Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Robertu Karlus da Silva Rosha (portugalcha: Roberto Carlos da Silva Rocha; 10-aprel 1973, San Paulu) – sobiq braziliyalik futbolchi, chap qanot himoyachisi, shu

Roberto Carlos

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Robertu Karlus
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Roberto Carlos da Silva Rocha
Tavallud sanasi 1973-yil 10-aprel (1973-04-10) (53 yosh)
Tavallud joyi GarçaSan Paulu, Braziliya
Boʻyi 168 cm (5 ft 6 in)
Ampluasi Chap qanot himoyachisi
Laqabi Robbi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini tugatgan
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1988—1991 União São João
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1991—1993 União São João 21 (3)
1992—1993 Atlético Mineiro (ijara) 0 (0)
1993—1995 Palmeiras 44 (3)
1995—1996 Inter Milan 30 (5)
1996—2007 Real Madrid 370 (47)
2007—2009 Fenerbahçe 65 (6)
2010—2011 Corinthians 35 (1)
2011—2012 Anji Mahachqalʼa 25 (4)
2015—2016 Delhi Dynamos 3 (0)
Total 593 (69)
Milliy terma jamoa
1992—2006 Braziliya 125 (11)
Boshqargan klublari
2012 Anji Mahachqalʼa (sport direktori)
2013—2014 Sivasspor
2015 Akhisarspor
2015 Delhi Dynamos
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Robertu Karlus da Silva Rosha (portugalcha: Roberto Carlos da Silva Rocha; 10-aprel 1973, San Paulu) – sobiq braziliyalik futbolchi, chap qanot himoyachisi, shuningdek, markaziy himoyachi va tayanch yarim himoyachi oʻrnida ham oʻynay olgan. Maxachqalaning Anji jamoasi sport direktori. 2002-yilgi Jahon chempionati chempioni, 1998-yilgi Jahon chempionati kumush medal sohibi. FIFA 100 roʻyxatiga kiritilgan. Yevropa Chempionlar ligasida 100dan ortiq oʻyin oʻtkazgan 19 oʻyinchilardan biridir.

Oʻzining tezligi (100 metrni Roberto 11 sekunddan kam vaqtda yugurib oʻtgan) va koʻp gollariga sabab boʻlgan oʻta qattiq zarbasi bilan ancha mashhur hisoblanadi. 1997-yilda yil oʻyinchisi nominatsiyasiga ovoz berish natijasiga koʻra, hamyurti Ronaldodan biroz ortda qolgan holda 2-nchi oʻrinni egalladi. Koʻp vaqt toʻpning uchish tezligi va zarba kuchi boʻyicha 198 km/s. rekord natija unga tegishli boʻlgan Bu rekord 2010-yildagi Jahon chempionati chogʻida nemis Lukas Podolski tomonidan 201 km/s. natija bilan yangilandi.

„Men bu zarbalarni har kuni mashq qilaman va men oʻylaymanki, omad doimiy mashgʻulotlar natijasida keladi“, – Roberto Karlos.

Yuqori