![]() Oʻzbekiston Superligasi ramzi | |
| Davlat | |
|---|---|
| Konfederatsiya | Osiyo Futbol Konfederatsiyasi |
| Oʻtkazuvchi tashkilot | Oʻzbekiston Professional futbol ligasi |
| Futbol tizimidagi darajasi | 1 |
| Tashkil etilgan | 1992—2017 (Oliy liga) 2018-yildan (Superliga) |
| Jamoalar soni | 16 ta |
| Pastki liga | Oʻzbekiston Pro ligasi |
| Ichki kuboklar | Oʻzbekiston Kubogi |
| Xalqaro musobaqalar | Osiyo Chempionlar ligasi |
| Amaldagi chempion | Neftchi |
| Eng koʻp marta chempion | Paxtakor (16 marta) |
| Eng koʻp oʻyin oʻtkazganlar | Asror Aliqulov (520 ta oʻyin) |
| Toʻpurarlar | Anvar Berdiyev (225 ta gol) |
| TV hamkorlar | Sport Uzreport TV Foreign Languages |
| Veb-sayt | |
| Homiylar | Artel Uzcard |
| Joriy mavsum: 2026 | |
Oʻzbekiston Superligasi (2017-yilgacha – Oliy liga) – Oʻzbekiston professional futbol klublarining oliy toifali musobaqasi. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi tomonidan oʻtkaziladi. Mavsum yakuniga koʻra, Superligada soʻnggi ikki pogʻonani egallaydigan klublar Pro ligaga tushib ketadi. Superliga mavsumi yakunida oxirgisidan ikkita avvalgi oʻrinni qoʻlga kiritadigan jamoa esa Pro liganing 3-oʻrindagi klubiga qarshi oʻtish uchrashuvida ishtirok etadi. Oʻzbekiston Superligasi gʻolibi kelgusi yilgi mavsumda Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan oʻtkaziladigan Elita Chempionlar ligasida qatnashish huquqiga, shuningdek Oʻzbekiston Superkubogida mamlakat kubogi sohibiga qarshi oʻynash imkoniyatiga ega boʻladi.
Tarixi
Oʻzbekistonda futbol boʻyicha mamlakat chempionati 1992-yildan boshlab oʻtkazib kelinadi. Ilk bora tashkil etilgan chempionatda Paxtakor va Neftchi bir xil ochko jamgʻarib, yakunda qoʻshchempionlikni tantana qilishgan. Futbol boʻyicha Oʻzbekiston chempionati yuqori divizioni dastlab Oliy liga deb nomlangan. Milliy chempionat 1992—2017-yillar mavsumlarida Oliy liga nomi ostida tashkil etilgan. 2018-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Professional futbol ligasi ichki chempionatda islohotlar amalga oshirib, yuqori divizionni Oʻzbekiston Superligasiga aylantirdi.
OFK milliy ligasi jadvali
2025-yil iyun holatiga ko'ra, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (AFC) milliy liga jadvalida (UEFA koeffitsiyentlar jadvalining analogi) O'zbekiston Superligasi to'qqizinchi o'rinda turadi. O'zbekiston reytingi O'zbekiston Superligasidan bitta ishtirokchiga OFK Elita Chempionlar Ligasi guruh bosqichida kafolatlangan bitta o'rin va OFK Chempionlar Ligasi saralash pley-off bosqichida yana bitta o'rin beradi.
OFK reytingi
2025-yil uchun.
Musobaqa formati
Musobaqalarni boshqarish, tashkil etish va oʻtkazilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Professional futbol ligasi tomonidan amalga oshiriladi. Superliga odatiy ikki davrali formatda tashkil etiladi. Chempionat har yili fevral oyi soʻnggida start oladi va dekabrga qadar davom etadi. Mavsum davomida har bir klub boshqa klublar bilan ikki marta, bir marta uyda va bir marta mehmonda oʻyin oʻtkazadi. Jamoalar gʻalaba uchun uch ochko oladi, durang uchun bir ochko beriladi, magʻlubiyat uchun ochko berilmaydi. Jamoalar umumiy ochkolar boʻyicha tartiblanadi, mavsum oxirida eng yuqori oʻrinni egallagan klub chempion boʻladi. Superligada asosiy jamoa uchrashuvidan bir kun keyin U21 chempionatining yakuniy oʻyini ham oʻtkaziladi.
