- Vikipediyada ismi Nosirbek va familiyasi Otaqoʻziyev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Nosirbek Otaqoʻziyev | ||
| Tavallud sanasi | 1984-yil 29-dekabr | ||
| Tavallud joyi | Fargʻona, Oʻzbekiston SSR, SSSR | ||
| Boʻyi | 1.74 m (5 ft 8 1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Faoliyatini yakunlagan | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2001—2003 | Neftchi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2003—2009 | Neftchi | 107 | (49) |
| 2010 | Olmaliq | 26 | (13) |
| 2011—2012 | Nasaf | 26 | (8) |
| 2013 | Olmaliq | 10 | (2) |
| 2013 | Guliston | 12 | (3) |
| 2013—2014 | Neftchi | 21 | (6) |
| 2015—2019 | Qoʻqon 1912 | 103 | (25) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2011 | Oʻzbekiston | 2 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Nosir Otaqoʻziyev (ruscha: Отакузиев, Носир; 1984-yil 30-yanvar) – sobiq oʻzbek futbolchisi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan. 2020-yildan Fargʻona futbol federatsiyasi vitse prezidenti.
Futbolchilik faoliyati
Klub
Faoliyatini 2003-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasida boshlagan. Nosir „neftchilar“ safida 2009-yil oxirigacha toʻp surgan va shu vaqt ichida 107 ta oʻyin oʻtkazib, 49 ta gol urgan. 2010-yilgi mavsumda „Olmaliq“ klubi tarkibida oʻynagan va mavsum soʻngida 13 ta gol bilan oliy liganing eng yaxshi ikki toʻpuraridan biriga boʻlgan. 2011-yilgi mavsumda Qarshining „Nasaf“ klubiga koʻchib oʻtgan. Mavsum davomida Otaqoʻziyev 2011-yilgi OFK Kubogida 5 ta gol urgan va turnir yakunida Nasaf jamoasi bilan birgalikda chempion boʻlgan. 2013-yilgi mavsumda avvaliga „Olmaliq“ jamoasida, mavsumning ikkinchi qismida „Guliston“ jamoasida oʻynagan. 2014-yilgi mavsumda „Neftchi“ jamoasida oʻynagan. 2015-yildan „Qoʻqon-1912“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Qoʻqon-1912 jamoasida 4 mavsum toʻp surgan va 2019-yilgi mavsum soʻngida faoliyatini yakunlagan.
Terma jamoada
Nosirbek Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi tarkibida 2006-yilgi Osiyo oʻyinlari musobaqasida ishtirok etgan. 2011-yilda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida ikkita, Chernogoriya va Ukraina terma jamoalariga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushgan.
Yutuqlar
- Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori:
- 2003, 2004, 2006, 2011-yil
- Oʻzbekiston kubogi finalchisi:
- 2003, 2011-yil
- OFK kubogi sohibi:
- 2011-yil
- 2010-yilgi Oʻzbekiston oliy ligasining 13 ta gol bilan toʻpurari (Alisher Xoliqov bilan birga).
- 29-dekabrda tugʻilganlar
- 1984-yilda tugʻilganlar
- Fargʻonada tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Fargʻona kishilari
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Futboldagi erkak hujumchilar
- Neftchi (Fargʻona) futbolchilari
- Guliston klubi futbolchilari
- Nasaf klubi futbolchilari
- AGMK futbolchilari
- Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston futboli funksionerlari
- Oʻzbekistonning eng yaxshi toʻpurarlari