Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Mari stadioni (turkmancha: Mary sport toplumy) — Turkmanistonning Mari shahrida joylashgan koʻp maqsadli stadion. Hozirda asosan futbol oʻyinlari uchun foydalan

Mari stadioni

Sport Toplumy Stadium
Joyi Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston Mari
Koordinatalari 37°36′26″N 61°50′44″E / 37.607191°N 61.845672°E / 37.607191; 61.845672
Qachon ochilgan 2009
Egasi Mari shahar hokimligi
Yuzasi chimli maydon
Bosh pudratchi Kılıç İnşaat
Hajmi 10,000
Maydon egalari
Marv F. K.

Mari stadioni (turkmancha: Mary sport toplumy) — Turkmanistonning Mari shahrida joylashgan koʻp maqsadli stadion. Hozirda asosan futbol oʻyinlari uchun foydalaniladi va Marv jamoasining uy stadioni sifatida xizmat qiladi. Stadion 10 000 kishiga moʻljallangan.

Tarixi

Sport majmuasi 2009-yilning may oyida ochilgan. Birinchi oʻyin mahalliy „Marv“ va Afgʻonistonning „Istiqlol Hirot“ jamoalari oʻrtasida (6:0) boʻlib oʻtgan. Qurilish ishlari Turkiyaning Kılıç İnşaat kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi. Loyiha qiymati 20 million dollar deb baxolangan.

Sport majmuasi hududida 10 ming tomoshabinga moʻljallangan stadiondan tashqari gimnastika, boks, kurash va trenajyor zallari, tennis kortlari, basketbol, ​​mini-futbol va voleybol maydonlari barpo etigan.

Yuqori