![]() | |||
| Toʻliq nomi | Buxoro professional futbol klubi | ||
|---|---|---|---|
| Laqabi | Buxoroliklar Amir klubi Cho‘l jangchilari Koʻhna shaharliklar | ||
| Asos solingan | 1989-yili | ||
| Stadioni | Buxoro Sport Majmuasi | ||
| Sigʻimi | 21 000 | ||
| Bosh direktor | | ||
| Bosh murabbiy | | ||
| Liga | Oʻzbekiston Superligasi | ||
| Vebsayti | Klub sayti | ||
| |||
Buxoro – 1989-yilda Buxoro shahrida tashkil topgan oʻzbek futbol klubi. Mamlakatning oliy futbol divizioni – Oʻzbekiston Superligasi ishtirokchisi.

Tarixi
Jamoa nomlari tarixi
- 1989—1996 „Nurafshon“
- 1997—2021 „Buxoro“
- 2021—2022 „Nurafshon“
- 2022—h. v. „Buxoro“
1960-yilda tashkil etilgan, ammo bir yil avval tarqatib yuborilgan „Buxoro“ jamoasi oʻrniga 1989-yilda „Nurafshon“ futbol klubi sifatida tashkil etilgan. 1989-yilgi debyut mavsumida „Nurafshon“ O‘zbekiston SSR chempionligini qoʻlga kiritdi, shuningdek, Oʻzbekiston SSR kubogida ham ishtirok etdi. 1990-yilda klub SSSR chempionati Ikkinchi kichik ligasining 9-divizioni gʻolibi boʻldi va Ikkinchi ligaga yoʻllanma oldi. 1991-yilgi SSSR tarixidagi soʻnggi chempionatda „Nurafshon“ mavsum yakuniga koʻra Ikkinchi liganing „Sharqiy“ zonasida 4-oʻrinni (22 ta jamoa orasida) egallagan. 1992-yildan Oʻzbekiston milliy chempionatida ishtirok eta boshladi. Oʻzbekiston chempionatining ilk mavsumida mamlakatning qolgan 16 jamoasi qatori „Nurafshon“ ham Oliy ligadan joy oldi. 1992-yilgi mavsum yakunlariga koʻra, Buxoro klubi sensatsion tarzda bronza medali sohibi Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasidan atigi 1 ochkoga ortda qolib, 4-oʻrinni egalladi. 1993-yilda „Nurafshon“ 5-oʻrinni egallagan boʻlsa, 1994-yilgi mavsumda kumush medal sohibiga aylandi: amaldagi chempion – Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasidan 7 ochkoga ortda qoldi va bronza medali sohibi – Namanganlik „Navbahor“dan 4 ochkoga oldinga chiqib oldi.
Klub 1996-yilgacha „Nurafshon“ deb atalgan boʻlsa, 1997-yildan boshlab oʻzining asl nomi – „Buxoro“ga oʻzgartirilgan. 2009-yilgacha jamoa uzluksiz Oʻzbekiston Oliy ligasida oʻynagan.
Bu davrda Buxoro klubi mavsum yakunlariga koʻra, asosan turnir jadvalining oʻrtalarida yoki oxiridagi (5-oʻrindan 15-oʻringacha) oʻrinlarni egallagan.
2009-yilgi mavsumda „Buxoro“ soʻnggidan oldingi 15-oʻrinni egallab, Oʻzbekiston chempionatining Birinchi ligasiga tushib ketdi.
2010-yilda „Buxoro“ Birinchi liga gʻolibiga aylanib, „Soʻgʻdiyona“dan 8 ochkoga oʻzib, Oliy ligada oʻynash huquqini qaytarib oldi.
2011-yilgi mavsumdan boshlab „Buxoro“ yana Oliy liganing doimiy ishtirokchisi boʻldi.