Klublar
Oʻzbekiston klublari ichida eng koʻp sovrindor jamoa – Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi sanaladi. „Paxtakor“ hozirga qadar 16 marta Oʻzbekiston chempionatida oltin medalga ega chiqqan. Oʻzbekiston Superligasining sovrindor klublari Osiyo Chempionlar ligasi musobaqalarida ishtirok etishadi. Xususan, Oʻzbekiston chempioni va Oʻzbekiston Kubogi sohibi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichida toʻgʻridan-toʻgʻri qatnashsa, Superliganing kumush va bronza medallari gʻoliblari saralash bahslari orqali Chempionlar ligasiga yoʻl olishadi. Hozirga qadar Superliga jamoalarining qitʼa Chempionlar ligasidagi eng yaxshi natijasi yarim final boʻlib qolmoqda. Ayrim yillarda Oʻzbekiston klublari Osiyoda nufuz jihatidan ikkinchi oʻrindagi OFK kubogi musobaqasida ham ishtirok etgan. Xususan, Nasaf 2011-yilda OFK kubogi finalida gʻalaba qozongan.
Superligada legionerlar limiti
OʻzPFL musobaqalari uchun klub 6 nafargacha xorijlik futbolchini legioner sifatida roʻyxatdan oʻtkazish mumkin. Bunda ularning hammasi Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga aʼzo mamlakat fuqarosi boʻlishi shart. OFKga aʼzo davlatdan legioner mavjud boʻlmagan taqdirda klub ariza varaqasiga 4 nafardan ortiq chet ellik futbolchini kirita olmaydi (farm klub safida roʻyxatdan oʻtgan futbolchi ham shunga qoʻshib hisoblanadi).
Superliga futbolchilarining rekordlari
Oʻzbekiston Superligasida mahalliy va xorijlik bir qator mashhur futbolchilar faoliyat olib borishgan. Xususan, braziliyalik Rivaldo 2008—2010-yillar mobaynida Bunyodkor sharafini himoya qilgan. 2009-yilda 20 ta gol bilan Rivaldo Oʻzbekiston chempionati toʻpurariga aylangan. Superligada toʻpurarlik boʻyicha rekordchi – Anvar Berdiyev sanaladi. Neftchi jamoasi safida uzoq vaqt barqaror oʻynagan futbolchi Oʻzbekiston chempionatlari tarixida 225 ta gol kiritishga erishgan. Oʻtkazgan oʻyinlari soni boʻyicha rekordchi esa – Asror Aliqulov hisoblanadi. Yaqin oʻtmishning taniqli himoyachisi umumiy hisobda 520 ta oʻyinda maydonga tushgan. Eng koʻp xet-trik (bir oʻyinda uchta gol kiritgan) qayd etgan futbolchi — Zafar Xolmurodov hisoblanadi. Dragan Ćeran va Artur Gevorkyan ikki martadan mavsumning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritgan.
Mavsumlardagi sovrindorlar
Har mavsum yakunida Superliganing uchta sovrindor jamoasi va quyi oʻrinni egallab Oʻzbekiston Pro ligasiga tushib ketadigan jamoalari nomi aniqlanadi.
Sovrindor klublar
„Paxtakor“dan keyingi eng koʻp sovringa ega chiqqan jamoalar – „Neftchi“ hamda „Bunyodkor“ sanaladi. Har ikkala jamoa ham oʻz tarixida 5 martadan Oʻzbekiston chempionati oltin medallarini qoʻlga kiritgan.
