| Wonka | |
|---|---|
| Rejissyor(lar) | Paul King |
| Prodyuser(lar) |
|
| Ssenariy muallif(lar)i |
|
| Qaysi asarga asoslangan | Qahramonlar –Roald Dahl |
| Rollarda |
|
| Bastakor(lar) |
|
| Operator(lar) | Chung-hoon Chung |
| Montajyor(lar) | Mark Everson |
| Studiya |
|
| Distribyutor |
|
| Premyera sanasi |
|
| Davomiylik | 116 minut |
| Mamlakatlar |
|
| Til | inglizcha |
| Byudjet | $125 million |
| Daromad | $272.1 million |
Wonka (oʻzbekcha: Vonka) — 2023-yilgi musiqiy fantastik film, rejissyor Paul King, u King hikoyasi asosida Saymon Farnabi bilan hamkorlikda ssenariy yozgan. U 1964-yilda Roald Dahlning Charli va shokolad fabrikasi romani qahramoni Willy Wonkaning shokolad sotuvchi sifatidagi faoliyatining ilk kunlarini aks ettiradi. Filmda bosh rolni Timothée Chalamet oʻynagan, shuningdek, Calah Lane, Keegan-Michaell Key, Paterson Joseph, Matt Lucas, Mathew Baynton, Sallt Hawkins, Rowan Atkinson, Jim Carter, Natasha Rothwell, Olivia Colman va Hugh Grant kabi aktyorlar ham filmda bir qator rollarni ijro etgan. Bu „Villi Vonka va shokolad fabrikasi“ (1971-yil) va „Charli va shokolad fabrikasi“ (2005-yil) filmlaridan keyin Roald Dalhning romaniga asoslangan holda suratga olingan uchinchi filmdir.
Filmni suratga olish ishlari Warner Bros. Pictures 2016-yil oktabr oyida personajga boʻlgan huquqlarni qayta qoʻlga kiritgandan soʻng boshlangan va filmda personajning kelib chiqish tarixi haqida hikoya qilinishi eʼlon qilindi. Paul King Wonkani 1971-yilgi filmga „yordamchi qism“ sifatida ishlab chiqqan va shuning uchun Oompa Loompalarning baʼzi musiqalari, tematik elementlari va vizual dizaynlari bu filmda takrorlanadi. 2021-yil may oyida Timothée Chalamet Wonka rolini oʻynashi tasdiqlanadi va oʻsha yilning sentabr oyida yordamchi aktyorlar tarkibi ham eʼlon qilinadi. Asosiy suratga olish ishlari Buyuk Britaniyada 2021-yil sentyabr oyida boshlangan. Suratga olish ishlari Watfordning Livsden hududidagi Warner Bros. Studios, shuningdek, Oxford, Lyme Regis, Bath, Sent-Albans va Londonning Crofton Parkdagi Rivoli Ballroom zalida amalga oshirilgan. Film uchun tanlangan qoʻshiqlar Neil Hannon tomonidan kuylangan, qoʻshiq kompozitori esa Joby Talbot hisoblanadi.
2023-yil 28-noyabr kuni Londondagi Southbank Centerdagi Royal Festival Hall zalida Wonka filmining jahon premyerasi boʻlib oʻtdi. U Buyuk Britaniyada 8-dekabrda, AQShda esa 15-dekabrda Warner Bros. Pictures tomonidan premyera qilingan. Film butun dunyo boʻylab 272 million dollar miqdorida daromad yigʻdi va tanqidchilardan umuman holatda ijobiy baho olishga erishdi. Oʻzining ijrosi uchun Timothée Chalamet „Oltin globus“ mukofotining „Eng yaxshi aktyor“ – musiqiy yoki komediya filmi nominatsiyasiga nomzod boʻldi.
Syujeti
Willy Wonka intiluvchan sehrgar, ixtirochi va shokolad tayyorlovchi personaj. U Galeries Gourmetda oʻz shokolad doʻkonini ochish uchun Yevropaga keladi. Arzimagan jamgʻarma pullarini ishlatib yuborgach, uni Bleacher oʻz qoʻl ostidagi missis Scrubittning pansionatida qolishga majbur qiladi, sababi Willy yetim Noodlening jarima toʻgʻrisidagi qatʼiy ogohlantirishlariga qaramay, savodsizligi sababli shartnoma imzolagan edi. Shokolad doʻkoniga ega boʻlmagan holatda shirinlik sotgani uchun politsiya boshligʻiga Willyning daromadlarini musodara qilish uchun qoʻngʻiroq qilgan uch raqib shokoladchilarga javoban u raqiblarini mazahlashga yordam bergan „hoverchocs“ nomli odamlarni uchiruvchi shokoladlarni taqdim etadi va shu orqali jarimalarini toʻlash uchun pul jamgʻaradi.