2020-yilgi mavsum yakuniga koʻra, Superliga jadvalida 12 ta klub orasida soʻnggi oʻrinni egallab, Pro ligaga yoʻl olgan. 2021-yil 19-martda Buxoro klubi ramzi oʻzgartirildi. 2021-yil 13-iyulda yana Nurafshon professional futbol klubi deb nomlandi. 2022-yil „Buxoro“ klubi Pro ligada Andijonning „Andijon“ klubidan 7 ochko ortda qoldi va 2-oʻrin bilan Oʻzbekiston Superligasiga yoʻl oldi
Mahalliy tarix
| Mavsum | Liga | Oʻzbekiston Kubogi | Eng yaxshi toʻpurar | Bosh murabbiy | |||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Divizion | Oʻrin | Oʻyin | Yutuq | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazilgan gollar | Ochko | Ism | Liga | |||
| 1991 | SSL | 4 | 42 | 20 | 9 | 13 | 72 | 45 | 49 | 11 | |||
| 1992 | Oʻzbekiston Superligasi | 4 | 32 | 20 | 7 | 5 | 59 | 23 | 47 | 1/16 final bosqichi | 15 | ||
| 1993 | 5 | 30 | 15 | 5 | 10 | 46 | 32 | 35 | 1/16 final bosqichi | 9 | |||
| 1994 | 2 | 30 | 20 | 4 | 6 | 63 | 31 | 44 | Chorak final | 19 | |||
| 1995 | 5 | 30 | 13 | 1 | 16 | 39 | 56 | 40 | Chorak final | 12 | |||
| 1996 | 5 | 30 | 15 | 5 | 10 | 52 | 39 | 50 | Chorak final | 12 |
| ||
| 1997 | 7 | 34 | 16 | 5 | 13 | 57 | 55 | 53 | Chorak final | 14 | |||
| 1998 | 6 | 30 | 13 | 4 | 13 | 51 | 50 | 43 | Chorak final | 10 | |||
| 1999 | 9 | 30 | 10 | 7 | 13 | 44 | 50 | 37 | - | 8 | |||
| 2000 | 6 | 38 | 20 | 5 | 13 | 73 | 60 | 65 | 1/16 final bosqichi | 21 | |||
| 2001 | 8 | 34 | 15 | 3 | 16 | 57 | 58 | 48 | Yarim final | 14 | |||
| 2002 | 7 | 30 | 12 | 5 | 13 | 37 | 53 | 41 | 1/8 final bosqichi | 12 | |||
| 2003 | 12 | 30 | 10 | 2 | 18 | 48 | 56 | 32 | Chorak final | 13 | |||
| 2004 | 7 | 26 | 10 | 3 | 13 | 31 | 45 | 30 | Chorak final | 8 | |||
| 2005 | 12 | 26 | 9 | 2 | 15 | 37 | 59 | 29 | Yarim final | 6 | |||
| 2006 | 11 | 30 | 9 | 7 | 14 | 35 | 34 | 34 | Chorak final | 9 | |||
| 2007 | 9 | 30 | 11 | 3 | 16 | 29 | 43 | 36 | 1/8 final | 8 | |||
| 2008 | 15 | 30 | 7 | 5 | 18 | 25 | 44 | 26 | Chorak final | 8 | |||
| 2009 | 15 | 30 | 6 | 6 | 18 | 40 | 59 | 24 | Chorak final | 15 | |||
| 2010 | Oʻzbekiston Pro ligasi | 1 | 30 | 24 | 2 | 4 | 71 | 21 | 74 | 1/16 final bosqichi | 27 |
| |
| 2011 | Oʻzbekiston Superligasi | 9 | 26 | 8 | 7 | 11 | 23 | 38 | 31 | 1/16 final bosqichi | 7 |
| |
| 2012 | 7 | 26 | 10 | 5 | 11 | 24 | 31 | 35 | Yarim final |
| 5 | ||
| 2013 | 6 | 26 | 10 | 3 | 13 | 33 | 44 | 33 | 1/8 final bosqichi | 12 | |||
| 2014 | 12 | 26 | 6 | 7 | 13 | 22 | 42 | 25 | 1/16 final bosqichi |
| 3 |
| |
| 2015 | 14 | 30 | 7 | 5 | 18 | 31 | 53 | 26 | 1/8 final bosqichi | 6 |
| ||
| 2016 | 4 | 30 | 17 | 7 | 6 | 42 | 27 | 58 | Yarim final | 10 | |||
| 2017 | 6 | 30 | 13 | 7 | 10 | 42 | 20 | 46 | Chorak final | 10 | |||
