| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Umid Isoqov | ||
| Tavallud sanasi | 1978-yil 22-dekabr | ||
| Tavallud joyi | Qoʻqon Oʻzbekiston SSR | ||
| Boʻyi | 176 cm (5 ft 9 1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1995-1996 | | 2 | (0) |
| 1997—2004 | | 210 | (139) |
| 2005 | | 6 | (2) |
| 2005 | | 11 | (6) |
| 2006 | | 22 | (9) |
| 2007 | | 22 | (7) |
| 2008 | | 17 | (7) |
| 2009 | | 7 | (2) |
| 2010 | | 5 | (2) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2000—2001 | | 8 | (3) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Umid Isoqov (1978-yil 22-dekabr, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbek futbolchisi, hujumchi. Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasining eng yaxshi toʻpurarlaridan biri. 1999-va 2001-yillardagi Oʻzbekiston chempionatining eng yaxshi toʻpurari.
Futbolchilik faoliyati
Professional faoliyatini 1995-yilda Qoʻqonning „Temiryoʻlchi“ jamoasi tarkibida boshlagan. 1997-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga oʻtib, 2004-yil yakunigacha ushbu klub safida toʻp surgan. Bu vaqt ichida u „Neftchi“ safida 210 ta uchrashuvda maydonga tushib, 139 ta gol urishga erishgan. 2005-yilgi mavsumni Toshkentning „Paxtakor“ va Samarqandning „Dinamo“ klublarida oʻtkazgan. 2006-va 2007-yilgi mavsumlarda mos ravishda „Andijon“ va Qarshining „Nasaf“ klublarida toʻp surgan. Faoliyatining soʻnggi yillarini Zarafshonning „Qizilqum“ va Urganchning „Xorazm“ jamoalari tarkibida oʻtkazgan. 2010-yilda „Neftchi“ tarkibiga qaytib, oʻsha yilgi mavsum yakunida professional faoliyatini yakunlagan. 2000—2001-yillarda Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan. Terma jamoa safida jami hisobda 8ta uchrashuvda maydonga tushib, 3ta gol urgan.
Xalqaro musoboqasi
Umid Isoqov milliy terma jamoadagi debyutini 2000-yilning 29-fevralida Moʻgʻulistonga qarshi oʻyinda oʻtkazgan va 8:1 hisobida gʻalaba qozongan.
Xalqaro musobaqalarda urgan gollari
| № | Sana | Maydon | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1. | 2000-yil 3-sentyabr | Shanxay stadioni, Shanxay, Xitoy | 4-2 | Magʻlubiyat | Toʻrt millat kubogi | |
| 2. | 2001-yil 15-fevral | Spartak stadioni, Varna, Bolgariya | 2-1 | Gʻalaba | Doʻstona | |
| 3. | 2001-yil 15-fevral | Spartak stadioni, Varna, Bolgariya | 2-1 | Gʻalaba | Doʻstona | |
| 2015-yil 7-oktyabr holatiga koʻra toʻgʻri | ||||||
Yutuqlari
Jamoa bilan
- Oʻzbekiston Superligasi chempioni (1): 2001-yil
- Oʻzbekiston Superligasi kumush medali sohibi (7): 1997, 1998, 1999, 2000, 2002, 2003, 2004-yillar
- Oʻzbekiston Kubogi kumush medali sohibi (4): 1997, 1998, 2001, 2002-yillar
Shaxsiy yutuqlari
- Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi 3-oʻrin: 2001-yil
- Oʻzbekistonda yilning yaxshi toʻpurari (2): 1999, 2001-yillar
- Gennadiy Krasnitskiy klubi aʼzosi: 188 ta gol
- 22-dekabrda tugʻilganlar
- 1978-yilda tugʻilganlar
- Qoʻqonda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Futboldagi erkak hujumchilar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari
- Neftchi (Fargʻona) futbolchilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Dinamo Samarqand futbolchilari
- Andijon klubi futbolchilari
- Nasaf klubi futbolchilari
- Qizilqum klubi futbolchilari
- Xorazm futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Osiyo Kubogi 2000 futbolchilari
- Oʻzbekistonning eng yaxshi toʻpurarlari