Rollarda

- Timothée Chalamet Willy Wonka rolida, izlanuvchan ixtirochi va shokoladchi boʻlib, oʻzining shokolad doʻkonini ochishni orzu qiladi.
- Colin O'Brien Willy Wonkaning yoshligi rolida
- Calah Lane Noodle rolida, Willyning assistanti boʻladigan yetim qizaloq
- Keegan-Michael Key shokolad karteli bilan til biriktirgan nomaʼlum ismli shokoladxoʻr politsiya boshligʻi rolida
- Paterson Joseph Artur Slugvort, korrupsion biznesmen va Shokolad karteli rahbari, Noodlening amakisi rolida
- Matt Lucas Gerald Prodnose,rolida, korrupsion biznesmen va Shokolad kartelining aʼzosi
- Mathew Baynton Felix Fickelgruber rolida, korrupsion biznesmen va Shokolad kartelining aʼzosi „kambagʻal“ soʻziniyoqtirmaydigan personaj.
- Sally Hawkins Willy Wonkaning onasi
- Rowan Atkinson Julius Ota, shokolad karteli bilan ittifoq qiluvchi shokoladga qaram ruhoniy
- Jim Carter Abacus Crunch rolida
- Natasha Rothwell Piper Benz rolida
- Olivia Colman Mrs. Scrubitt rolida
- Hugh Grant Lofty rolida, Wonkaning ittifoqchisi boʻlgan Oompa-Loompa
- Rich Fulcher Larry Chucklesworth rolida
- Rakhee Thakrar Lottie Bell rolida
- Tom Davis Bleacher rolida
- Kobna Holdbrook-Smith ofitser Affable rolida
- Simon Farnaby Basil rolida
- Charlotte Ritchie Barbara rolida
- Ellie White Gwennie rolida
- Sophie Winkleman grafinya rolida
- Murray McArthur kema kapitani rolida
- Tracy Ifeachor Dorothy Smith rolida, Noodlening onasi
- Isy Suttie Meva va sabzavotlar sotuvchisi rolida
- Phil Wang Colin rolida
- Tim FitzHigham dahshatli kema kapitani rolida
Musiqa va saundtrek
Ilohiy komediyaning solisti Neil Hannon film qoʻshiqlarini kuylagan. Qoʻshiqlar kompozitor Joby Talbot tomonidan yaratilgan. Filmdagi qoʻshiqlar va yozuvlardan iborat saundtrek WaterTower Music tomonidan 2023-yil 8-dekabrda chiqarilgan.
Mukofotlar
| Mukofot | Marosim sanasi | Turkum | Qabul qiluvchi(lar) | Natija | Ref. |
|---|---|---|---|---|---|
| Tanqidchilar tanlovi kino mukofotlari | 2024-yil 14-yanvar | Eng yaxshi yosh aktyor/aktrisa | Calah Lane | Nomzodlikka qoʻyilgan | |
| Eng yaxshi kostyum dizayni | Lindy Hemming | Nomzodlikka qoʻyilgan | |||
| Oltin globus mukofotlari | 2024-yil 7-yanvar | Eng yaxshi aktyor – komediya yoki musiqiy film | Timothée Chalamet | Nomzodlikka qoʻyilgan | |
| Media mukofotlarida Gollivud musiqasi | 2023-yil 15-noyabr | Original qoʻshiq – ilmiy-fantastik/fantastik film | Neil Hannon, Simon Farnaby va Paul King („A World of Your Own (Oʻzingning dunyosi)“) | Nomzodlikka qoʻyilgan | |
| Neil Hannon, Simon Farnaby, and Paul King („You've Never Had Chocolate Like This (Sizda hech qachon bunday shokolad boʻlmagan)“) | Nomzodlikka qoʻyilgan | ||||
| Eng yaxshi qoʻshiq – Ekrandagi ijro (film) | Timothée Chalamet („A World of Your Own (Oʻzingga tegishli dunyo)“) | Nomzodlikka qoʻyilgan | |||
| Musiqiy mavzuli film, biopik yoki musiqiy | Wonka | Nomzodlikka qoʻyilgan | |||
Eslatmalar
- Seamus McGarvey filmning asosiy operatori edi, lekin filmga ishlov berish jarayonida vazifasini bajara olmagan. Chung uning oʻrniga ishga olingan va faqat filmning operatori sifatidagina eʼtirof etilgan.
- 2023-yil filmlari
- Ingliz tilidagi filmlar
- IMAX filmlari
- Warner Bros. filmlari
- 4DX-filmlar
- Willy Wonka
- 2023-yil fentezi filmlari
- 2020-yilgi Amerika filmlari
- 2020-yilgi Britaniya filmlari
- Paul King filmlari
- Buyuk Britaniya kinokomediyalari
- AQSH kinokomediyalari