| 2018 | 6 | 32 | 11 | 2 | 19 | 29 | 52 | 10 | 1/16 final bosqichi | 5 | |||
| 2019 | 12 | 26 | 5 | 9 | 12 | 18 | 37 | 24 | 1/16 final bosqichi | 3 |
| ||
| 2020 | 15 | 26 | 1 | 11 | 14 | 19 | 50 | 14 | 1/16 final bosqichi |
| 3 |
| |
| 2021 | Oʻzbekiston Pro ligasi | 4 | 20 | 9 | 4 | 7 | 22 | 14 | 31 | Guruh bosqichi | 9 |
| |
| 2022 | 2 | 26 | 14 | 8 | 4 | 46 | 26 | 50 | Guruh bosqichi | ||||
| 2023 | Oʻzbekiston Superligasi | 14 | 26 | 4 | 3 | 19 | 12 | 35 | 15 | Guruh bosqichi |
| 2 | |
| 2024 | Oʻzbekiston Pro ligasi | 2 | 28 | 15 | 7 | 6 | 40 | 18 | 52 | 1/8 final | 13 | ||
| 2025 | Oʻzbekiston Superligasi | 14 | 30 | 6 | 9 | 15 | 30 | 49 | 27 | Final | 7 |
| |
- Musoboqada ishtirok etish badal toʻlovlarini toʻlamaganlik uchun musoboqani -3 ochko bilan boshlagan
Izohlar
- Oʻzbekiston Superligasi – Oʻzbekiston liga tizimidagi eng yuqori dvizon
- Oʻzbekiston Pro ligasi – Oʻzbekiston liga tizimidagi ikkinchi darajali dvizon
- SSSR ikkinchi futbol ligasi – Sovet Ittifoqi tizimidagi uchinchi darajali dvizon hisoblanadi.
Stadion
„Buxoro“ oʻz uy uchrashuvlarini yirik „Buxoro“ sport majmuasi (Buxoro nomi bilan ham mashhur) stadionida oʻtkazadi.
Stadion 22700 tomoshabinga moʻljallangan boʻlib, Buxoro viloyatidagi eng yirik stadion hisoblanadi.
Ayollar jamoasi
Yutuqlar
- Oʻzbekiston Superligasi
Oliy liga kumush medali sohibi: 1994
- O'zbekiston Pro ligasi
Pro liga gʻolibi: 2010, 2024
- Oʻzbekiston Kubogi
- Oʻzbekiston Kubogi finalchisi: 2025
SSSR chempionati
Oʻzbekiston SSR chempionati sovrindori: 1989
SSSR chempionati Ikkinchi kichik ligasi 9-zonasi gʻolibi: 1990
Jamoa tarkibi
- 2026-yil 9-mart holatiga koʻra
Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.
|
|
U21
Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.
|
|
U19
Murabbiylar shtabi
2026-yilgi mavsum uchun murabbiylar shtabi.
| Lavozimi | Murabbiy |
|---|---|
| Bosh murabbiy | |
| Yordamchi murabbiy | |
| Yordamchi murabbiy | |
| Darvozabonlar murabbiyi | |
| Fitnes murabbiyi | |
| Fizoterapevt | |
| Texnik direktori |
Boshqaruvl tarixi
| Yillar | Murabbiy |
|---|---|
| 1989 | maʼlumot yoʻq |
| 1990 | |
| 1991—1992 | |
| 1993 | |
| 1994 | |
| 1995 | |
| 1996 | |
| 1997 | |
| 1997—1998 | |
| 1998—1999 | |
| 2000—2008 | |
| 2008 | |
| 2009 | |
| 2010 – 2011 | |
| 2011—2012 | |
| 2012 | |
| 2012—2013 | |
| 2014 | |
| 2014 | |
| 2015 | |
| 2015 | |
| 2015—2017 | |
| 2017—2018 | |
| 2018 | |
| 2018—2019 | |
| 2019 | |
| 2019—2020 | |
| 2020—2021 | |
| 2021 | |
| 2021 | |
| 2021 | |
| 2021 | |
| 2021 | |
| 2022—2023 | |
| 2023—2025 | |
| 2025 | |
| 2025—h. v. |
Mashhur futbolchilar
Valeriy Gorbach
Aleksandr Tynyanov
Gennadiy Sharipov
Usmon Toshev
Mustafo Belyalov
Ulugʻbek Baqoyev
Vagiz Galiulin
Viktor Karpenko
Gennadiy Sharipov
Vladimir Shishelov