Liganing barcha davrlardagi jadvali, 1992—2025-yilgi mavsum
- 2025-yil 5-dekabr boʻlib oʻtgan oʻyin holatiga koʻra
| Pos | Jamoa | Mavsum | Ochko | Oʻyin | Gʻal | Dur | Magʻ | U.G. | Oʻ.G. | 1 | 2 | 3 | Eng yaxshi |
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | Paxtakor | 34 | 2157 | 988 | 665 | 162 | 161 | 2174 | 836 | 16 | 7 | 2 | 1 |
| 2 | Neftchi Fargʻona | 31 | 1729 | 910 | 522 | 163 | 225 | 1711 | 992 | 6 | 9 | 1 | 1 |
| 3 | Navbahor Namangan | 34 | 1580 | 988 | 454 | 218 | 316 | 1585 | 1144 | 1 | 1 | 11 | 1 |
| 4 | Nasaf Qarshi | 29 | 1550 | 836 | 455 | 185 | 196 | 1398 | 847 | 1 | 4 | 12 | 1 |
| 5 | Buxoro | 30 | 1121 | 884 | 329 | 163 | 392 | 1148 | 1325 | 0 | 1 | 0 | 2 |
| 6 | Soʻgʻdiyona Jizzax | 30 | 1073 | 876 | 301 | 170 | 405 | 1094 | 1367 | 0 | 1 | 1 | 2 |
| 7 | Bunyodkor | 19 | 1039 | 528 | 307 | 118 | 103 | 903 | 461 | 5 | 3 | 1 | 1 |
| 8 | Andijon | 29 | 980 | 848 | 265 | 185 | 398 | 1105 | 1369 | 0 | 0 | 0 | 5 |
| 9 | Dinamo Samarqand | 27 | 953 | 788 | 269 | 146 | 373 | 989 | 1139 | 0 | 0 | 0 | 4 |
| 10 | Qizilqum-Zarafshon | 26 | 934 | 742 | 255 | 169 | 318 | 875 | 1058 | 0 | 0 | 1 | 3 |
| 11 | Metallurg-Bekobod | 27 | 921 | 772 | 251 | 168 | 353 | 917 | 1150 | 0 | 0 | 0 | 5 |
| 12 | Lokomotiv-Toshkent | 19 | 859 | 528 | 249 | 112 | 167 | 823 | 610 | 3 | 4 | 1 | 1 |
| 13 | Mashal-Muborak | 20 | 770 | 568 | 221 | 107 | 240 | 684 | 779 | 0 | 1 | 1 | 2 |
| 14 | Olmaliq | 18 | 705 | 478 | 199 | 108 | 191 | 708 | 671 | 0 | 1 | 2 | 2 |
| 15 | Qoʻqon 1912 | 18 | 655 | 536 | 186 | 97 | 253 | 684 | 912 | 0 | 0 | 0 | 5 |
| 16 | Traktor-Tashkent | 16 | 621 | 490 | 178 | 87 | 225 | 684 | 814 | 0 | 0 | 0 | 4 |
| 17 | Surxon-Termiz | 19 | 607 | 560 | 167 | 106 | 287 | 620 | 975 | 0 | 0 | 0 | 6 |
| 18 | Doʻstlik | 11 | 559 | 346 | 169 | 52 | 125 | 669 | 532 | 2 | 0 | 0 | 1 |
| 19 | Shoʻrtan-Gʻuzor | 13 | 398 | 370 | 112 | 62 | 196 | 420 | 623 | 0 | 0 | 0 | 4 |
| 20 | MHSK | 7 | 362 | 216 | 106 | 44 | 66 | 420 | 335 | 1 | 1 | 1 | 1 |
| 21 | Xorazm | 9 | 257 | 278 | 69 | 50 | 159 | 314 | 557 | 0 | 0 | 0 | 7 |
| 22 | Zarafshon Navoiy | 6 | 217 | 196 | 60 | 37 | 99 | 236 | 355 | 0 | 0 | 0 | 9 |
