Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Igor Sergeevich Ivanov (ruscha: И́горь Серге́евич Ивано́в; 23-sentyabr 1945-yil, Moskva) — 2011-yildan Rossiya xalqaro ishlar kengashi prezidenti.

Igor Ivanov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Igor Sergeevich Ivanov
ruscha: Игорь Сергеевич Иванов
 Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri
Mansab davri
1998-yil 11-sentyabrdan  2004-yil 9-martgacha
Hukumat boshligʻi Yevgeniy Primakov
Sergey Stepashin
Vladimir Putin
Mixail Kasyanov
Prezident Boris Yeltsin (1999-yilgacha)
Vladimir Putin
Oʻtmishdoshi Yevgeniy Primakov
Vorisi Sergey Lavrov
 Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi
Mansab davri
2004-yil 9-martdan  2007-yil 17-iyulgacha
Prezident Vladimir Putin
Oʻtmishdoshi Valentin Sobolev
Vorisi Valentin Sobolev (v. b.)
Nikolay Patrushev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1945-yil 23-sentyabr (1945-09-23) (80 yosh)
Moskva

Igor Sergeevich Ivanov (ruscha: И́горь Серге́евич Ивано́в; 23-sentyabr 1945-yil, Moskva) — 2011-yildan Rossiya xalqaro ishlar kengashi prezidenti.

2023-yil 9-noyabrda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi munosabati bilan Kanada Ivanovga „Qrimning bosib olinishidan boshlab Ukrainaga davom etayotgan bosqin toʻgʻrisida yolgʻon xabarlar, dezinformatsiya va harbiy tashviqotni faol tarqatgani uchun“ sanksiyalar kiritdi.

Biografiyasi

Moskvadagi Suvorov harbiy maktabini (1963) va Moskva davlat xorijiy tillar institutini (1969) tugatgan.

1969—1973 yy. SSSR Fanlar Akademiyasi jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar Instituti tadqiqotchisi.

1973—1978 – SSSR Tashqi ishlar vazirligining Yevropa boʻlimi ikkinchi kotibi, Ispaniyadagi elchixonasi 1-kotibi.

1978—1983 – SSSRning Ispaniyadagi elchixonasi maslahatchisi.

1983—1984 – Tashqi ishlar vazirligida Yevropa boʻlimi 1-darajali kotibi.

1984—1986 – SSSR tashqi ishlar vaziri maslahatchisi.

1986—1987 – SSSR tashqi ishlar vazirligi kotibiyati mudiri.

1987—1989 – SSSR tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari.

1989—1991 – SSSR tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.

1991 —1992 – SSSRning Ispaniyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi.

1992—1995 – Rossiya Federatsiyasining Ispaniyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi.

1995—1998 – Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari.

1998—2004 – Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri.

1998—2007 – Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashi aʼzosi.

2004—2007 – Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashi kotibi.

2011-yildan – Rossiya Prezidentining xalqaro ishlar boʻyicha Kengashi aʼzosi.

2012-yil iyunda Bilderberg konferensiyasida Rossiya nomidan qatnashdi.

Mukofotlari

Rossiya Federatsiyasi Qahramoni (1999-yil 27-oktyabr)

2-darajali "Vatanga xizmatlari uchun" ordeni (1999)

III darajali „Vatanga xizmatlari uchun“ ordeni (2005)

IV darajali „Vatanga xizmatlari uchun“ ordeni (1996)

"Hurmat belgisi" ordeni (1988)

"Moskvaning 850 yilligi xotirasiga" medali

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining minnatdorchiligi (1995, 1996, 1997, 1998, 1999, 2002)

Sent-Karlos ordeni Buyuk Xoch (2001, Kolumbiya)

Doʻstlik ordeni (2001, Vyetnam).

1-darajali „Doʻstlik“ ordeni (2001, Qozogʻiston)

A. M. Gorchakovning esdalik medali (2005, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi)

Rossiya biografiya institutining kumush xoch mukofoti (1999)

„Yil odami“ mukofoti (1999)

II darajali Muqaddas Havoriylarga teng knyaz Vladimir ordeni (2003, Rus pravoslav cherkovi)

Rossiya Federatsiyasi Diplomatik xizmatidagi namunali xodim (2003-yil 31-iyul) – Rossiya Federatsiyasining tashqi siyosatini amalga oshirishdagi xizmatlari va koʻp yillik samarali diplomatik faoliyati uchun.

Yuqori