(dan yoʻnaltirildi)

Kavkazorti — Kavkazning Katta Kavkaz yoki Bosh (Suvayirgʻich) tizmasidan janubdagi qismi. Kavkazortiga Katta Kavkaz janubiy yon bagʻrining koʻp qismi, Kolxida pasttekisligi va Kura-Arake pasttekisligi, Armaniston togʻligi, Tolish togʻlari va Lenkoran pasttekisligi kiradi. Kavkazortida Ozarbayjon, Armaniston va Gurjiston respublikalarining asosiy qismi joylashgan.
Turkumlar::
- Kavkaz
- Sharqiy Yevropa
- Gʻarbiy Osiyo