| 23 | Yangiyer Sirdaryo | 7 | 205 | 216 | 56 | 37 | 123 | 266 | 385 | 0 | 0 | 0 | 10 |
| 24 | Orol Nukus | 5 | 155 | 164 | 44 | 23 | 97 | 171 | 329 | 0 | 0 | 0 | 11 |
| 25 | Kosonsoy Namangan | 5 | 145 | 156 | 40 | 25 | 91 | 171 | 305 | 0 | 0 | 0 | 8 |
| 26 | Guliston Sirdaryo | 5 | 119 | 154 | 34 | 17 | 103 | 142 | 340 | 0 | 0 | 0 | 14 |
| 27 | Atlaschi Margʻilon | 4 | 118 | 124 | 34 | 16 | 74 | 149 | 280 | 0 | 0 | 0 | 7 |
| 28 | Chirchiq | 4 | 103 | 122 | 26 | 25 | 71 | 130 | 240 | 0 | 0 | 0 | 14 |
| 29 | Toʻpalang-Sariosiyo | 3 | 96 | 86 | 28 | 12 | 46 | 103 | 146 | 0 | 0 | 0 | 9 |
| 30 | Kimyogar-Chirchiq | 3 | 96 | 104 | 25 | 21 | 58 | 113 | 193 | 0 | 0 | 0 | 14 |
| 31 | Olimpik Toshkent | 3 | 91 | 78 | 21 | 28 | 29 | 79 | 98 | 0 | 0 | 0 | 6 |
| 32 | Akademiya Toshkent | 1 | 59 | 34 | 16 | 11 | 7 | 72 | 45 | 0 | 0 | 0 | 5 |
| 33 | Semurgʻ Angren | 2 | 57 | 72 | 15 | 12 | 45 | 99 | 200 | 0 | 0 | 0 | 12 |
| 34 | Turon Yaypan | 2 | 33 | 52 | 6 | 15 | 31 | 32 | 88 | 0 | 0 | 0 | 13 |
| 35 | Sementchi-Quvasoy | 1 | 31 | 30 | 8 | 7 | 15 | 39 | 64 | 0 | 0 | 0 | 15 |
| 36 | Chilonzor-Toshkent | 1 | 30 | 34 | 8 | 6 | 20 | 51 | 70 | 0 | 0 | 0 | 16 |
| 37 | Shahrixon | 1 | 28 | 32 | 7 | 7 | 18 | 25 | 67 | 0 | 0 | 0 | 15 |
| 38 | Obod Toshkent | 1 | 24 | 30 | 6 | 6 | 18 | 25 | 51 | 0 | 0 | 0 | 14 |
| 39 | Vobkent Buxoro | 1 | 15 | 30 | 3 | 6 | 21 | 23 | 70 | 0 | 0 | 0 | 16 |
| 40 | Uz-Dong-Ju Andijon | 1 | 13 | 30 | 2 | 7 | 21 | 17 | 65 | 0 | 0 | 0 | 16 |
| Joriy 2026-yildagi Oʻzbekiston Superligasida oʻynagan jamoalar | |
| Joriy 2026-yildagi Oʻzbekiston Pro ligasining ishtirokchi jamoalari | |
| Joriy 2026-yildagi Oʻzbekiston Birinchi ligasida oʻynayotgan jamoalar | |
| Klub faoliyati tugatilgan |
Superliga futbolchilarining rekordlari
Eng koʻp gol urganlar
Eng koʻp oʻyin oʻtkazganlar
|
Mavsumlardagi sovrindorlar oʻrni va toʻpurarlar roʻyxati
Oʻzbekiston chempionatining ilk mavsumida Valeriy Kechinov 24 ta gol bilan toʻpurar nomiga ega chiqqan. 2000-yilgi mavsumda Doʻstlik jamoasi safida Jaʼfar Irismetov 45 ta gol kiritib mavsum toʻpurariga aylangan va ushbu natija hozirga qadar bir mavsum uchun rekord sanaladi.
