- Vikipediyada ismi Jasur va familiyasi Hasanov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Jasur Orziqulovich Hasanov | ||
| Tavallud sanasi | 1983-yil 2-avgust | ||
| Tavallud joyi | Jizzax, Oʻzbekiston | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| Soʻgʻdiyona | |||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1999—2002 | Soʻgʻdiyona | 57 | (2) |
| 2003—2004 | Navbahor | 47 | (7) |
| 2005—2007 | Mashʼal | 40 | (4) |
| 2007—2010 | Bunyodkor | 94 | (10) |
| 2010—2011 | Laxviya | 27 | (5) |
| 2011—2012 | Qatar.SK | 11 | (0) |
| 2012 | Emirates | 9 | (1) |
| 2012—2013 | Bunyodkor | 32 | (4) |
| 2014—2016 | Lokomotiv | 53 | (7) |
| 2016—2017 | Qizilqum | 29 | (1) |
| 2017—2018 | Nasaf | 25 | (1) |
| 2018—2019 | OKMK | 25 | (3) |
| 2019—2023 | Soʻgʻdiyona | 79 | (7) |
| 2024 | Buxoro | 24 | (0) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2007—2018 | Oʻzbekiston | 53 | (2) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Jasur Hasanov (1983-yilning 2-avgustida tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, qanot vingeri va yarim himoyachi ampulasida oʻynaydi.
Futbolchilik faoliyati
Hasanov futbolchilik faoliyatini 16 yoshida Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ futbol klubida boshlagan. 2003-yilgi mavsum oldidan Oʻzbekistonning boshqa jamoasi – Namanganning „Navbahor“ jamoasiga oʻtdi. Ikki yildan soʻng Muborakning „Mashʼal“ jamoasiga kelib qoʻshildi. Muborakliklar safida ilk bor Osiyo chempionlar ligasida qatnashdi va xalqaro maydonda dastlabki gollarini kiritdi. 2008-yilda Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Bu jamoa safidagi ilk mavsumidayoq Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritdi. U bu muvaffaqiyatni keyingi ikki yil ichida takrorladi. 2010-yilda Qatarning „Lahviya“ klubiga oʻtdi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasidagi debyutini 2007-yilda oʻtkazgan. Terma jamoa bilan JARda boʻlib oʻtgan jahon chempionati saralashida ishtirok etdi. 2011-yilda Osiyo Kubogiga chaqirilgan. Oʻzbekistonliklar oʻz guruhida 1-oʻrinni egallab, musobaqada toʻrtinchi oʻrinni olishdi.
Bunyodkor
Hasanov 2007-yilda Oʻzbekiston Ligasi kumush medallari sovrindori boʻlgan boʻlgan „Bunyodkor“ bilan shartnoma imzoladi. U tez orada jamoaning asosiy aʼzosiga aylandi va „Bunyodkor“ni 2008-yilda, 2009 va 2010-yillarda esa ilk bor Oʻzbekiston Ligasi chempionligiga olib keldi. 2009-yilda u Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi, jamoadoshi Rivaldo va Odil Ahmedovga yutqazdi.
Laxviya
2010-yilda Hasanov Qatarning „Lahviya“ klubiga ijaraga berildi. Hasanov ularga klub 1-ligaga chiqqan birinchi yilida Qatar Yulduzlar ligasida ilk bor chempion boʻlishlariga yordam berdi. 2011-yilning 7-iyulida Hasanov „Lahviya“dagi ijara muddati tugaganidan keyin „Bunyodkor“ga qaytgani maʼlum boʻldi.
Qatar SC
2011-yilning 24-avgustida Hasanov boshqa klub – Qatar SC klubiga 1 yillik shartnoma asosida ijaraga berilgani yana OAVda tasdiqlandi. Qatar SC raisi Nosir Al Tani kelishuvdan mamnunligini bildirdi. Oʻtgan mavsumda „Lexviya“ bilan bir qator yaxshi va barqaror oʻyin koʻrsatgan Hasanov bilan shartnoma imzolaganimizdan juda xursandmiz. U Oʻzbekiston milliy terma jamoasida ham eng yaxshi oʻyinchi. U katta muvaffaqiyatga erishishiga ishonchimiz komil", – dedi rasmiy Qatar SC vakili. U jamoada doimiy boshlangʻich oʻn bir oʻrinni egallay olmagach, klubni tark etdi.
Xalqaro
Xasanov futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasida 2007-yildan buyon oʻynab kelmoqda, u 2007-yilning 22-avgust kuni Ukraina terma jamoasi bilan oʻyinda milliy terma jamoada debyut qilgan.
2011-yil (5ta oʻyin, yarim finalchiga aylangan) va 2015-yil (2ta oʻyin) Osiyo kubogining final turnirlarida ishtirok etgan.
Xalqaro gollar
| № | Sana | Stadion | Raqib | Hisob | Natija | Musoboqa |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 2011-yil 2-yanvar | Sharja stadioni | 2-2 | Durang | Oʻrtoqlik uchrashuvi | |
| 2 | 2012-yil 8-iyun | Camille Chamoun stadioni, Bayrut | 1-1 | Durang | 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi |
Yutuqlar
Jamoaviy
- Oʻzbekiston chempioni (5): 2008, 2009, 2010, 2011, 2013
- Qatar chempioni: 2010/11
- Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori (7): 2005, 2007, 2012, 2014, 2015, 2017, 2021
- Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori (2): 2003, 2004
- Oʻzbekiston Kubogi sohibi (6): 2008, 2010, 2012, 2013, 2014, 2018
- Oʻzbekiston Kubogi finalchisi: 2007-yil
- Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2015-yil
Individual
- AFC kubogi toʻpurari: 2022
- 2-avgustda tugʻilganlar
- 1983-yilda tugʻilganlar
- Jizzaxda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari
- Navbahor futbolchilari
- Mashʼal klubi futbolchilari
- Bunyodkor klubi futbolchilari
- Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari
- Nasaf klubi futbolchilari
- Qizilqum klubi futbolchilari
- AGMK futbolchilari
- Al-Duhail SC futbolchilari
- Qatar SC futbolchilari
- Emirates Klubi futbolchilari
- Buxoro klubi futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Qatar Yulduzlar Ligasi futbolchilari
- BAA Pro-ligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari
- Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari
- Qatardagi muhojir erkak futbolchilar
- Birlashgan Arab Amirliklaridagi muhojir erkak futbolchilar
- Birlashgan Arab Amirliklaridagi Oʻzbekistonlik muhojir sportchilar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Osiyo Kubogi 2011 futbolchilari
- Osiyo Kubogi 2015 futbolchilari