![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Aleksandr Sergeyevich Lobanov | ||
| Tavallud sanasi | 1986-yil 4-yanvar | ||
| Tavallud joyi | Toshkent, Oʻzbek SSR | ||
| Boʻyi | 190 cm (6 ft 3 in) | ||
| Ampluasi | Darvozabon | ||
| Vazni | 80 kg | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | | ||
| Raqami | 86 | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2005—2006 | | 25 | (0) |
| 2007 | | 18 | (0) |
| 2008 | | 9 | (0) |
| 2009 | | 4 | (0) |
| 2011 | | 10 | (0) |
| 2012—2015 | | 107 | (0) |
| 2016 | | 8 | (0) |
| 2016—2019 | | 72 | (0) |
| 2019—2023 | | 50 | (0) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2015—2018 | | 20 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (7-aprel 2023 uchun) | |||
Aleksandr Lobanov 1986-yili 4-yanvarda Toshkent shahrida tugʻilgan. Namanganning „Navbahor“ futbol klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni hisoblanadi.
Futbolchilik faoliyati
Aleksandr Lobanov professional futboldagi ilk faoliyatini 2005-yili Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubida boshlagan. Soʻgʻdiyona tarkibida u 25ta oʻyinda maydonga tushgan. 2007-yili Qozogʻistonning „Qaysar“ futbol klubiga oʻtadi va u yeda bir mavsumda 18ta uchrashuvda maydonga tushadi. Keyingi yili qozogʻistonning boshqa bir futbol klubi „Aqjayiq“ safiga oʻtadi, u yerda ham bir mavsum oʻynab, 9ta oʻyinda klub sharafini himoya qiladi. Lobanov 2009-yili Oʻzbekistonga qatadi va Buxoroning „Buxoro“ klubiga kelib qoʻshiladi, Buxoro safida ikki mavsum oʻynaydi va 4ta uchrashuvda maydonga tushadi. 2011-yili Nukusning „Orol“ klubiga oʻtadi.
2012-yili u Paxtakor murabbiyining eʼtiboriga tushadi va „Paxtakor“ klubi bilan 3 yillik shartnoma tuzadi. U birinchi mavsumdanoq Paxtakorning asosiy darvozaboniga aylanadi va oldingi asosiy darvozabon Temur Joʻrayevning oʻrnini egallaydi. u Shu vaqtga qadar Paxtakor safida 90ta uchrashuvga maydonga tushdi.
Persepolis
2016-yilning yanvarida Lobanov Fors koʻrfazi Pro-ligasi vakili „Persepolis“ bilan olti oylik shartnoma imzoladi. Unga 55-raqamli futbolka berildi. U 2016-yilning 12-fevralida „Persepolis“ safida „Fulad“ ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda oʻzining birinchi oʻyinini qayd etdi. Fors diyorida atigi yarim mavsumda sakkizta oʻyinda oʻynadi va Eron klubining ikkinchi darvozaboni bilan raqobatda magʻlub boʻldi. Shu yilning iyul oyi oxirida „Paxtakor“ga qaytdi. 2019-yilda „Metallurg“ (Bekobod) jamoasiga koʻchib oʻtdi. 2023-yil mavsum soʻngida Bekobod klubidagi besh yillik faoliyatidan soʻng „Metallurg“ jamoani tark etgan. 2024-yil fevral oyida "Navbahor" jamoasi bilan shartnoma imzolagan.
Terma jamoadagi faoliyati
Aleksandr Lobanov 2015-yildan boshlab bir qancha oʻyinlarda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safiga jalb etiladi va 2015-yilning 3-sentabrida 2018-yilgi jahon chempionatining saralash bosqichidan joy olgan Oʻzbekiston Yaman uchrashuvida ilk debyutini oʻtkazadi.
Yutuqlari
- Klub safida
Paxtakor
- Oʻzbekiston chempioni (2): 2012, 2014, 2015
- Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2018
- Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori: 2017
Persepolis
- Fors koʻrfazi Pro ligasi ikkinchi oʻrinchisi: 2015-16
- 4-yanvarda tugʻilganlar
- 1986-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Toshkentlik futbolchilar
- Erkak futbol darvozabonlari
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- AGMK futbolchilari
- Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari
- Buxoro klubi futbolchilari
- Aral Samali klubi futbolchilari
- Metallurg Bekobod klubi futbolchilari
- FC Akzhayik futbolchilari
- FC Kaisar jamoasi futbolchilari
- Persepolis F.C. futbolchilari
- Navbahor futbolchilari
- Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari
- Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari
- Osiyo oʻyinlari 2006 futbolchilari
- Erondagi muhojir erkak futbolchilar
- Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar
- Oʻzbekistonlik rus millatiga mansub kishilar
- Alifbo boʻyicha sportchilar
