- Vikipediyada ismi Akbar va familiyasi Mirzoyev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Akbar Mirzoyev | |
|---|---|
![]() | |
| Mansab davri 1992-yil 9-yanvardan – 30-avgustgacha | |
| Oʻtmishdoshi | Izzatullo Hayoyev |
| Vorisi | Jamshed Karimov(v.b.) Abdumalik Abdullajonov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1939-yil 15-fevral Xatlon viloyati |
| Mukofotlari | |
Akbar Mirzoyev (tojikcha: Акбар Мирзоев, 1939) – Tojikiston Bosh vaziri (1992).
Biografiyasi
Akbar Mirzoyev 1939-yil Nurekda tugʻilgan.
1960-yil Tojikiston qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan.
1960-1963-yillarda Sovet armiyasida xizmat qilgan.
1963-yildan 1974-yilgacha melioratsiya va suv resurslari tizimida ishlagan.
1987-yili Koʻlob viloyati ijroiya qoʻmitasi raisi boʻlgan.
1988—1990-yillari Tojikiston Xatlon viloyati ijroiya qoʻmitasi raisi.
1991-yilgi prezidentlik saylovida Rahmon Nabiyevni qoʻllagan, soʻng Nabiyev hukumatining raisi boʻlgan.
1992-yil 29-avgustda – Tojikiston Respublikasining Germaniyadagi Muvaqqat ishlar vakili etib tayinlandi. 1994-2001-yillarda – Tojikiston Respublikasining Germaniyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi boʻlgan.
2007-yilda Tojikiston xayriya jamoat fondi vasiylik kengashi raisi etib tayinlandi.
- 15-fevralda tugʻilganlar
- 1939-yilda tugʻilganlar
- Xatlon viloyatida tugʻilganlar
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Hurmat Belgisi ordeni sohiblari
- Tojikiston Bosh vazirlari

