Nuriddin Moʻydinxonovich Ismoilov (ruscha: Нуриддин Муйдинханович Исмоилов; 1959-yil, Namangan viloyati) – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri (2015-yildan).
| Nuriddin Moʻydinxonovich Ismoilov | |
|---|---|
Нуриддин Мўйдинхонович Исмоилов | |
| Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri | |
| Mansab davri 2015-yil 23-yanvardan | |
| Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev Abdulla Oripov |
| Prezident | Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Dilorom Toshmuhamedova |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1959-yil 20-yanvar Uchqoʻrgʻon tumani, Namangan viloyati, OʻzSSR, SSRI |
| Siyosiy partiyasi | Oʻzbekiston Xalq Demokratik Partiyasi |
| Maʼlumoti | Toshkent davlat universitet |
| Mukofotlari |
|
Biografiyasi
Ismoilov Nuriddin Moʻydinxanovich 1959-yili Namangan viloyatining Uchqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. Millati – oʻzbek. Ma’lumoti – oliy. 1980-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Ixtisosligi – huquqshunos, yuridik fanlari nomzodi.
Mehnat faoliyatini 1980-yilda Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumani prokuraturasining stajori sifatida boshlagan. 1981—1989-yillarda Chust tumanlararo prokurorining yordamchisi, Uchqoʻrgʻon tumanlararo prokurorining yordamchisi, Namangan viloyati prokurorining katta yordamchisi lavozimlarida ishlagan. 1985—1989-yillarda Uychi tumani prokurori, 1989—1995-yillarda Namangan viloyati Adliya boshqarmasining boshligʻi lavozimlarida ishlagan.
1995—2001-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, raisi, 2001—2002-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Qonunchilik va sud hokimiyati organlari bilan aloqalar boʻyicha ekspertlar guruhining rahbari, 2002—2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasining raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish boʻyicha Davlat maslahatchisi sifatida faoliyat olib borgan. 2001–2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida turli lavozimlarda ishlagan. 2015-yil 12-yanvarda Qonunchilik palatasi spikeri etib saylangan.
Mukofotlari
- „Shuhrat“ medali
- „Doʻstlik ordeni“
- Mehnat shuhrati ordeni