.

Jamoalardagi faoliyati

Professional faoliyatini 1997-yilda „Buxoro“ klubida boshlagan. 1999-yilda Zarafshonning „Qizilqum“ jamoasida oʻynagan. 2000-yilda Rossiyaga koʻchib oʻtgan va u yerda Yaroslavlning „Shinnik“ jamoasida oʻynagan. 2002-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Shinnik Viktorni oʻsha paytda birinchi divizionda oʻynagan „Lokomotiv Chita“ jamoasiga ijaraga bergan. Chita jamoasi tarkibida 14 ta gol urgan. 2005-yilda Viktor Qozogʻistonga koʻchib oʻtgan va u yerda Olmaotaning „Qayrat“ jamoasida oʻynagan. 2007—2012-yillarda Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasida oʻynagan. 2013-yil 26-yanvarda Karpenko Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2015-yilning avgust oyida esa „Bunyodkor“ jamoasiga qaytgan.

Xalqaro

Karpenko 2003-yilning 2-aprelida Belarus terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (2:2) debyut oʻyinini oʻtkazgan. 2003—2014-yillar oraligʻida Karpenko Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi tarkibida 61 ta oʻyinda maydonga tushgan va 4 ta gol muallifi boʻlgan. 2007-yilda Rauf Inileyev Viktorni 2007-yilgi Osiyo Kubogida ishtirok etuvchi yakuniy tarkibga kiritgan. Viktor turnir davomida 3 ta oʻyin oʻtkazgan: Malayziyaga (5:0), Xitoyga (3:0) va chorak finalda Saudiya Arabistoniga qarshi (1:2) oʻyinlarda ishtirok etgan. Karpenko Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibida soʻnggi bor 2014-yilning 29-may kuni Ummonga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan.

Murabbiylik

Futbolchilik faoliyatini tugatgandan soʻng Karpenko „Bunyodkor“ klubiga murabbiy boʻlgan.

Yutuqlar

Klub

Bunyodkor
  • Oʻzbekiston ligasi (4): 2008, 2009, 2010, 2011
  • Oʻzbekiston kubogi (3): 2008, 2010, 2012
  • Osiyo Chempionlar Ligasi yarim finali (2): 2008, 2012
Lokomotiv
  • Oʻzbekiston kubogi (1): 2014-yil
  • Oʻzbekiston Ligasi ikkinchi oʻrinchisi (1): 2013-yil
  • Rossiya chempionatining birinchi divizioni gʻolibi: 2001-yil
Yuqori