Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Qadriddin Aslonov (tojikcha: Қадриддин Аслонов); 1947–1992) – Tojikistonning birinchi muvaqqat Prezidenti (31-avgust 1991 – 20-sentyabr 1991).

Qadriddin Aslonov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Qadriddin Aslonov
Tojikiston Prezidenti
v.b.
Mansab davri
1991-yil 31-avgustdan  1991-yil 20-sentyabrgacha
Hukumat boshligʻi Akbar Mirzoyev
Abdumalik Abdullajonov
Oʻtmishdoshi Rahmon Nabiyev
Vorisi Rahmon Nabiyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1951-yil 1-avgust (1951-08-01) (74 yosh)
Kevron

Qadriddin Aslonov (tojikcha: Қадриддин Аслонов); 1947–1992) – Tojikistonning birinchi muvaqqat Prezidenti (31-avgust 1991 – 20-sentyabr 1991).

Biografiyasi

Qadriddin Aslonov 1947-yil 29-mayda Tojikistonning Garm viloyatida tugʻilgan.

Mehnat faoliyatini ustaxona mudiri sifatida boshlagan. 1969-yildan 1973-yilgacha kolxozda brigada mexanigi boʻlib ishlagan.

1973-1983-yillarda Tojikiston komsomolining Kolxozobod tuman komitetining ikkinchi, keyin birinchi kotibi, qishloq xoʻjaligi texnikasi birlashmasi boshqaruvchisi, Qoʻrgʻontepa viloyat qishloq xoʻjaligini ishlab chiqarish-texnik taʼminlash birlashmasi raisi boʻlgan.

1983—1988 – Tojikiston Kommunistik partiyasi Panj tuman qoʻmitasi birinchi kotibi. 1988—1989-yillarda Tojikiston Davlat qishloq xoʻjaligi sanoati raisining birinchi oʻrinbosari boʻlgan.

1989—1990 – Tojikiston Kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti kotibi. 1990-yilda Tojikiston Oliy Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari, 1990-yil 30-noyabrdan 1991-yil 23-sentyabrgacha Tojikiston Oliy Kengashi raisi boʻlgan. Bu lavozimda Aslonov oʻz farmoni bilan Respublika Kommunistik partiyasini tugatdi va uning mulkini milliylashtirdi.

1991 yil sentyabr oyida – Tojikistonning vaqtincha prezidenti. 21-sentyabrda Qadriddin Aslonov Dushanbedagi Ozodi maydonidagi Lenin haykalini buzish va Tojikiston Kommunistik partiyasini taqiqlash haqidagi farmonlarni imzoladi. Kommunistik partiya tarafdorlari 23-sentyabr kuni farmonga qarshi miting oʻtkazdilar. Dushanbeda Oliy Kengashning favqulodda sessiyasi ochildi, unda Aslonovning noqonuniy xatti-harakatlari va poytaxtdagi siyosiy vaziyat masalalari muhokama qilindi.

1992-yil noyabr oyida (aniq sanasi nomaʼlum) Sangak Safarov tomonidan oʻldirilgan. Tojikiston Respublikasi Sarband viloyatida (sobiq Kalininobod viloyati) dafn etilgan.

Yuqori