- Vikipediyada ismi Dilorom va familiyasi Toshmuhamedova boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Dilorom Gʻofurjonovna Toshmuhamedova | |
|---|---|
Дилором Ғофуржоновна Тошмуҳамедова | |
![]() | |
| Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri | |
| Mansab davri 2007-yil 20-yanvardan – 2015-yil 5-yanvargacha | |
| Oʻtmishdoshi | Erkin Halilov |
| Vorisi | Nurdinjon Ismoilov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1962-yil 19-fevral Toshkent viloyati, OʻzSSR |
| Fuqaroligi | |
| Siyosiy partiyasi | Oʻzbekiston „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi |
| Mukofotlari | |
Dilorom Gʻofurjonovna Toshmuhamedova (1962-yil 19-dekabr, Toshkentda tavallud topgan) — oʻzbekistonlik shifokor, siyosatchi, jamoat arbobi. 2020-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yoshlar, fan, taʼlim masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari. 2018-2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi „Oila“ markazi direktori. 2007-2015-yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri. Tibbiyot fanlari nomzodi.
Biografiyasi
Maʼlumoti boʻyicha shifokor. 1984-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasini va 2003-yilda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.
1984-1993-yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasida turli lavozimlarda ishlagan.
1993-1997-yillarda „Farmed“ xususiy korxonasi direktori.
1997-2002-yillarda Oliy Majlisning xalqaro aloqalar qoʻmitasi aʼzosi.
2002-2007-yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining xalqaro aloqalar qoʻmitasi raisi.
2007-2015-yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri.
2007-yilda prezidentlikka nomzod boʻlgan.
2015-yil 5-yanvar kungi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 1-majlisida uning oʻrnini deputat, Mudofaa va xavfsizlik qoʻmitasi raisi Nurdinjon Ismoilov egalladi.
2018-yildan 2020-yilgacha — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi „Oila“ markazi direktori.
2020-yil 17-yanvardan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yoshlar, fan, taʼlim masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari
- 19-fevralda tugʻilganlar
- 1962-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston yetakchilari
- Oʻzbekiston senatorlari
- Toshkent tibbiyot akademiyasi bitiruvchilari
- Oʻzbekistonlik shifokorlar
- Oʻzbekiston prezidentligiga nomzodlar