| Mavsum | Chempion | Ikkinchi oʻrin | Uchinchi oʻrin |
|---|---|---|---|
| 1992 1 | Paxtakor | Neftchi | Soʻgʻdiyona |
| 1993 | Neftchi | Paxtakor | Navbahor |
| 1994 | Neftchi | Nurafshon | Navbahor |
| 1995 | Neftchi | MHSK | Navbahor |
| 1996 | Navbahor | Neftchi | MHSK |
| 1997 | MHSK | Neftchi | Navbahor |
| 1998 | Paxtakor | Neftchi | Navbahor |
| 1999 | Doʻstlik | Neftchi | Navbahor |
| 2000 | Doʻstlik | Neftchi | Nasaf |
| 2001 | Neftchi | Paxtakor | Nasaf |
| 2002 | Paxtakor | Neftchi | Qizilqum |
| 2003 | Paxtakor | Neftchi | Navbahor |
| 2004 | Paxtakor | Neftchi | Navbahor |
| 2005 | Paxtakor | Mash’al | Nasaf |
| 2006 | Paxtakor | Neftchi | Nasaf |
| 2007 | Paxtakor | Quruvchi | Mash’al |
| 2008 2 | Bunyodkor | Paxtakor | Neftchi |
| 2009 | Bunyodkor | Paxtakor | Nasaf |
| 2010 | Bunyodkor | Paxtakor | Nasaf |
| 2011 | Bunyodkor | Nasaf | Paxtakor |
| 2012 | Paxtakor | Bunyodkor | Lokomotiv |
| 2013 | Bunyodkor | Lokomotiv | Nasaf Qarshi |
| 2014 | Paxtakor | Lokomotiv | Nasaf |
| 2015 | Paxtakor | Lokomotiv | Nasaf |
| 2016 | Lokomotiv | Nasaf | Bunyodkor |
| 2017 | Lokomotiv | Nasaf | Paxtakor |
| 2018 | Lokomotiv | Paxtakor | Navbahor |
| 2019 | Paxtakor | Lokomotiv | Bunyodkor |
| 2020 | Paxtakor | Nasaf | AGMK |
| 2021 | Paxtakor | Soʻgʻdiyona | AGMK |
| 2022 | Paxtakor | Navbahor | Nasaf |
| 2023 | Paxtakor | Nasaf Qarshi | Navbahor |
| 2024 | Nasaf | OKMK | Navbahor |
| 2025 | Neftchi | Paxtakor | Nasaf |
| 1Oliy Liga turniri 2Oʻzbekiston Professional futbol ligasi turniri 3Superliga turniri | |||
Sovrindor klublar
| Klublar | Gʻolib | Kumush | Bronza | |||
| Soni | Yil | Soni | Yil | Soni | Yil | |
| Paxtakor (Toshkent) | 16 | 1992, 1998, 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2012, 2014, 2015, 2019, 2020, 2021, 2022, 2023 | 6 | 1993, 2001, 2008, 2009, 2010, 2018, 2025 | 2 | 2011, 2017 |
| Neftchi (Fargʻona) | 6 | 1992, 1993, 1994, 1995, 2001, 2025 | 9 | 1996, 1997, 1998, 1999, 2000, 2002, 2003, 2004, 2006 | 1 | 2008 |
| Bunyodkor | 5 | 2008, 2009, 2010, 2011, 2013 | 2 | 2007, 2012, 2016 | 2 | 2016, 2019 |
| Lokomotiv (Toshkent) | 3 | 2016, 2017, 2018 | 4 | 2013, 2014, 2015, 2019 | 1 | 2012 |
| Doʻstlik (Toshkent viloyati) | 2 | 1999, 2000 | ||||
| MHSK | 1 | 1997 | 1 | 1995 | 1 | 1996 |
| Navbahor | 1 | 1996 | 1 | 2022 | 10 | 1993, 1994, 1995, 1997, 1998, 1999, 2003, 2004, 2018, 2023, 2024 |
| Nasaf | 1 | 2024 | 5 | 2011, 2017, 2020, 2023 | 11 | 2000, 2001, 2005, 2006, 2009, 2010, 2013, 2014, 2015, 2016, 2022, 2025 |
| Mashʼal | 1 | 2005 | 1 | 2007 | ||
| Nurafshon | 1 | 1992 | ||||
| Soʻgʻdiyona | 1 | 2021 | 1 | 1992 | ||
| AGMK | 1 | 2024 | 2 | 2020, 2021 | ||
| Qizilqum | 1 | 2002 | ||||
Toʻpurarlar
| Mavsum | Oʻyinchi | Klub | Gollar |
|---|---|---|---|
| 1992 | Paxtakor | 24 | |
| 1993 | Neftchi | 24 | |
| 1994 | Neftchi | 26 | |
| 1995 | Navbahor | 26 | |
| 1996 | Doʻstlik | 23 | |
| 1997 | Navbahor | 34 | |
| Doʻstlik | |||
| 1998 | Paxtakor | 22 | |
| 1999 | Neftchi | 24 | |
| Andijon | |||
| 2000 | Doʻstlik | 45 | |
| 2001 | Neftchi | 28 | |
| 2002 | Andijon | 22 | |
| 2003 | Qizilqum | 26 | |
| Navbahor | |||
| 2004 | Navbahor | 31 | |
