Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Aleksandr Andreyevich Xomyakov (1969 -yil 5-martda tugʻilgan) – sovet va rossiyalik sobiq professional futbolchi, darvozabon sifatida oʻynagan. Oʻzbekiston Supe

Aleksandr Xomyakov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Aleksandr Xomyakov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Aleksandr Andreyevich Xomyakov
Tavallud sanasi 1969-yil 5-mart (1969-03-05) (57 yosh)
Tavallud joyi SSSR
Boʻyi 189 cm (6 ft 2 12 in)
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Buxoro
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1987 Dinamo Mahachqalʼa 5 (-)
1990 Dinamo Mahachqalʼa 8 (-)
1990 Dagdizel Kaspiysk - (-)
1991 Sokol Saratov 15 (-)
1992 Sokol Saratov - (-)
1992—1995 Energiya Voljskiy 48 (-)
1996 Nalchik Spartak 11 (-)
1997 Energiya Voljskiy 11 (-)
1998—1999 Diana Voljsk 63 (-)
1999—2000 Qarabagʻ FK 7 (-)
2000 Salyut Saratov 12 (-)
2001 Oqjetpes FK 6 (-)
2003 Spartak Yoshkar-Ola 32 (-)
2004—2007 Energiya Voljskiy 15 (-)
Boshqargan klublari
2010—2012 Mash’al Akademiya
2013—2019 Mashʼal
2019—2020 Andijon
2020 Buxoro (yordamchi)
2021—2022 Mashʼal
2023—2025 Andijon
2025— Buxoro
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Aleksandr Andreyevich Xomyakov (1969 -yil 5-martda tugʻilgan) – sovet va rossiyalik sobiq professional futbolchi, darvozabon sifatida oʻynagan. Oʻzbekiston Superligasi ishtirokchisi – „Buxoro“ klubida bosh murabbiy boʻlib ishlaydi.

Futbolchilik faoliyati

Kaspiysk shahridagi oʻsmirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi. Professional faoliyatini 1987-yilda Mahachqalʼaning „Dinamo“ jamoasida boshlagan. 1991-yilda „Sokol-Saratov“ klubiga oʻtdi. 1992-yildan 1995-yilgacha Volganing „Torpedo“ jamoasida oʻynagan. Keyinchalik, „Nalchik-Spartak“, „Diana Voljsk“ va „Salyut-Saratov“ klublarida toʻp surgan. 2001-yilda Qozogʻistonga koʻchib, „Yesil-Kokshetau“ klubida oʻynagan, 6 oʻyinda 15 ta gol oʻtkazib yuborgan va tez orada klubni tark etdi. 2003-yilda Yoshkar-Olaning „Spartak“ jamoasida oʻynagan. Faoliyatini Volga „Torpedo“ jamoasida yakunlagan.

Murabbiylik faoliyati

Aleksandr Xomyakov murabbiylik faoliytini Oʻzbekistonda, Muborakning "Mash’al Akademiya" jamoasida yoshlar futbolchililarga murabbiylik qilishdan boshlagan va 2011-yilgi mavsumda akademiyaning asosiy jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan. 2013-yilgi mavsum boshida akademiyadagi muvaffaqiyatlaridan soʻng Muborakning asosiy jamoasi „Mashʼal“ klubining bosh murabbiy sifatida tayinlangan.

2014-yil OFKning murabbiylik PRO litsenziyasini olgan. 2019-yilgacha Muborakliklar bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. 2019-yilgi mavsumning ikkinchi qismida „Andijon“ klubi bilan shartnoma imzolagan va bosh murabbiy etib tayinlangan 2020-yil mavsum boshida „Andijon“ klubida isteʼfoga chiqarilgan. Ikki yillik tanaffusdan soʻng yana Muborakning „Mashʼal“ klubiga bosh murabbiy sifatida qaytgan. 2022-yilgi mavsum boshida oʻz xoxishiga koʻra bosh murabbiylikdan ketgan.

2022-yilgi mavsumda Andijon jamoasida murabbiylik qilgan Viktor Kumikovga yordamchi sifatida ishlagan. 2023-yilgi mavsum boshida Kumikov Qozogʻiston jamoalaridan tushgan taklif sababli „Andijon“ klubini tark etgan va Xomyakov bosh murabbiy sifatida tayinlangan. Xomyakov qoʻl ostida Andijon jamoasi 2024-yil 5-oktyabrda 2024-yilgi Oʻzbekiston kubogi finalida Navbahor jamoasini 3-2 hisobida magʻlub etgan va oʻz tarixidagi dastlabki sovrinini qoʻlga kiritgan.

„Andijon“ klubining 2025-yilgi Oʻzbekiston Superligasida ketma-ket 5 marta magʻlubiyatga uchraganidan soʻng, bosh murabbiylikdan ketgan.

2025-yildan buyon „Buxoro“ futbol klubi bosh murabbiyi.

Yutuqlar

Murabbiy sifatida

Mash’al
  • Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2013
  • Oʻzbekiston Pro ligasi Ikkinchi oʻrin: 2018
  • Oʻzbekiston PFL kubogi gʻolibi: 2014
  • Oʻzbekiston PFL kubogi Ikkinchi oʻrin: 2015
Andijon
Buxoro
  • Oʻzbekiston Kubogida ikkinchi oʻrin: 2025
Yuqori