Vohid Shodiyev
Aziz Ibragimov
Shavkat Mullajonov
Shavkat Salomov
Otabek Shukurov
Bahodir Nasimov
Alisher Xoliqov
Vyacheslav Ponomaryov
Igor Ivanov
Igor Kichigin
Jasur Hasanov
Bahodir Pardayev
Islom Inomov
Anvar Rajabov
Salamat Qutiboyev
Sardor Qobuljonov
Oleg Sinelobov
Eldar Qosimov
Ildar Magdeev
Aleksandr Lobanov
Timur Sultonov
Nikolay Sergiyenko
Rinat Sayfulin
Alisher Ahmedov
Yuriy Ageyev
Olim Tillayev
Sadriddin Ishmirzayev
Ramil Bekulov
Azim Xodjiyev
Mixail Fomin
Rustam Asqarov
Valeriy Chervyakov
Shuhrat Fayziyev
- Sobiq SSSR davlatlari
Muhsin Muhammadiyev
Baxtiyar Xojaahmedov
Arslonmurat Amanov
Arsen Tlexugov
Giorgiy Kvesishvili
Nikolay Kashentsev
Grigoriy Melikov
Aleksey Abdulxoliqov
/
Andrey Podolyanchik
Aleksandr Tarasenko
Vladimir Kilikevich
Vladimir Baenko
Oleg Mochulyak
Yuriy Rijko
Pavels Leus
Artūras Fomenka
Tadas Grajyunas
- Yevropa
Predrag Vujović
Vadim Chemirtan
Bogdan Xaushi
Nikolay Chipev
- Osiyo
Naoya Shibamura
- Afrika
Devid Oniya
Muxlislar, asosiy raqiblar, derbi, taxalluslar
„Buxoro“ O‘zbekistondagi eng yirik muxlislar armiyasidan biriga ega. Deyarli har bir oʻyinda "Buxoro Arena" tribunalari muxlislar bilan toʻlib ketadi.
„Buxoro“ning asosiy raqibi qoʻshni Samarqand viloyati poytaxti boʻlgan Samarqandning „Dinamo“ jamoasi hisoblanadi. „Buxoro“ va „Dinamo“ muxlislari oʻrtasida doʻstona munosabatlar mavjud boʻlib, agar oʻyinda mamlakatning boshqa klublari ularning klublariga raqib boʻlib qolishsa, muxlislar har ikki jamoani ham qoʻllab-quvvatlaydilar.
„Qadimiy shaharlar derbisi“ deb ataluvchi musoba mamlakatimizda juda mashhur boʻlib, uning ishtirokchilari boʻlib „Buxoro“ va Samarqandning „Dinamo“ jamoalari hisoblanadi. Har ikki klub ham Oʻzbekiston va dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biridir.
Vaqti-vaqti bilan „Buxoro“, „Spartak“ (Buxoro), qoʻshni Gʻijduvon va Vobkent shaharlarining „Gʻijduvon“ yoki „Vobkent“ klublari oʻzaro oʻynasa, „Buxoro derbisi“ boʻlib turadi.
„Buxoro“ klubining koʻplab taxalluslari bor: „Buxoroliklar“; „Choʻl jangchilari“ – markazida Buxoro shahri joylashgan butun Buxoro vohasi choʻl bilan oʻralganligiga ishora beradi; „Koʻhna shaharliklar“ – Buxoroning qadimiyligi tufayli; „Amir klubi“ – 1920-yilgacha mavjud boʻlgan Buxoro amirligi va uning boshligʻi – amir sharafiga.
Buxorolik futbolchilar yirik xalqaro turnirlarda
Turnirlar vaqtida klubning faol aʼzosi boʻlgan „Buxoro“ futbolchilari koʻrsatilgan.
TurnirIshtirokchi
Osiyo Kubogi – 2019 – Arslonmurat Amanov
- Buxoro PFK
- Alifbo boʻyicha futbol klublari
- Oʻzbekiston futbol klublari
- Buxoro viloyati futbol klublari
- Oʻzbekiston Superligasi jamoalari
- 1989-yilda tashkil etilgan futbol klublari
- 1989-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar