Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Ismoil Ergashevich Ergashev (1945—2018) — general-mayor, 2004—2005-yillarda Mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari

Ismoil Ergashev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Shaxsiy maʼlumotlari
Vafoti 24-fevral 2018-yil
Fuqaroligi Sovet Ittifoqi , Oʻzbekiston
Mukofotlari
Unvoni general-mayor

Ismoil Ergashevich Ergashev (1945—2018) — general-mayor, 2004—2005-yillarda Mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Birlashgan shtabi boshligʻi.

Tarjimai holi

1945-yil 5-avgustda Samarqand viloyatining Chelak tumanida tugʻilgan.

Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyati:

  • 1992—1994 - Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi artilleriya boshqarmasi boshligʻi,
  • 1994—1997 - artilleriya qoʻmondoni,
  • 1997—1999 - Mudofaa vazirining moddiy-texnik ta’minot va kapital qurilish boʻyicha oʻrinbosari;
  • 1999—2000 - Mudofaa vazirining jangovar tayyorgarlik boʻyicha oʻrinbosari;
  • 2000—2004 - Markaziy harbiy okrug qoʻmondoni,
  • 2004—2005 - Mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Birlashgan shtabi boshligʻi.

2005-yildan nafaqada. 2005—2007-yillarda Ismoil Ergashevich ErgashevAndijondagi tartibsizliklarni bostirishda ishtirok etgani uchun Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga kirishi taqiqlangan.

General-mayor. I va II darajali,,Shon-sharaf” va,,Jaloliddin Manguberdi” ordenlari bilan taqdirlangan.

2018-yil 24-fevralda vafot etgan.

Oʻgʻli – Pavel Ismoilovich Ergashev, Qurolli Kuchlar Birlashgan shtabining 2017—2021-yillardagi boshligʻi.

Yuqori