![]() | |||||||
| |||||||
| Tashkil topgan | 2006 | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Tugatilgan amaliyotlari | 5-sentyabr 2016-yil | ||||||
| Baza aeroporti | Kobul xalqaro aeroporti | ||||||
| Qoʻshimcha havo tuguni | Qandahor xalqaro aeroporti | ||||||
| Tez uchish dasturlari | Saffron Rewards | ||||||
| Park hududi | 34 | ||||||
| Parvoz yoʻnalishlari | 18 | ||||||
| Egasi | Safi Airways Ltd | ||||||
| Bosh qarorgohi | Qobul, Afg'oniston | ||||||
| Muhim shaxslar |
| ||||||
| Sayti | safiairways.com | ||||||
Safir Airways (Pushtu tili: صافي هوايي شرکت; Forscha:خطوط هوایی صافی) — Afg‘onistondagi birinchi va eng yirik xususiy aviakompaniyalardan biri. Uning bosh qarorgohi Afgʻonistonning Kobul shahri, Shahr-e-Naw hududida joylashgan. Maʼmuriy ofisi esa Dubay aeroportining erkin iqtisodiy zonasida faoliyat yuritgan. 2016-yil sentabr oyida aviakompaniya qarzlari va soliqlarini toʻlamagani sababli Afgʻoniston hukumati tomonidan uning faoliyati toʻxtatilgan.
Tarixi


Safi Airways Safi Groupning shoʻba korxonasi sifatida tashkil etilgan boʻlib, 2006-yilda uning raisi va bosh direktori Gʻulom Hazrat Safi tomonidan asos solingan. 2009-yil 15-iyunda Safi Airways Afgʻoniston poytaxti Kobul va Germaniyaning Frankfurt aeroporti oʻrtasida parvozlarni yoʻlga qoʻygan. Biroq, 2010-yil 24-noyabrda Yevropa Ittifoqi barcha afgʻon aviakompaniyalarining Yevropaga parvoz qilishini taqiqlagani sababli ushbu qatnovlar toʻxtatilgan va shundan buyon qayta tiklanmagan.
2009-yil 5-noyabrda Safi Airways aviakompaniyasi Airbus A340-300 samolyotini qabul qilib oldi. Biroq Frankfurt yoʻnalishi Yevropa Ittifoqi taqiqi tufayli toʻxtatilganidan soʻng, ushbu samolyotdan foydalanish ham bosqichma-bosqich toʻxtatildi. 2011-yilda Safi Airways oʻzining Boeing 737-300 samolyotlarini Airbus A32x turkumidagi samolyotlar bilan almashtirdi. 2016-yilda esa uzoq masofali yoʻnalishlar uchun Airbus A330 samolyotini sotib olish rejalashtirilgan edi, biroq bu reja amalga oshmadi.
2012-yil fevralidan buyon Safi Airways Yevropa aviatsiya xavfsizligi agentligi (EASA), IATA operatsion xavfsizlik auditi (IOSA) va Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) talablariga muvofiq faoliyat yuritayotgan birinchi afgʻon aviakompaniyasi hisoblangan.
2016-yil 5-sentyabrda Afgʻoniston hukumati toʻlanmagan qarzlar va soliqlar sababli Safi Airways aviakompaniyasini barcha operatsiyalarini toʻxtatgan.
Yoʻnalishlari
2018-yil sentyabr holatiga koʻra, Safi Airways quyidagi yoʻnalishlarga xizmat koʻrsatdi:
| Mamlakat | Shahar | Aeroport | Ref |
|---|---|---|---|
| Afgʻoniston | Bagram | Bagram aerodromi | |
| Afgʻoniston | Hirot | Hirot xalqaro aeroporti | |
| Afgʻoniston | Qobul | Kobul xalqaro aeroporti | |
| Afgʻoniston | Balx | Balx xalqaro aeroporti | |
| Afgʻoniston | Qandahor | Qandahor xalqaro aeroporti | |
| Bahrayn | Manama | Bahrayn xalqaro aeroporti | |
| Canada | Toronto | Toronto xalqaro aeroporti | |
| Germaniya | Frankfurt | Frankfurt aeroporti | |
| Germaniya | Kyoln/Bonn | Kyoln Bonn aeroporti | |
| Germaniya | Gamburg | Gamburg xalqaro aeroporti | |
| Hindiston | Dehli | Indira Gandi xalqaro aeroporti | |
| Hindiston | Haydarobod | Rajiv Gandi xalqaro aeroporti | |
| Eron | Tehron | Mehrobod xalqaro aeroporti | |
| Eron | Mashhad | Mashhad xalqaro aeroporti | |
| Quvayt | Quvayt | Kuvayt xalqaro aeroporti | |
| Pokiston | Islomobod | Islomobod xalqaro aeroporti | |
| Pokiston | Karachi | Karachi xalqaro aeroporti | |
| Saudiya Arabistoni | Jidda | Qirol Abdulaziz xalqaro aeroporti | |
| Birlashgan Arab Amirliklari | Abu Dabi | Abu Dabi xalqaro aeroporti | |
| Birlashgan Arab Amirliklari | Dubay | Dubay xalqaro aeroporti | |
| Birlashgan Arab Amirliklari | Sharja | Sharja xalqaro aeroporti |
- Use dmy dates from February 2023
- Afgʻoniston aviakompaniyalari