Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Jamshid Saidov (ruscha: Саидов Джамшид; 14-fevral 1978-yil, Buxoro) – Oʻzbekistonlik sobiq futbolchi va futbol murabbiyi. Futbolchilik faoliyatida asosan Buxoro

Jamshid Saidov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Jamshid Saidov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jamshid Saidov
Tavallud sanasi 1978-yil 14-fevral (1978-02-14) (48 yosh)
Tavallud joyi BuxoroOʻzbekiston SSR
Boʻyi 1.72 cm (1⁄2 in)
Ampluasi Himoyachi / Yarim himoyachi
Vazni 70 kg
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1999—2003 Buxoro 102 (2)
2004 Dinamo 18 (1)
2005—2008 Vobkent 25+ (3+)
Boshqargan klublari
2010—2012 Buxoro (Yordamchi murabbiy)
2012 Buxoro
2015—2017 Buxoro
2019—2020 Andijon
2021—2023 Lokomotiv (Yordamchi murabbiy)
2023—2024 Qizilqum
2025— Lokomotiv (Yordamchi murabbiy)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Jamshid Saidov (ruscha: Саидов Джамшид; 14-fevral 1978-yil, Buxoro) – Oʻzbekistonlik sobiq futbolchi va futbol murabbiyi. Futbolchilik faoliyatida asosan Buxoro viloyati jamoalarida oʻynagan.

Faoliyati

Futbolchilik faoliyati

Saidov professional futboldagi faoliyatini „Buxoro“ klubida, 1999-yilgi mavsumda boshlgaan. Buxoro klubida yarim himoyachi va himoyachi pozitsiyalarida oʻynagan 2004-yilgi mavsumda Samarqandning „Dinamo“ jamoasida oʻynagan. 2005-yilgi mavsumda Buxoroga qaytdi va Vobekntning „Vobkent“ klubi safida oʻynay boshlagan. 2006-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Birinchi ligasi musoboqasida Toshkentning „Quruvchi“ jamoasidan keyin ikkinchi oʻrinni olib Oʻzbekiston Oliy ligasiga „Vobkent“ klubi bilan yoʻllanmani qoʻlga kiritgan. 2008-yilgi mavsumda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Murabbiylik faoliyati

Murabbiylik faoliyatini 2010-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Pro ligasida ishtirok etayotgan Buxoro jamoasida, Gennadiy Kochnevga yordamchi murabbiy sifatida boshlagan. 2011—2012-yilgi mavsumda bir muddat „Buxoro“ klubi bosh murabbiyi vazifasini bajargan. 2013—2015-yillarda Muborakning „Mashʼal“ klub tizimida ishlagan va bosh murabbiy Aleksandr Xomyakovga yordamchilik qilgan. 2014-yilda AFC murabbiylik Pro litsenziyasini qoʻlga kiritgan. 2015-yilgi mavsumda yana „Buxoro“ klubiga bosh murabbiy sifatida qaytdi. 2015-yil 5-iyulda Shuhrat Fayziyev oʻrniga „Buxoro“ klubiga bosh murabbiy sifatida tayinlangan. Jamshid Saidov boshchiligidagi Buxoro jamoasi 2016-yilgi mavsumda oʻz tarixidagi eng yaxshi natijalarni birini qayd etdi. Mavsum davomida barqaror oʻynagan jamoa musoboqa yakunida 4-oʻrinni qoʻlga kiritgan edi. 2017-yilgi mavsumda „Buxoro“ jamoasidan isteʼfoga chiqgan. 2020-yil 27-iyulda „Buxoro“ klubida bosh murabbiylikdan boʻshatilgan Muhsin Muhammadiyev oʻrniga bosh murabbiy sifatida tayinlangan va mavsum soʻngida isteʼfoga chiqgan. 2021-yil Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasi tizimida murabbiy sifatida faoliyatini davom ettirgan. 2023-yil 20-iyunda Navoiyning „Qizilqum“ klubi bosh murabbiyi sifatida shartnoma imzoladi.

Yuqori