| 2005 | Paxtakor | 29 | |
| 2006 | Traktor | 21 | |
| 2007 | Bunyodkor | 21 | |
| 2008 | Bunyodkor PFK | 19 | |
| 2009 | Bunyodkor | 20 | |
| 2010 | Neftchi | 13 | |
| AGMK | |||
| 2011 | Bunyodkor | 17 | |
| 2012 | Neftchi | 19 | |
| 2013 | Bunyodkor | 19 | |
| 2014 | Nasaf | 18 | |
| 2015 | Paxtakor | 24 | |
| 2016 | Lokomotiv | 22 | |
| 2017 | Lokomotiv | 27 | |
| 2018 | Paxtakor | 17 | |
| 2019 | Paxtakor | 23 | |
| 2020 | Paxtakor | 21 | |
| 2021 | Paxtakor | 16 | |
| 2022 | Paxtakor | 20 | |
| 2023 | Paxtakor | 13 | |
| 2024 | Paxtakor | 13 | |
| 2025 | Paxtakor | 20 |
Homiylar
Oʻzbekiston Professional futbol ligasi 2018—2019-yillarda Pepsi shirkati bilan hamkorlik qilgan. 2019-yildan boshlab esa Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan kompaniyasi Oʻzbekiston Kubogiga titul homiy vazifasini bajarib kelmoqda. 2020-yilda „Apex Insurance“ sugʻurta shirkati bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi. Shirkat ligada roʻyxatdan oʻtgan professional futbolchilar salomatligi sug‘urtalanishini taʼminlab beradi. 2021-yilgi mavsumda Uzreport TV telekanali va Volkswagen shirkati bilan hamkorlik qildi.
2021-yildan 2022-yilgacha Epsilon shirkati, Madad Invest Bank aksiyadorlik jamiyati, Turon Eco Cement zavodi va Jizzax akkumulyator zavodi homiy boʻlishgan. 2023-yil 16-mart kuni BMB Holding shirkati Superliganing rasmiy homiysi boʻldi va 2025-yilgi mavsum oxirida homiylikni toʻxtatdi. 2026-yil 1-may kuni Liga hamda BMB Holding oʻrtasida yangi hamkorlik shartnomasi imzolangan. 2023-yil davomida Olcha.uz axborot portali va Centrum Air xususiy aviakompaniyasi Oʻzbekiston Professional futbol ligasining hamkorlari boʻlishgan. 2024-yil 28-fevral kuni Oʻzbekiston maishiy texnika bozoridagi eng yirik brend hisoblangan Artel shirkati 2026-yilgi mavsum oxirigacha Superliganing titul homiysiga aylandi. Shu yil 12-mart kuni Uzcard shirkati Oʻzbekiston Professional futbol ligasining rasmiy hamkori boʻldi. 2025-yilgi mavsum davomida Macron sport brendi OʻzPFL hamkori boʻldi. 2026-yil fevralda Yandex Uzbekistan shirkati bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi.
Mukofotlar
Kubok
Superligada ikkita kubok mavjud – haqiqiy kubok (amaldagi chempionlar qoʻlida) va zaxira nusxasi. Mavsumning soʻnggi kunida ikkita klub haligacha Ligada gʻalaba qozonish imkoniyatiga ega boʻlgan taqdirda, sovrinni qoʻlga kiritgandan keyin bir necha daqiqa ichida topshirish uchun ikkita kubok oʻtkaziladi. Mavsumning soʻnggi kunida ikkitadan ortiq klub chempionlik uchun kurashayotgan kamdan-kam hollarda, avvalgi klub yutgan nusxadan foydalaniladi.
Yana qarang
- Osiyo Chempionlar Ligasi
- Oʻzbekiston Kubogi
- Oʻzbekiston Liga Kubogi
- Oʻzbekiston Superkubogi
- Oʻzbekiston Pro Ligasi
- Oʻzbekiston U19 chempionati
- Oʻzbekiston U21 chempionati
- Coca-Cola Students Cup
- Oʻzbekiston DXX futbol kubogi
- Futbol ligalari
- Oʻzbekiston Superligasi mavsumlari
- Oʻzbekistonda futbol musobaqalari
- Oʻzbekiston Superligasi
- Osiyodagi eng yuqori darajadagi futbol ligalari
- 1992-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar
- 1992-yildan buyon muntazam oʻtkazib kelinayotgan sport musobaqalari
